Samarqand viloyat hokimligi SamDU o`zbek filologi-
adliya boshqarmasi boshlig`i: yasi fakulteti o`zbek tili
va adabiyoti kafedrasi
katta o`qituvchisi B.H.X.
TOPSHIRIQLAR
1. Mavzu matni hamda uning zaruriy qismlarini o`qing.
2. Mavzu bo`yicha tushunganlaringizni og`zaki hikoya qiling va turmushda yuz bergan holatlar bilan qiyoslang.
3. Quyidagi mavzularda tilxat namunalari yozing: guruh oqsoqoli sifatida talabalar stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz haqida, o`tkazilgan sport musobaqalarida talabalar kiyadigan sport kiyimlari, anjomlari olganlingiz haqida, o`rtog`ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz olganlingiz haqida, qo`shningizning videokamerasini vaqtincha ishlatib turish uchun olganligingiz haqida va hokazo.
4. Quyidagi mavzularda tushuntirish xati namunalarini yozing: darsga kech qolganligingizning sababi, darsga kela olmaganligingizning sababi, berilgan topshiriqning o`z vaqtida bajarilmaganligining sababi, shanbalikda belgilangan vazifalarning tugallanmay qolganligining sababi, mahsulot tayyorlashdagi uzilishlarning sabablari va hokazo.
5. Quyidagi mavzular yuzasidan qisqaroq hajmli hisobot namunalari yozing: maktabda mutaxassisligingiz bo`yicha o`tkazilgan o`quvchilar olimpiadasi haqida hisobot, amaliyotchi talaba sifatida maktabda o`tilgan pedagogik amaliyot haqida hisobot, guruh rahbari sifatida talabalar bilan olib borgan yarim yillik ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hisobot, sinf rahbari sifatida o`quvchilar bilan Urganch shahriga uyushtirilgan sayohat haqida hisobot, o`tkazilgan shanbalik natijalari bo`yicha hisobot va hokazo.
6. Mustaqil bajarish uchun vazifa: Tushuntirish xati, tilxat, hisobot hujjatlariga namunalardan foydalanib yangi misollar yozing (kamida bittadan).
KERAKLI ADABIYOTLAR:
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.
Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. INTERNETdagi manzili: www.samdu.uz.files/web/index.htm
Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
5. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
6. Sanaqulov U., Abdiyev M., Qurbonov A. O`zbek tilida ish yuritish asoslari.- Samarqand, 2014.
7. Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. Ахборот. 11 – 12-чиқарув. – Тошкент: Фан, 1996.
8. Давлат тилида иш юритиш, ҳужжатчилик ва атамашуносликдан ўқув иш дастури. – Самарқанд: СамДУ, 1998.
9. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. – Тошкент: Фан, 1977.
10. Абдиев М. Соҳавий терминологиянинг систем таҳлили муаммолари. –Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 2004.
11. Мадвалиев А. Ўзбек тили терминологияси ва лексикографияси масалалари.-Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |