7-Mavzu: Matematik statistikaning maqsad, vazifalari va asosiy tushunchalari



Download 74,8 Kb.
bet1/7
Sana21.05.2022
Hajmi74,8 Kb.
#606520
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu ma'ruza (1)


7-Mavzu: Matematik statistikaning maqsad, vazifalari va asosiy tushunchalari
Reja:

  1. Matematik statistika fanining maqsad va vazifalari

  2. Bosh va tanlanma to`plam, reprezentativ tanlanma. Tanlash usullari.

  3. Tanlanmaning statistic taqsimoti va uni geometric izohlash.

  4. Tanlanmaning o`rta qiymatlari. Dispersiya va kvadratik chetlanish.


Matematik statistika fanining maqsad va vazifalari.
Statistik tushuncha va usullar bizga atarofimizdagi hodisalarni o’rganishda zarur va muhimdir.
Matematik statistika fani noaniqlik va beqarorlik sharoitida olingan yechimlar orqali oqilona mulohazalar yuritishga o’rgatadi. Noaniqlik va beqarorlik bo’lmaganda statistik usullarga zaruriyat bo’lmas edi. Agar barcha maydonlardagi hosildorlik bir xil bo’lsa, ijtimoiy so’rovlarda bir xil javob berilsa, biror preparat barcha hayvonlarga bir xil ta’sir qilsa bitta tajribaning o’zi yetarli bo’lar edi.
Axborot to’plash va xulosalar chiqarishda statistik usullardan qanday foydalaniladi? Aytaylik, bioximik bosh og’rig’iga qarshi biror preparat yaratdi. Agar bu preparat turli xil sharoitlarda turli odamlarga berilganda ko’pchilikda ijobiy holat kuzatilsa, matematik statistika usullari orqali o’rtacha qanday darajada ijobiy holat kuzatilishini tadqiq qilinadi.
Boshqa tomondan, aytaylik bioximik boshqalariga qaraganda kuchliroq bosh og’rig’i preparatini yaratdi. Bu preparatni boshqalaridan afzalroq ekanini isbotlash uchun preparat boshqa alternativ preparat bilan matematik statistika usullari orqali solishtiriladi. Natijaga qarab xulosalar chiqariladi. Matematik statistika nafaqat tajriba (eksprement) natijalarini tahlil qilish usullarini beradi, shuningdek, o’zgarishlar natijalarini kamaytirish orqali tajribani samaraliroq o’tkazish va xulosalar chiqarishni asoslab beradi.1
Ommaviy tasodifiy hodisalar bo’ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash statistik ma’lumotlarni kuzatish natijalarini o’rganishga asoslanadi. Matematik statistikaning birinchi vazifasi – statistik ma’lumotlarni to’plash va (agar zarur bo’lsa) guruhlash usullarini ko’rsatishdir.
Matematik statistikaning ikkinchi vazifasi – to’plangan statistik ma’lumotlarni tadqiqot maqsadlariga muvofiq statitik tahlil qilishdan iborat.
U yoki bu hodisalarni matematik statistika usullari bilan o’rganish fan va amaliyot olg’a suradigan ko’p masalalarni (texnologik prosesslarni to’g’ri tashkil qilish, maqsadga muvofiq rejalashtirish va h.k.) hal etishda vosita bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, matematik statistikaning vazifasi ilmiy va nazariy xulosalar hosil qilish maqsadida statistik ma’lumotlarni to’plash va ishlab chiqarish usullarini yaratishdan iboratdir.
Matematik statistika tasodifiy hodisalar yoki jarayonlar haqida shu hodisalarni kuzatish yoki tajribalar natijasida olingan ma’lumotlar asosida umumiy xulosalar chiqaradigan matematik fandir. Bu xulosalar umumiylik xususiyatlariga ega bo’lib, kuzatilayotgan tasodifiy holatlarning barchasiga taaluqlidir. Matematik statistika ehtimollar nazariyasiga tayangan holda, uning usullari va nazariy hulosalari asosida o’rganilayotgan obekt haqida xulosalar chiqaradi.

Download 74,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish