7-mavzu: ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar aqsh. Reja


Avvalgi holiga qaytish va davlat siyosatida urushdan keyingi yo‘lni tanlash



Download 59,87 Kb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi59,87 Kb.
#310251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma'ruza

Avvalgi holiga qaytish va davlat siyosatida urushdan keyingi yo‘lni tanlash.

Avvalgi holatga qayitish nomi ostida tinchlikka va tinch xayotga o‘tish, davlat siyosatida va o‘nglab million amerikachilar xayotida tub burilishni anglataredi. Millionlab soldatlar o‘z oyilalariga va jamoa xayotiga qayitib keldilar. 1947 yil 12 million soldatdan armiyada 1 millioni qoldi. Demobilizatsiya qilingan soldat va ofitsyerlarni joylashtirish urushdan keyigi qayta qurishning eng asosiy muammolaridan biriga aylandi. Urush ishtirokchilarini joylashtirish bo‘yicha ko‘plab qonunlar va davlat qarorlari qabul qilindi.

Qator yirik qarorlar qabul qilindi: urush davridagi narxlar va ish haqqi ustidan nazoratni asta sekin olib tashlash, “to‘la bandlik”, soatboy ish haqini to‘lashni oshirish,solig‘larni qayta ko‘rib chiqish haqidagilar.

Urushdan keyin avvalgi holatga qayitish masalasida muhim o‘rinni egalagan va ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘lgan – urush yillarida qurilgan davlat korxonalarining taqdiri bo‘ldi. Ya`ni, amerika iqtisodiyotida davlat sektorining taqdiri haqida so‘z ketaredi. Urushning besh yili maboynida sanoatning qayta ishlabchiqarish zavodlarining qurilishiga davlat tomonidan 17 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ aratilganedi. 2800 ortiq korxonalar qurilganedi. Bir yildan so‘ng deyarli davlat zavodlarining barchasi arzon narxda sotib olgan 250 korporatsiyalar qo‘liga o‘tdi.

AQSHda yirik biznes kapital ishlab chiqarishning asosiy vakili bo‘lib qoldi. Aytish joizki AQSHda Yevropadan farqli ravishda kapital ishlab chiqarish sohasida davlat sektori mavjud emasedi. Ammo urushdan keyingi yillari mayda va o‘rta korxonalar sektori birmuncha kengaydi. Mamlakatda 9 mln. shaxsiy mulk firmalari mavjudedi.

G.Trumen ma’muriyatining ichki siyosatidagi kursi zidiyatli holat bilan ajralib turaredi. 1946 yil saylov oldi va qayta saylov natijasida, kongressda demokratlarning reformistik siyosati va Ruzveltning islohotiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan respublikachilarning pozitsiyasi kuchaydi. 1947 yil kongress Taft-Xartli qonunini qabul qildi. Bu qonun kasaba uyushmalarning faoliyatini va tashkil etishga, namoyishlarga va xokazolarga qaratilgan huquqlarini birmuncha cheklab qo‘ydi. Bu esa AQSHning siyosiy xayotida o‘nga siljishning umumiy namoyishi bo‘ldi. Bunga yana Sovet davlatiga qarshi boshlangan kompaniyani, ya`ni Makkarti senatori tomonidan loyallik (to‘g‘rilik) nomi ostidagi tekshiruvni tashkil etilganligini qo‘shimcha ravishda aytish mumkin (50- yillarda hukm surgan “makkartizm” siyosati).

1948 yil prezidentlikka o‘tkazilgan saylovda G.Trumen “adolatliy kurs” dasturi bilan chiqish qildi. Xatto saylov arafasida Trumen, Taft-Xartli qonuniga taqiqlash kiritish va umuman uni taqiqlab qo‘yish hamda ijtimoiy ta’minotni kengaytirish va’dasini berdi. Ammo Taft-Xartli qonuni prezident taqiqlashiga qaramay yana qayta kongres tasdig‘idan o‘tdi. Shuningdek kongresda, qora tanli amerikaliklarning fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi, meditsina sug‘urtasini kiritish to‘g‘risidagi, o‘quv dargoxlari­ga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam to‘g‘risidagi va boshqa shunga o‘xshash bir qator qonunlar qabal qilinmadi.

Boshlanib ketgan “sovuq urush” siyosati, SSSR bilan avj olib borayotgan qarama-qarshiliklar va Yevropada kapitalizm asoslarini qayta tiklash to‘g‘risidagi g‘amxorlik, mamlakat ichidagi islohotchilik faoliyatni cheklab qo‘ydi. Oxir oqibatda, 1950 yil iyun oyida boshlangan Koreya urushigaAQSH qo‘shildi.

1952 yil prezident saylovi arafasida demokratlar partiyasi, Ruzvelt siyosati natijasida mamlakatga qoldirib ketgan islohotchilik bagajning asosiy qismini qo‘ldan boy berdilar. Respublikachilar partiyasida esa ko‘p yillik oppozitsiya holatidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelish imkoni paydo bo‘ldi. Respublikachilar, avvalari hech qaysi partiyaga ta’luqli bo‘lmagan general D.Eyzenxauerninomzodlikga taklif etdilar. U, o‘z navbatida Koreyaga borib mantiqsiz urushni tezda tugatish vadasini berdi. Bu esa o‘z navbatida saylovda respublikachilar g‘olib chiqishiga olib keldi. 1956 yil D.Eyzenxauer yana qayta prezident etib saylandi. Shu yillarda (1952 - 1960) respublikachilar ma’muriyati va demokratlar partiyasi oppozitsion holatda bo‘lishiga qaramay, siyosiy yo‘nalishda katta farq kuzatilmadi.




Download 59,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish