Arts & Humanities Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – gumanitar fanlar va san’atga oid jurnallarning ko‘p mazmunli ko‘rsatkichi hisoblanib, butun dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq ijtimoyiy fanlar va san’atga doir eng yaxshi jurnallarni to‘liq qamrab oladi. Shu bilan birga 6 000 dan ziyod asosiy ilmiy jurnallar va sotsiologiya bo‘yicha jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Emerging Sources Citation Index (2015-hozirgi kungacha) - Science Citation Index Expanded (SCI-EXPANDED), Social Sciences Citation Index (SSCI) yoki Arts & Humanities Citation Index (A&HCI) kabi to‘plamlarga kirmagan jurnallardagi maqolallarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi. Bu jurnallar nashr etilayotgan materiallarning sifatiga, ta’siriga va muddatlariga nisbatan qo‘yilgan eng kam talablarga javob beradi, lekin ular nisbatan yangi bo‘lganligi bois, bu jurnallar SCI-EXPANDED, SSCI yoki A&HCI tomonidan ko‘rsatkichlar bilan belgilanishidan oldin muayyan bir muddat davomida baholanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |