7-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi Reja: Sohaviy terminlarni qo’llash xususiyatlari



Download 36,24 Kb.
bet6/6
Sana23.06.2022
Hajmi36,24 Kb.
#695425
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

Qisqartma soʻzlar - barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar. Mas, IIV — Ichki ishlar vazirligi, XTB — Xalqtaʼlimi boshqarmasi, fil-fak — filologiya fakulteti. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi va faol qoʻllanishi natijasida keyinchalik ogʻzaki nutqqa ham oʻtadi.
Q.s, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil 9ilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qs.ning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"); 3) soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlarning bosh qismlarini olib qoʻshish bilan (biofak — biologiya fakulteti, jurfak — jurnalistika fakulteti); 4) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarni qisqartirmay qoʻshish bilan (Oʻzdonmahsulot, Oʻzgazloyiha); 5) aralash yoʻl bilan (Oʻzbektelekom, Oʻzteleradiokompaniya, Oʻzavtoyoʻl) va boshqa
Qisqartma soʻzlar xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO), mamlakat va davlatlar (XXR, RF, AQSH), siyosiy partiyalar, harbiy uyushmalar (OʻzLDP, NATO), ilmiy-oʻquv muassasalari (OʻzR FA, OʻzDJTU, FarDU), vazirlik, idora, muassasa, tashkilot, korxonalar (XTV, DTM, Oʻzmashxolding , Toshshaharyoʻlovchi), mashina, asbob-uskunalar va inshootlar (EHM, ATS, GES) va boshqalarning nomlarini bildiradi. Q.s tayyor holda boshqa tillardan oʻzlashtirilishi (YUNESKO, FIFA, FIDE, NATO, AES) yoki muayyan til, mas. oʻzbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin. Keyingi turga man-sub oʻzbekcha Qisqartma soʻzlarning aksariyati rus tilidagi soʻz birikmalari va ular asosidagi Qisqartma soʻzlarning kalkalari hisoblanadi, mas, BMTLugʻat — 1) muayyantilda, uninghududiyyokiijtimoiylahjasidamavjudboʻlgan, uyokibuyozuvchiasarlaridauchraydigansoʻzlaryigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yokimorfemalar, soʻzbirikmalari, iboralarvaboshqalar) muayyantartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchibirliklar, ularningkelibchiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiymansubligi, boshqatillargatarjimasihaqidamaʼlumotlarjamlangankitob. L.lar maʼnaviy madaniyat sohasida muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bi-limlari aks etadi. L. bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtirada; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. L.lar juda kadim davrlarda pay-do boʻlgan (qarang Leksikografiya); hozirgi davrda maʼlumotaxborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir kancha farqli xususiyatlariga koʻra, L.larni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin. Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik L.larning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik L.lar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi: 1. Soʻzlarning maʼnolari, qullanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini koʻrsatib beruvchi izohli lugʻat (S. I. Ojegov. Tolkoviy slovar russkogo yazika, 20-ye izd., M., 1988; Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1—2-j.lar, M., 1982). 2. Muayyan tilga uzlashgan, lekin oʻzlashmaligi sezilib turgan boshqa til soʻz va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy s u z lar L.i (Slovar inostrannix slov, 18-ye izd., M., 1989; O. Usmon, R. Doni-yorov. Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati, T., 1965). 3. Bir tilga oid lugʻaviy birliklarni boshqa tilga oʻgirib izohlab beruvchi tarjima L.lari — oʻzbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan maʼlum lugʻat turi, 19-asrgacha arab-oʻzbek, fors-oʻzbek, turk-oʻzbek ikki tilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima L.lari mavjud bulgan bulsa, 20-asrda ular katoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, is-pan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli L.lar ham qoʻshildi [Nemischa-oʻzbekcha lugʻat, 1964; Oʻzbekcha-nemischa lugʻat, 1967; Fransuzchaoʻzbekcha lugʻat, 1973; Inglizcha-oʻzbekcha lugʻat, 1968; Oʻzbekcha-inglizcha lugʻat, 1969; Arabcha-oʻzbekcha lugʻat 1986; Oʻzbekcha-forscha lugʻat, 1984; Ruschaoʻzbekcha mukammal lugʻat (A. Zohiriy, 1927), 1 j.li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat, M., 1954; 5 j.li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat; 1950— 55; 1 j.li Oʻzbekcha-ruschalugʻat(M. 1959; T., 1988); 2 j.li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat, 1983—84 va boshqa]. 4. Soʻzlarning qachondan boshlab shu tilda qoʻllana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi tarixiy L. (oʻzbek tilida haqiqiy maʼnodagi tarixiy L. tuzilmagan, lekin E. Fozilovning "Starooʻzbekskiy yazik: Xorezmskiye pamyatniki XIV veka" (ch. 1-2, T., 1966, 1971) asarini maʼlum maʼnoda tarixiy L. deyish mumkin). 5. Tilning laxja va shevalariga xos boʻlgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi soʻzlardan farq qiladigan soʻzlarni koʻrsatuvchi dialektal (sheva) L.lar (Oʻzbek xalq shevalari lugʻati, 1971). 6. Soʻzning kelib chiqishini koʻrsatib beruvchi etimologik L.lar (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati, 2000). 7. Bir oilaga mansub tillardagi soʻz boyligini solishtirib, ulardagi tafovut qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida tuziluvchi qiyosiy L.lar (L. Budagov. Sravnitelniy slovar turetsko-tatarskix narechiy, ch. 1—2, S.-Pb., 1869; V. V. Radlov. Opit slovarya tyurs-kix narechiy: 1—4. S—Pb., 1888—1911). 8. Soʻzlarning mavjud imlo qoidalariga binoan toʻgʻri yozilish shakllarini qayd etuvchi imlo L. i (1929 yildan hozirgacha oʻzbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lugʻati tuzilgan; 6500 soʻz va soʻz shaklini kamrab olgan eng mukammal imlo lugʻati 1975 yil nashr etilgan). 9. Soʻzlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan talaffuz (orfoepik) L.i (Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati — M. Sodiqova, Oʻ. Usmonova, 1977; Oʻzbek adabiy talaffuzi lugʻati, 1984; 10. Soʻzlarning morfem tuzilishini koʻrsatuvchi morfem L. (A. Gʻulomov va boshqa Oʻzbek tilining morfem lugʻati, 1977). 11. Soʻzligi frazeologik birliklardan iborat boʻlgan frazeologik L. (M. Sodiqova. Ruscha-oʻzbekcha frazeologik lugʻat, 1972; Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati 1978). 12. Soʻzlarning qoʻllanish miqdori va foizi haqida maʼlu-motberuvchi chastotali L. (I. A. Kissen. Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo oʻzbekskogo literaturnogo yazika, 1972). 13. Soʻzlar teskari tomondan boʻlgan alifbo tartibiga kura joylashtirilgan ters (chappa) L. (R. Qoʻngʻurov va A. Tixonov. Oʻzbek tilining chappa lugʻati, 1968). 14. Soʻzlikni tarkib toptiruvchi soʻzlar roʻyxati maʼlum mavzularga boʻlib beriladigan tematik (mavzuli) L. (A.Tixonov va boshqa Russko-oʻzbekskiy tematicheskiy slovar, 1975). 15. Soʻzliklari omonim, sinonim, antonim, paronim singari lugʻaviy birliklardan iborat boʻlgan omonimlar L.i, sinonimlar L.i, antonimlar L.i, paronimlar L.i (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lugati, 1984; A. Hojiyev.
Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati, 1974; Sh. Rahmatullayev va boshqa Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati, 1980; A. Maʼrufov. Paronimlar lugʻati, 1974). 16. Soʻzligi atoqli otlar yoqi joy nomlaridan iborat boʻlgan antroponimik va toponimik L.lar (E. Begmatov. Oʻzbek ismlari, 1991; E. Begmatov. Oʻzbek ismlari maʼnosi. 14600 ism izohi, 1998; 3. Doʻsimov va X. Egamov. Joy nomlarining izohli lugʻati, 1977). 17. Maʼlum bir yozuvchi yoki asar tilida qoʻllangan soʻzlarni izohlovchi. L. (Navoiy asarlari lugʻati, 1972; Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 1 — 4-j.lar, 1983—84; B.Hasanov, "Qurʼoni Karim" soʻzlarining arabcha-oʻzbekcha koʻrsatkichli lugʻati, 1995). 18. Soʻzligi maʼlum bir fan va texnika tarmogʻi, ijtimoiy yoki xoʻjalik hayotining biror sohasiga oid soʻz-terminlardan iborat boʻladigan terminologik L.lar. Bunday L.lar soʻzlikning berilishi va izohlanishiga koʻra, ensiklopedik L. bilan lingvistik L. belgilariga ega boʻladi (1925 yildan hozirgi kungacha Oʻzbekistonda 50 dan ortiq soha boʻyicha 140 taga yaqin terminologik lugʻat nashr etilgan; ular soha ter-minologiyalarini tartibga solishga xizmat qiladi).
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qoʻllanma).—Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2014.- 456 b.
2.Mahmudov N., Rafiyev A., Yoʻldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. (Darslik) —Toshkent: Choʻlpon, 2013.
3.Lutfullayeva D. Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti. (Monografiya) —Toshkent, 2020.
Download 36,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish