Lodging Touch tizimi - mehmondo’stlik sanoati uchun dasturlar ishlab chiqish sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri – AQSHning MAI Hospitality kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda Lodging Touch tizimi mehmonxona biznesini kompleks avtomatlashtirish dasturiy vositalarining eng zamonaviylaridan biri hisoblanadi. Dastur to’la rusifikatsiya qilingan va MDH bozori uchun moslashtirilgan. Boshqa shunga o’xshash tizimlardan farqli o’laroq, Lodging Touch tizimi Vindovs NT operatsion muhitida faoliyat ko’rsatadiki, bu uning faoliyat doirasini ancha kengaytiradi, shuningdek, u bilan ishlash usulini oson o’zlashtirish imkonini beradi.
Mehmonxonalarni kompyuterlashtirishning boshqa tizimlari ham juda ko’p. Amalda barcha tizimlar taxminan bir xil funktsiyalar va imkoniyatlar to’plamiga ega bo’lib, ular o’rtasidagi farq juda ahamiyatsizdir.
Bugungi kunda jahonda to’rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Vorldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko’prog’ini qamrab olgan.
Rezervlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx-navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo, Yevropada, Sabre va Vorldspan esa – Amerikada faoliyat ko’rsatadi. SAHARA tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va YAqin SHarqning ba’zi bir mamlakatlarida tarqalgan.
«AMADEUS» bronlash bilan shug’ullanadigan eng mashhur kompyuter tizimidir. U boshqa tizimlarga qaraganda ko’proq miqdorda xalqaro xizmatlar ko’rsatishga qodir. «AMADEUS» Hotels tizimi yer yuzidagi 35 000 mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari haqida aniq ma’lumotlarni taklif qiladi. U mehmonxonaning joylashgan manzili, bo’sh o’rinlarning mavjudligi, ko’rsatiladigan xizmatlar to’plami va narxlar haqida ma’lumotlar beradi.
Mehmonxona xizmatlarini bronlash bo’limlari Internet tarmog’ida ham mavjud. Ularning eng mashhuri Travel Veb dir. U 1996 yilda AQSHning «Pedasus Systems» kompyuter kompaniyasi tomonidan ochilgan. Travel Veb jahonning 94 mamlakati, barcha yetakchi mehmonxona tarmoqlari va 200 dan ortiq aviakompaniya haqida axborot beradi. Bronlashdan tashqari, u ma’qul mehmonxonalar va aviareyslarni qidirish tizimiga ham ega.
“ AMADEUS” bronlashtirish tizimi 104 mingdan ziyod turagetliklarga aviachiptalarni, mehmonhonalarni, kruizdagi turlarni va ijaraga avtomobillarni bronlashtirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |