Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish
qanday qilib va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar
degan fikr asarning asosiy g'oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o'sishning pul shakli inkor etiladi
va moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida
yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq
xo'jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital
qo'yish yaxshiroq samara beradi deb o'qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat
tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxi esa o'sish tendensiyasiga ega
deb hisoblaydi. Demak, shunday qisqacha xulosalar qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu
Metodologik jihatdan bu tadqiqot
iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya'ni
fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
asoslanadi.
Olim o'z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga
egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog'liq emas, degan qisqacha xulosalarga asoslanadi. Ana
shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo'lib, odamlar o'z xo'jalik faoliyatlarida
unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos
tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o'z shaxsiy manfaatini ko'zda tutadi, ammo bu
holatda ko'p boshqa holatlardagi kabi, u «ko'rinmas qo'l» tomonidan uning niyatida ham
bo'lmagan maqsad sari yo'naltiriladi...
Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko'ra ko'proq haqqoniy
ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. «Ko'rinmas qo'l» - bu ob'ektiv iqtisodiy
qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar,
odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko'proq foyda olish uchun
kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas,
balki avvalo o'zining shaxsiy manfaatini ko'zlaydi. Ammo inson o'z shaxsiy manfaatini
o'ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog'i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki,
odam jamiyat uchun ko'proq naf keltiruvchi mashg'ulotni tanlaydi va shu ish bilan
shug'ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo'yicha, foyda ketidan quvish va raqobat
butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati davrida uzoq
yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik).
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum blgan «ko'rinmas ko'l» iborasi bilan birga
«iqtisodiy odam» tushunchasi ham kiritildi. Unga ko'ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo
va almashuv jarayoni amalga oshadi. «Menga kerak bo'lgan narsani bersang, men senga
kerak bo'lgan narsani beraman», qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish
yo'li tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida emas.
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o'zaro nihoyatda
samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. A.Smit va uning
izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo'lsa,
ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o'rganish uchun nazariy konstruksiya yoki
modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik
kerak, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.
Bu tamoyilga ko'ra quyidagilar taklif etiladi:
1. Ishchi kuchining erkin harakati;
2. Savdoda (yer savdosida ham) to'la erkinlik;
3. Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentasiya qilishga qat'iy qarshilik;
4. Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).
Olimning bu g'oyalari keyinchalik to'la amalga oshdi.
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun
kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo'jalik namoyandalarining xususiyatlari
odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to'g'riligini
tarix ko'rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo'yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u
ayrim kishilarning xohishiga bog'liq bo'lmagan ob'ektiv qonunlarga bo'ysunadi. Bu
qonunlar tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo'jalikning «tabiiy» qonunlarini
ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi.
A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo'lsa shunday holda, bevosita
kuzatuvchiga qanday ko'rinsa shunday o'rganish bilan cheklanmasdan, «tabiiy baho»,
«tabiiy norma», ish haqi va boshqalarning nimaga bog'liq ekanligini aniqlashga urindi.
Buning uchun u mantiqiy abstraksiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy
voqealardan holi ravishda kapitalistik xo'jalikning ayrim xususiyatlari to'g'risida qator
muhim qisqacha xulosalarlar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy
hayotni izohlashni ham o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. U shu maqsadda shundokkina
ko'rinib turgan kapitalistik xo'jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi.
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy qisqacha xulosalarlarga keldi,
hodisalarning ichki bog'lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa
yo'ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to'g'risidagi bevosita kuzatish natijalarini
umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: