7-Mavzu: Mehmonxona va pansionatlarda animatsiya xizmatlarini tashkil etish.
Reja:
Mehmonxona, pansionat, sanatoriya va kurortlarda animatsiya xizmatlari.
Mehmonxona animatsion xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch iboralar: Mehmonxona animatsiyasi. Mehmonxonalarda o‘yin-kulgi faoliyatini tashkil etish shakllari. Mehmonxona animatsion xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Mehmonxona va restoran uchun animatsion dasturlar.
Mehmonxona — 1) turar joylarda mehmon uchun moʻljallab alohida qurilgan katta xona. Oʻrta Osiyo xalqlarida M. qadimdan mavjud boʻlib, odatda, tashqi hovlida eng qulay joyda 2 xona (dahliz hamda ichkixona) qilib qurilgan. M. hovli va uy mujassamotining asosiy va muhim oʻrnini egallagan, boshqa xonalarga nisbatan keng , baland, hashamatli qilib qurilgan, boʻyama va oʻyma na-qshlar bilan serhasham bezatilgan. Har bir viloyatning M.lari oʻziga xos tuzilishga ega boʻlib, taxmon va tokchalar ishlangan. Palak, gulkoʻrpa, choyshab, zardevor, gilam va boshqa mehmon kutish uchun kerakli boʻlgan bu-yumlar bilan jihozlangan (yana q. Ahmad-bekhoji mehmonxonasi, Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat muzepi va boshqalar); 2) boshqa joydan mehmon boʻlib kelgan kishilar uchun vaqtincha yashab turishga moʻljallab qurilgan maxsus bino. Dastlabki M. koʻrinishidagi bi-nolar Ossuriyada (miloddan avvalgi 10-asr) boʻlgan. Bu turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan bogʻliq ravishda turlicha atalgan. Mac, Oʻrta Osiyoda karvonsaroy, rabot, "zoviya", arablarda "xon", Rossiyada "Gostiniy dvor", "korchma", Fransiya va Ispaniyada "taverna", "harchevna", inglizlarda "inna", yaponlarda "ryokan" kabi. 18-asrdan boshlab Fransiyada "otel" nomi bilan yuritila boshladi va h. k. Keyinchalik bu nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi M.lar ilk bor Rossiya (Moskva)da 1879-yil qurilgan (mas, "Grand-Otel" M.si, u 1959-yil "Moskva" M.si bilan birlashtirilgan). Oʻrta Osiyoda dastlabki M. Toshkentda 1905-yil qurilgan ("Natsional", keyinchalik "Sharq" deb nomlangan). Aholining madaniy va maishiy sharoiti oʻsishi, savdosotiqning rivojlanishi, sayyoh va ishbilarmonlarning oʻzaro uchrashuvlari turli turdagi M.lar qurilishini tezlashtirdi, shuningdek, poytaxt shaharlarida, dam olish maskanlarida, tarixiy yodgorliklar yaqinida ham koʻplab M.lar qad koʻtardi. Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorlik anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib "Le Meridian Toshkent", "Oʻzbekiston", "Turon", "Afrosiyob", "Chorsu", "Buxoro", "Interkontinental", "Sheraton", "Dedeman silkraud", "Grand mir" va boshqa mehmonxonalar bunyod etildi. Bundan tashqari, turli vazirlik va idoralarga qarashli M.lar ("Lokomativ", "Sayohat", "Kosmos" va boshqalar), umumiy M., turistlar M.si, yoʻlovchilar (aeroport, vokzal, avtovokzal va boshqalar) M.si, sportchilar M.si, avtoturistlar M.si (motel, kemping va boshqalar), zamonaviy klass, razryadga boʻlingan (4 va 5 yulduzli), jahon talablariga javob bera oladigan M.lar bunyod etilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |