7-Mavzu: hajmiy blokli binolar reja: Hajmiy blokli binolarning konstruksiyaviy sxemalari Hajmiy blok turlari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#429525
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sanoot va fuqaro binolari arxitekturasi-maruza-1585685016

2. HAJMIY BLOK TURLARI 
Hajmiy blokli binolar tarkibida bloklarni har xil joylashtirish mumkin. Bloklarni 
tayyorlash qiyin jarayon bo‘lgani uchun, hajmiy bloklarni bir xillashtirish katta 
ahamiyatga ega. Har xil shakldagi binoning konstruksiyaviy elementlarini o‘zaro 
birlashtirish, ularni quyish va o‘zaro shaklini joylashtirish bir xillashtirilgan blok turlari 
uchun bloklarni birlashtirishda standart usullarni ishlab chiqishni talab qiladi. 
Elementlarni o‘zi uch xilda bo‘ladi: blok-xona; bino eni bo‘yicha blok va blok-
xonadon. Blok-xona uzunligi ko‘i bilan 5,5 m va eni 3,5 m bo‘ladi. Uni tayyorlash va 
tashish (og‘irligi 12 t dan oshmaydi) oddiy. Blok-xonalariga yashash xonalari, oshxona, 
zinapoya katagi yoki sanitar-texnik xona joylashtiriladi. Bino eni bo‘yicha bloklarga 
ikkita xona+oshxona (hojatxona bilan); zinapoya+oshxona (hojatxona bilan). Bloklar 
bino tashqi devor tekisligining to‘rt nuqtasiga tayanadi va kesimli chorcho‘psimon bir 
oraliqln to‘singa o‘xshab ishlaydi. Bunday tayanish binoni montajini yengillashtiradi, 
chunki ichki sermehnat va nazorat qilib bo‘lmaydigan tugunlar va birikishlar 
bo‘lmasligiga erishiladi. Hajmiy elementli blok xonadonlar o‘zida xonadonning hamma 
xonalari bo‘lishini ta’minlaydi. Bu blok-xonani yiriklashtirilgan variantidir, hajmiy 
elementlar tirqishi 2 dan 10 sm gacha qilib kuyiladi. Tayanch tugunlaridagi qo‘sh 
elementlar o‘rnatish detallariga payvandlanib biriktiriladi. 
Biriktirilgan hajmiy bloklar qatoriga yoki rejada burilib joylashgan tiklangan 
konstruksiyani tashkil qiladi. 
Hajmiy bloklarni konstruksiyaviy talablariga elementlarni mustahkamlik, bikrlik, 
yorilishga chidamlilik talablari kiradi. 
Konstruksiyaviy tizimda tashqi va ichki devorlar o‘zaro orayopma bikr gardishi 
bilan biriktiriladi. 
Blok burchaklarida deformatsiyani kamaytirish maqsadida vertikal zo‘riqishni 
shift orqali devorga uzatishda qo‘shimcha armaturalarga ega bo‘lgan vertikal va 
gorizontal qalinliklar o‘rnatiladi. Qalinliklar shuningdek burchaklarda to‘plangan 
mahalliy zo‘riqishlarni yo‘qotadi. 
Hajmiy elementlar tayyorlashni texnologiyaga xos xususiyati hajmiy elementni 
ratsional shaklini izlashdan iboratdir. Bunday shakllar: quvur, besh devorli stakan, besh 
devorli qalpoq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular mashinada tayyorlanadigan 
devorlar hajmiy elementini maksimal sonli qilib tayyorlashga ruxsat beradi. 
Yotqizilgan stakan xilidagi blok qobirg‘alari bir tekis joylashgan silliq yuzali yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyaga o‘xshab ketadi (3-rasm, a).
Qobirgalar orasidagi bo‘shliq qalinligi 50 mm (og‘ir beton) va 60 mm (yengil 
beton) bo‘ladi. 


3-rasm. Qatorli hajmiy blok turlari: a-yotkizilgan stakan; b-qalpoq devori yuk 
ko‘taruvchi; v- devorlari burchakka tayanadigan qalpoq
;
g-stakan; d- alohida yig‘ma elementlardan yig‘ilgan;
ye-yig‘ma karkas asosli. 


Devordan chikib turgan qobirg‘ada radiusi 50 mm li aylana bo‘lishi kerak. 
Bunday xildagi bloklar ikki, uch va to‘rt tomoni bo‘yicha chiziqli tayanganda 
qo‘llaniladi. Bunday blok konstruksiyasi material sarfi bo‘yicha tejamli, biroq 
kamchiliklari bor: blok-panelli sxemada qo‘llash mumkin emas va ochiq o‘rinlar 
o‘rnatish uchun imkoniyatlar cheklangan bo‘ladi. Blok-panelli binolar uchun 
yotqizilgan stakan xilidagi blok devor kesimi tekis bo‘lishi mustahkamlik, bikrlik, 
yorilishga chidamli, tovushdan himoyalash va yong‘inga chidamlilik talablarini 
aniqlaydi. Shunday xildagi bloklar uchun tashqi devor panellari alohida tayyorlanadi va 
zavodda yoki qurilish maydonida yig‘iladi. Yotqizilgan stakan xilidagi blokni blok bilan 
birga qo‘yilib balkon plitasi rafaqli qilib tayyorlanadi. 
Qalpoq-temirbetondan tayyorlangani hajmiy blokli konstruksiyani eng ko‘p 
tarqalgani hisoblanadi (3-rasm, b). Qalpoq qoliplash mashinasi uchun eng ratsional 
shakl bo‘ladi. U quyma besh devori, to‘g‘riburchakli qobiq ko‘rinishida tasavvur 
qilinadi. Gorizontal yuk ko‘taruvchi element - orayopma plitani qobirg‘asimon pol 
paneliga o‘rnatish yo‘li bilan o‘ralgan blok hosil bo‘ladi. Blok devorlari chiziqli yoki 
aniq tayangan bo‘lishi kerak. Qalpoq chiziqli tayanganda qorishmali chokka qo‘yiladi. 
Bu holda devor nomarkaziy siqilishga ishlaydi. 
Yuklar yig‘ish (montaj) shartli aniqligi 1 sm ekssentrisitet orqali uzatiladi. 
Uzun devorlarda bikrlikni oshirish uchun, qalinliklar quyiladi. shuningdek, radius 
yoki qiya ko‘rinishda burchaklar qalinlashtiriladi. Shift blokka bir butun holda 
bog‘lanadi. U tekis yoki qobirgasimon bo‘lishi mumkin. 
Stakan xilidagi blok (3-rasm, g) - tepasi ochiq besh devorli qo‘yilgan qalpoqdir.
Uni tubida shift plitasi yo‘q plita bilan tayyorlanadi. Tubidagi plitani yechimi 
qobirg‘asimon (qobirg‘a pol qalinligiga yashiringan). Bunday yechimni kamchiligi 
yig‘ish
paytida qalpoqni ochiqligi hisoblanadi. Qalpoqlar uchun maxsus inventar 
qalpoqlar qo‘llaniladi. 
Hajmiy bloklarni alohida tekis elementlarini payvandlash, yelimlash va boshqa 
yig‘ish usullari orqali tayyorlanadi. Panel binolarga nisbatan bunday bloklarni qo‘llab 
qurilgan binolarni yutug‘i blok panellarini zavodda yig‘ish hisoblanadi. Tartibga 
solingan rejali xonali baland binolarda bunday konstruksiyali bloklarni eng ratsionali 
qo‘llaniladi. Blok konstruksiyasi qalpoq, stakan, quvur xillari sharoitidan kelib chiqqan 
holda bir yoki ikki ochiq yuzali bo‘lishi mumkin. Yig‘ma panelli va karkas-panelli 
hajmiy elementlar quymaliga nisbatan sermehnatli, lekin samarador qurilish 
materiallardan foydlanish natijasida ularni qo‘llash muhimdir. 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish