3. O’z-o’zini boshqarish
O’z-o’zini boshqarish muammosini o’rganishda qator savollar paydo bo’ladi: o’z-o’zini boshqarishni qanday tushunish kerak va uni namoyon bo’lishining ichki va tashqi shakllari qanday? Zamonaviy sharoitlarda o’z-o’zini boshqarishning rivojlanish darajasi qanday? Rejalashtirish tizimi, tashkiliy tuzilma, ho’jalik hisobi munosabatlari o’z-o’zini boshqarishning rivojlanganlik darajasiga qanday bog’liq?
O’z-o’zini boshqarish insonning, mehnat jamoasining boshqaruv faoliyatining ob’ektidan uning sub’ektiga aylanish jarayoni sifatida namoyon bo’ladi. Bu boshqaruvni tashkil qilishning alohida varianti bo’lib, bunda uning har bir ishtirokchisi unga berilgan vakolatlar doirasida masalalarini o’zi hal qiladi.
Yangi ho’jalik mexanizmi ijtimoiy tashkil etishning turli bosqichlarida o’z-o’zini boshqarishning o’rnatilishi va rivojlanishi kafolatini ko’zda tutadi.
Bozor tuzilmalarida o’z-o’zini boshqarish xarakteri uning namoyon bo’lishidan qat’iy nazar o’z-o’zini boshqarishning rivojlanishi va mukammallanishi uchun ko’maklashadi. CHunki ishlab chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining shaxsiy iqtisodiy va ijtimoiy manfaati tashkilotni boshqarish samaradorligiga bog’liq. Jamoaviy moddiy va ma’naviy manfaatdorlik barcha boshqaruv sub’ektlarini jamiyat faoliyatining barcha jabxalarida, jamoatchilik asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishda qatnashishga chorlaydi. Mehnat va iste’mol ustidan nazorat va hisob-kitobni o’tkazishda ishtirok etish, tovar-moddiy qimmatliklarni saqlash majburiy bo’lib qoladi. SHunday qilib nazorat funktsiyasi o’z-o’zini nazorat qilishga aylanadi.
O’z-o’zini boshqarish nafaqat boshqaruv sub’ekti tomonidan u yoki bu qarorlarni mustaqil qabul qilishni, balki ularning bajarilishini ham nazarda tutadi. Undan tashqari, jamoaning har bir a’zosi qarorlarning bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat his qiladi.
O’z-o’zini boshqarish faqat har bir ishchi yoki mehnat jamoasi o’zini mulk sub’ekti sifatida iqtisodiy sharoitlardagina amalga oshirish mumkin. O’z-o’zini boshqarish sharoitlarida mehnat bilan boshqaruv mulkiy munosabatlar orqali birlashadi. CHunki ularning amalga oshishining iqtisodiy shakli bo’lib korporatizm hisoblanadi.
Lekin korporativ o’z-o’zini boshqarish katta mehnat bilan amalga oshiriladi. Jarayonning sekinlashuvida umumiy sabablari bilan bir qatorda mehnat jamoalari ichida individual sabablar ham mavjud. Undan tashqari, amalda mustaqillik va o’z-o’zini boshqarish orasidagi munosabatni aniqlash mushkul.
Jamoa ishtirokidagi boshqaruv tahlili shuni ko’rsatdiki, ishlovchilarning bir qismi boshqaruv bilan faol shug’ullanadi, qolgan qismi (ko’pchiligi) esa sust. Mehnat jamoasi etarlicha miqdorda axborotga ega bo’lmay turib nafaqat boshqaruv qarorlarini qabul qilish, balki ularni tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish, nazorat funktsiyasini sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
SHunday qilib, bozor munosabatlariga o’tish davrida tashkiliy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan bir qatorda demokratiyalashtirish va o’z-o’zini boshqarish muammolari birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Mehnat jamoasi tashkilotning o’z-o’zini boshqarish tizimiga kirgandagina o’z-o’zini boshqarish imkoniyati tug’iladi.
Umuman, odamlarni majmuaviy rag’batlantirish texnikasi uchta asosiy guruh usullaridan iborat:
ishlovchilarga yo’naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar kiradi:
a) ishlovchi oldiga aniq maqsadlarni qo’yish (masalan, ishlab chiqarish me’yorini oshirgan ishchilarga mukofotlar to’lanadi);
b) xulq-atvor modifikatsiyasi (inson xulq-atvorini yaxshilash maqsadida mukofot va jazo qo’llash);
v) qayta tayyorlash (istiqbolli mutaxassislarni tashkilot hisobidan o’qitish);
ishga yo’naltirilgan usullar. Bular:
a) ish joylarini mukammallashtirish va ishlovchilar faoliyati sohasini kengaytirish;
b) egiluvchan ish grafigi (bunday ish rejimida ishlovchi, ish boshlash va tugatish vaqtini mustaqil rejalashtiradi;
v) uy ofislari va telekommunikatsiyani tashkil etish (ofisga ulangan telefon, kompьyuter yoki faksda uyda ishlash);
g) ishdan bo’shatishlar sonini kamaytirish uslublari sifatida ish vaqtini qisqartirish va funktsional og’irlikni bo’lish;
tashkilotga yo’naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar kiradi:
a) xizmatchilar vakolatlarini kengaytirish (ishlovchilarga tashkilotning kundalik ishlarida qatnashish uchun keng imkoniyatlar berish);
b) maqsadlarga erishishda ishtirok etish (jamoa ishining muvoffaqiyatli natijalari uchun muntazam pul mukofotlari olish).
Do'stlaringiz bilan baham: |