7.4. «Uyushmagan yoshlar»ni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘qitish va ularni ishga joylashtirish
O‘zbekistonda yoshlaming huquq va manfaatlarini himoya qilish, ulaming zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi va ish bilan bandligini ta’minlash masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu, o‘z navbati- da, bugungi globallashuv davrida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat» kabi xavf-xatarlar ko‘pa- yib, ulaming ta’siri yoshlar hayotida jiddiy muammolar keltirib chiqarayotgan bir pallada muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mamlakatda yoshlar masalasiga alohi da e’tibor qaratish, ulaming qalbiga quloq solish, dardini tinglash, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bugungi muhim masalalaridan biridir.
«Uyushmagan yoshlar» deganda, odatda, hech qaerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan yigit-qizlar tushuniladi. Yoshlarning mehnat bozorida raqobat bardosh emasligi ulaming zarur ko‘nikmalarga, ish tajribasiga ega emasligi bilan izohlanadi.
Hozirgi davrda yoshlarning mehnat bozoridagi mavqeyiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:
o‘rta va oliy ta’lim muassasalari bitimvchilarining o‘z ixtisosliklari bo‘yicha
ishlab chiqarishdagi aniq ish joylarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yetarlicha amaliy tajribaga ega emasliklari;
ta’lim muassasasida olingan bilim va orttirilgan ko‘nikmalaming ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq emasligi;
yosh mutaxassislami ish joylaridagi sharoitlar, mehnatga toianadigan haqning ko‘p holatlarda qoniqtirmasligi;
mehnat faoliyatlari istiqbollarining aniq emasligi;
amaldagi mehnat qonunchiligida yoshlarga qator imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilganligi uchun ulaming ish bemvchilar tomonidan kamsitilishi va boshqalar.
Shuning uchun ishsizlaming aksariyat qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016-yili 477 ming 743 nafar yosh yigit-qiz kollejlami bitirib chiqqan va ulaming 438 ming 503 nafari yoki 91,8 % ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitimvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qaerdan paydo bolyapti?
Buning asosiy sababi ta’lim muassasalari bilan milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida mustahkam amaliy aloqalar o‘matilmaganligi edi. Shuning uchun kasb- hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari ba’zi kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha mehnat bozoridagi real talabdagiga qaraganda sezilarli darajada ko‘p, boshqa kasb va ixtisosliklari bo‘yicha esa mehnat bozori talabini qondira olmaydigan darajada kam mutaxassislar tayyorlamoqda.
Mehnat bozori vositasida ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish o‘rtasida qalin hamkorlikning yolga qo‘yilmasligi quyidagi muammolami keltirib chiqarishi aniqlangan:
birinchidan, davlatning va uy xo ‘jaliklarining mutaxassislar tayyorlash uchun xarajatlari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishlab chiqarishda haq toianadigan ish bilan ta’minlangan taqdirdagina o‘zini oqlaydi. Yoshlarning egallagan ixtisosliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarda doimiy ish joylariga ega bo’lmasliklari inson kapitaliga investitsiyalaming besamar bo’lishiga olib keladi;
ikkinchidan, ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash darajasining fan- texnika va innovatsion taraqqiyoti sur’atlaridan orqada qolayotganligi (ma’lumki, bilimlar hajmi har uch yilda ikki baravarga ko‘payayotgani holda ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlari va rejalariga o‘zgartirishlar kiritish ko‘p yillarga cho‘zilib ketadi va eskiradi);
uchinchidan, u yoki bu turdagi ixtisoslikka ishlab chiqarish ehtiyojning o‘z vaqtida qondira olinmayotganligi (ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari va turlari o‘zgartirilishining iqtisodiyotdagi yangilanishlar sur’atlaridan jiddiy orqada qolayotganligi);
to‘rtinchidan, ta’lim muassasalarida talabalarga berilayotgan bilim va ko‘nikmalarning ishlab chiqarish amaliy takliflariga nomuvofiqligi va boshqalar.
Umuman, amaliyot mehnat bozori va ishlab chiqarish bilan uzviy aloqada bo’lmagan ta’lim tizimi iqtisodiyot uchun tom ma’noda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qodir emasligini ko‘rsatmoqda.
Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasi ham milliy iqtisodiyot uchun yuqori malakali zamonaviy kadrlar tayyorlashda ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish va mehnat bozori bilan uzviy bogiiqligi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan yaqqol dalolat beradi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ta’lim sohasida o‘qitish davomiyligini bir yilga ko‘paytirish mehnat resurslarini takror hosil qilish uchun xarajatlar yalpi ichki mahsulotni 3,0-6,0 % ga oshirishga olib kelishini ko‘rsatgan. Ya’ni ta’limni innovatsion talablar asosida modernizatsiya qilish asosida mehnat resurslarini kasbiy tayyorlash uchun investitsiyalami jalb qilish, innovatsion iqtisodiyotga erishish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mamlakatning raqobatbardoshligini kuchaytirish omiliga aylangan. «Bizning tadqiqotlarimiz ta’lim va o‘qitish milliy raqobatbardoshlik ustunligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashiga biror shubha qoldirmadi, - deb yozadi mashhur olim M. Porter o‘zining «Xalqaro raqobat» asarida. - Ilg‘or segmentlar va yangi tarmoqlarda murakkabroq raqobat ustunligiga erishish yuqoriroq malaka va qobiliyatga ega bo’lgan inson resurslarini talab qiladi». Mamlakat iqtisodiyoti darajasini oshirishga intilish esa inson resurslarining sifatini muttasil oshirib borishi kerak.
Bu, eng avvalo, ish beruvchilaming ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim standartlarini, shuningdek, bo’lajak mutaxassislaming malakasiga talablami tayyorlashning shakllantirish va takomillashtirish imkonini yaratadi.
Avval mavjud bo’lgan tizimdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini davlat tomonidan taqsimlanishi sharoitlarida ta’lim muassasalari bilan korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, asosan, ish kuchini hosil qilish va undan foydalanish masalalarini qamrab olar edi. Bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlantirilishi bilan «ta’lim muassasasi-korxona» o‘zaro munosabatlarida iqtisodiy xususiyatlarga ega ta’sirchan mexanizmlar, xususan, marketing kengroq qoilaniladigan boidi.
Malumotlarga ko‘ra, mamlakatimizdagi yoshlarning 650 ming nafari «uyushmagan»lar hisoblanadi. Ularning 98 % hech qaerda ishlamaydi. Holatni hisobga olgan holda, O‘zbekistonda 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan bo‘shaydigan kollej ustaxonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha bo‘lgan muddatda bepul o‘qitish va kasbga qayta o‘qitish markazlari tashkil etildi.
Uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka qiziqishlarini oshirish maqsadida ular tashkiliy ravishda ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlari bilan tanishtirilmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik va fermerlikka qiziqishi, layoqati bor uyushmagan yoshlar aniqlanib, ular usta-shogird an’anasi asosida tadbirkorlik subyektlariga biriktirilmoqda. O‘z biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham aholini ish bilan band etish doirasida uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |