1. Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etishning shakl va usullari.
Uzluksiz metodik xizmat yo’nalishida olib borilayotgan ishlarni izchil yo’lga qo’yish, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida uning tuzilmalari me’yoriy hujjatlar bilan takomillashtirib borilmoqda
O‘quv muassasalarida ijodkor, izlanuvchan o‘qituvchi kadrlarni tanlash, ular bilan muntazam shug‘ullanish, ularning faoliyatlarini o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-sentyabrdagi «Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- 213 tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3931-sonli qarori asosida moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, jamoada ijodiy o‘sish uchun ishchan, sog‘lom muhit yaratishni ta’minlovchi ―Maktabda ijodkor o‘qituvchini izlash, tanlash va iste`dodini takomillashtirishning tashxis dasturini ishlab chiqish va unga amal qilishni tashkil etish zarur. Hududlar va o‘quv fanlari bo‘yicha ―Yosh mutaxassislar maktabi‖ ishini takomillashtirish, uning mazmun-mohiyatini kengaytirish, ular uchun muntazam ravishda mavzuli, muammoli va maqsadli o‘quv-seminarlarini tashkil etib borish lozim. Maktabda har bir tuman XTB qoshidagi metodika kabineti xodimlari va ta’lim muassasalarining malakali, tajribali rahbarlari, bundan tashqari ish tajribalari tuman, shahar, respublikada ommalashtirilgan, ko‘rik tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan fan o‘qituvchilaridan trenerlar tayyorlanadi hamda ulardan foydalangan holda ilmiy-metodik seminar, trening mashg‘ulotlarini tashkil etish, tajriba almashish keng yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Metodbirlashmalari_to‘g‘risidagi__Nizom_1-bob._Umumiy_qoidalar__Mazkur_Nizom'>Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risidagi
Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktablarining metodika birlashmalari (keyingi o‘rinlarda - metodbirlashma deb yuritiladi) maqsadi, asosiy vazifalari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Metodbirlashma - bu umumiy o‘rta ta’lim maktablari (keyingi o'rinlarda- umumta’lim maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib. o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
Metodbirlashma o‘z faoliyatida 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa nonnativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta’lim maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |