7-mavzu. Korxonaning axborot resurslari (Asosiy manbalar)
Reja
1.1.
Axborot tushunchasi va uning xusiytlari
1.2.
Axborotni tasniflash
1.3.
Axborot manbalari
1.4.
Tadbirkorlik ma’lumotlarini himoya qilish
7.1.
Axborot tushunchasi va uning xusiytlari
«Informatsiya» - atamasi lotincha so‘z bo‘lib,
xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi
faoliyati haqida xabarga ega bo‘lish ma’nosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni
rivojlantirish va takomillashtirish maksadida faol ta’sir etish uchun zarur ma’lumotlar yigindisidan
iboratdir. Etarli va aniq axborotga ega bulmay boshqa rish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqa riluvchi tizimlar o‘rtasida aloka usulidir.
Boshqaruvchi tizim boshqa riladigan tizimdan ishlab chiqarish xolati va uning xo’jalik
faoliyati
to‘g’risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqa riluvchi tizim
faoliyatiga baxo beradi, boshqa rishni yanada takomillashtirish maksadida kursatma, farmoyishlar
chikarib, boshqa riluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot boshqaruv tizimida aloxida bo‘g’in bulib xisoblanadi. Unga kator o‘ziga xos
xususiyatlar mansub bulib, ular axborot boshqaruvining barcha bo‘g’inlari,
barcha vazifalarini
kamrab olishiga bog’liqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining xam dastlabki nuktasi,
xam natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan xarakatlar mavjudligi sharti, mustaxkamlash
usulidir. Axborot xajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talab
xam ortib boradi.
Axborotning quyidagi turlari mavjud:
statistik, operativ, iqtisodiy, xisob, moliya, ta’minot,
kadrlar buyicha, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtmoiy va boshqa lar.
Kelib chikish manbaasiga
bog’liq ravishda axborot tashki va ichki axborot turlariga bulinadi.
Tashki axborot tashki muxitdan olinadigan xabarlardan iborat buladi. Bular jumlasiga yukori
tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriklari, maxsulotni sotish shartlari xaqida axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo‘g’inida shakllanib, iste’mol kilinadi.
Korxona
mikyosida ular jumlasiga tsexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy ta’minot,
maxsulot tannarxi, kadrlar, mexnat unumdorligi xaqida axborotlar kiritilishi mumkin.
Yunalishi buyicha axborot
- boshlangich va boshqaruvchi (raxbarlik)
axboroti turlariga
bulinadi. Raxbarlik axboroti boshlangich axborotni kayta ishlash asosida qaror qabul qilish
natijasidir. Boshlangich axborot doimo boshqaruv tizimining kuyi darajasidan yukorirok darajaga
karab xarakat kiladi, raxbarlik axboroti esa teskari yunalishda xarakatlanadi.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyixalashtirishga
tizimiy yondashish asosida kompleks tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga ma’lumotlarni kayta
ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi
zamonaviy xisob mashinalari,
EXM, inson mashina tizimini xar tomonlama qo‘llash asosida loyixalashtirish mumkin.
7.2.