7-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja



Download 24,3 Kb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi24,3 Kb.
#746290
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu. O'z.tili.sohada qo'l. (1)


7-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:

  1. Hujjat turlari va xususiyatlari.

  2. Tushuntirish xatining yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

  3. Tilxatning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

  4. Hisobotning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

Tayanch so`z va iboralar: hujjat turlari, uzluksiz faoliyat, ish yuritish, til, nutq uslublari, soda va murakkab hujjatlar, hujjatlarning o`ziga xos xususiyatlari, tushuntirish xati, tilxat, hisobot, tilning lug`at tarkibi, so`z boyligi, xizmat yozishmalari.
Kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.Hujjatlar ish yuritishning asosini tashkil etadi . Hujjatlar kechagina paydo bo'lgan narsa emas, kishilik jamiyatining shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlaridagi muayyan muhim hujjatlarni muntazam va qatiy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga sifatida ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi baravarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o'rxun-enasoy, so'g'd, eski uyg'ur-arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab, hujjatlar, yozma manbalar ma'lum.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi benihoya muhim. Bu jihatiga ko’ra hujjatlat quyidagocha tavsiflanadi: qoralama; asl nusxa ; nusxa; ko’chirma. Aksar hujjatlar dasrlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu nusxa tuzatilib qayta ko’chirilishi mumkin .Aytish johizki, qoralma hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxadir. Asl nusxaning aynan qayta ko’chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning o’ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga “nusxa ” degan belgi qo’yiladi.
Hujjatjilikda, shuningdek, aynan (faksimal) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barja xusisiyatlarini – hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to’rtburchak muhr, matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to’liq aks ettiradi, masalan, foto nusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to’laligicha ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatdan bevosita muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o’rniga “muhr” deb, imzo o’rniga “imzo” deb, gerb o’rniga “gerb” deb yozib qo’yiladi va h.k. Ba’zan muayyan hujjatga to’laligicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko’chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko’chirma, buyruqdan ko’chirma va h.k.).
Nusxa va ko'chirmalar, notarius, kadirlar bo'limi va shu kabilar tomonida tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asil nusxa yo'qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
Ma'muriy - boshqaruv faoliyaida xizmat mavqeyiga ko'ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quydagicha tasniflandi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma'lumotsimon-axborot xujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot,muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi,tarkibiy tarmoqlari va xodimlari,boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayt qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari kabimasalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo'riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma'lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtirok ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma'lumotnoma, ariza, tushintirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o'zichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo'ladi. Ularda muassasa faoli-yatining turli masalalari bilan bog'liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks et-tiriladi. Bu ma'noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko'rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to'rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o'rinli.



Download 24,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish