7-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti va unining pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi o’rni



Download 13,82 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi13,82 Kb.
#760591
1   2
Bog'liq
7-MAVZU

2. Maktabgacha ta’lim muassasalari metodist lavozimining malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasi o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturlarining bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish:
g) maktabgacha ta'lim muassasasida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
d) ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o'tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini ta'minlash;
j) maktabgacha ta'lim muassasasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim muassasasida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta'minlash;
i) ta'lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida'gi va "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonunlarini;
b) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining; mazmunini, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;
d) maktabgacha ta'limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog'ligini muhofaza qilish qoidalarini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini.
Malaka talablari:
a} o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo'lmagan pedagogik ish staji. Metodistning doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta'limtarbiyaviy va sog'Iomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda metodist o'zining guruhlarda bolalarning o'quv, o'yin, mehnat faoliyatlarini o'rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning dasturining turli bo'limlari bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarining tahlili; bolalarning xulq-atvor madaniyati, ma'naviy-irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko'nikmalarini egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Metodist tarbiyachilar ishidagi ijobiy jarayonlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qiladi hamda ishni yaxshilashning yo'llarini ko'rsatadi.
Metodist jamoani boshqarishda o'zi shaxsiy namuna bo'lishi lozim, ya'ni u barcha ishlarni oldida, boshida bo'lib yetakchilik qiladi. Umuman olganda ko'p adabiyotda «lider» so'zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko'p uchraydi. O'ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo'lgan psixologik tavsifni to'la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so'zi guruhga munosabat sifatida, uning a'zolariga ta'sir o'tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo'lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo'lgan asosiy jihatlardan yana biri -shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug'iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo bo'lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog'liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o'zining ilg'orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o'zbek tilida aynan shu ikki ibora - «peshqadam» va «yetakchi» so'zlari majmuasi lider mohiyatini to'la ifodalashi mumkin.
Nazarimizda, «yetakchi» so'zi shaxsningguruhniyetaklashga, boshchilik qilishga bo'lgan ishtiyoqimavjudligidankelibchiqadi. «Peshqadam» iborasi esa ma'lum fazilatlarga ega bo'lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o'z ixtiyoriga ko'ra o'zi ishongan odam borayotgan yo'lni tanlashini anglatadi. Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o'zgalarni o'ziga jalb etish fazilatida namoyon bo'ladi.
Shunday qilib, «lider» so'zini faqat «yetakchi» atamasi bilan almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo'yadi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo'llanmamiz matnida «lider» so'zidan foydalanishni ma'qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so'zidagi izohiy ma'noni anglab olish o'zbek kitobxoni uchun tanish holdir.
Liderlik va rahbarlik. Mehnat jamoasidagi har bir xodim guruhda o'zining mavqeyiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki norasmiy tarzda qo'lga kiritilgan bo'lishi mumkin. Rasmiy mavqe xodimning mansab pog'onasidagi o'rni va uning lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har qanday xodim o'z hamkasblari bilan o'zaro munosabatda bo'lar ekan, turli omillar ta'sirida bu munosabatlar hissiy rang ola boshlaydi.
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko'rinishda - yoqtirish (simpatiya) va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular o'zining ma’lum xislatlari bilan jamoaning ko'pchilik a'zolarida simpatiya uyg'ota oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori mavqeni egallaydilar. Psixologik talqin bo'yicha, jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallovchi xodim rahbar bo'lib hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeni egallovchi shaxs esa – liderdir
Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar tizimida amalga oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan olinishi unga hissiy yaqinlikni, uning ish bilan bog'liq bo'lgan qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu shaxsning guruh manfaatlariga e’tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma a'zolari tomonidan tan olingan shaxs. Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har narsadan ustun qo'yish, doimo guruh oldiga qo'yilgan vazifani yechishga sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta olishidir.
Mehnat jamoasidagi lider, avvalambor, o'zining ishchanlik xususiyatlari bilan farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli boshqalardan ajralib ko'zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar ekan, kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider o'rtasida ziddiyat paydo bo'lishi mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani, o'z yutuqlari orqali, liderga xos fazilatlar tabiati va unga erishish yo'1-yo'riqlari haqida yetarlicha ma'lumot bera oladi. Shu munosabat bilan liderga xos bo'lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin:
1) jamoa manfaatlariga yo(nalganlik;
2) kasbiy mohirlik, har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o'z bo'yniga olish va ishni oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo'lish;
3) emotsional, hissiy jalb etuvchanlik xislatlari. Yuqorida sanab o'tilgan xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o'z mantig'iga ega.


Nazorat savollari:

1. Metodik ish faoliyatiga nimalar kiradi?


2.Maktabgacha ta’lim uslubchisi ega bo’lishi kerak bo’lgan kasbiy sifatlarni sanag hamda ularga izoh bering.
3. Uslubchi vazifa va majburiyatlarni sanab bering. Ularni bir-biridan farqi nimadan iborat.


Foydalangan adabiyotlar

1.Xasanboyeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta’lim pedagokikasi T.: Ilm ziyo. 2006.


2.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchashmalari.”, 2013 y.
3.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
Download 13,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish