7-мавзу. Ijtimoiy-ruhiy inson



Download 188 Kb.
bet1/11
Sana09.07.2022
Hajmi188 Kb.
#760483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

7-мавзу. IJTIMOIY-RUHIY INSON


1930-yillarda ilmiy va ijtimoiy amaliyot tomonidan yana bir sahifa, yana bir ijtimoiy mehnat zaxirasi ochilib, u hozirgi kunda ham mehnat samaradorligining eng muhim mezoni va mehnat jarayonini takomillashtirishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu – ijtimoiy-ruhiy inson.
Bu nazariya va amaliyotdagi yangi sahifa edi, chunki ijtimoiy-ruhiy inson zaxiralari – mehnat unumdorligi va samaradorligiga sirtdan ta’sir ko’rsatuvchi yashirin resurs hisoblanadi. Bu ijtimoiy zaxiralar ikkinchi qatorini bilish va undan foydalanishning boshlanishi, ya’ni mehnat tashkilotlarining faoliyat ko’rsatishidagi o’ziga xos inqilob edi. Agar bundan avvali bosqichlarda mehnat uchun mukofotlashda (iqtisodiy inson), mehnatni tashkil etishda (texnologik inson), xodimni o’qitishda (professional inson), normal mehnat sharoitlarini yaratishda (ijtimoiy- biologik inson) ularning ijtimoiy tavsiflari sezilarli, ko’zga ko’rinarli va ishlab chiqarish jarayonining ishtirokchilari tomonidan baholab bo’linadigan bo’lsa, ijtimoiy-ruhiy zaxiralari unchalik yaqqol emas edi. Aynan ushbu omillarning ko’zga ko’rinmasligi (yashirinligi) ularni bilish, o’lchash va hisobga olishning murakkabligi bilan qiyinlashdi.
Mazkur holat – xodim ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida – birinchi marta 1930-yillarda qayd etildi. U odatda CHikago yaqinidagi Xotorno shahridagi telefon apparatlari zavodida eksperiment o’tkazgan ameri­kalik mashhur sotsiolog va psixolog Elton Meyoning nomi bilan bog’liq. U boshlang’ich ishlab chiqarish bo’g’inida qulay o’zaro munosabatlar yo’lga qo’yilgan taqdirdagina mehnat unumdorligini oshirishga erishish mumkinligini aniqladi. Bu xodimning mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qo’shgan hissasini keskin oshirish imkonini beradi.
Mazkur g’oya o’tgan asrning 30-yillarida tezda o’zlashtirilib, amaliyotda qo’llanildi. U mehnatni ijtimoiy jihatdan tashkil etishning rivojlanishidagi butun bir davrni tashkil qildi va 1950-yillarning oxiriga qadar insoniy munosabatlar nazariyasida ham, sanoat ishlab chiqarishi faoliyat ko’rsatishining amaliyotida ham yetakchi tarkibiy qism bo’ldi.
Ushbu g’oya doimiy ravishda yangi g’oyalar bilan boyitilib, inson haqidagi boshqa fanlarning yutuqlarini o’ziga singdirdi, lekin u asosan ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida inson haqidagi bilimga tayandi. Mana shuning uchun ijtimoiy-ruhiy inson bosqichi mehnatni ijtimoiy jihatdan tashkil etishning bundan avvalgi bosqichlariga qaraganda uzoq davom etdi (1930-1950-yy).
Ishlab chiqarishdagi insoniy munosabatlar nazariyasi va amaliyotini umumlashtirish ijtimoiy-ruhiy muhit so’z birikmasining umumiy tarzda qabul qilinishiga olib keldi, lekin hozirda ham ushbu tushuncha qamrab oladigan muamolar doirasini aniqlash borasida turli fikrlar mavjud. Ammo aksariyat tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikriga ko’ra, tashkilotning (jamoaning) ijtimoiy-ruhiy muhiti ham hamkasblar o’rtasidagi, ham rahbarlar va xodimlar, ishchilar va mutaxassislar, barcha boshqaruv xodimlari o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi.



Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish