KCI-Korean Journal Database (1980-yildan hozirgi vaqtgacha) –ma’lumotlar bazasidagi ko‘p mavzuli jurnallarning maqolalaridan erkin foydalanish imkonini beradi. National Research Foundation of Korea tashkilotining nazorati ostida ishlayotgan KCI bazasi Koreyada nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bo‘yicha bibliografik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
SciELO Citation Index (1997-yildan hozirgi vaqtgacha). Lotin Amerika, Portugaliya, Ispaniya va Janubiy Afrikadagi eng yaxshi ochiq jurnallarda nashr etilgan ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’atga oid ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |