Diversiyalashni kullash
Diversiyalashning tub maksadi aktsionerlar uchun kadriyatlar yaratish xisoblanadi. Yagona korporativ tizimga birlashgan firmalar guruxi ularning xar biri beradigan samaradan kuprok samara bermas ekan, diversiyalash aktsiyalarning daromadliligini oshirmaydi. Agarda «A» kompaniya «B» kompaniyani sotib olish bilan diversiyalanar ekan va ular oladigan foyda ular birlashishidan oldin oladigan foyda summasidan oshmas ekan, bunday diversiyalash muvaffakiyatsizdir. «A» kompaniyaning omonatchilari 2+2=4 natijani uz mablaglarini «B» kompaniya aktsiyalariga kuyib xam olishlari mumkin edi. Lekin, diversiyalash natijasi 2+2=5 samarasini bermas ekan, aktsiyaning daromadliligi oshmaydi.
Korporativ boshkaruvchilar diversiyalash buyicha u yoki bu karorlar aktsiya daromadliligini oshirishga kodir ekanligini,kuyidagi uchta mezondan foydalanib baxolashlari mumkin:
1. Jozibadorlik mezoni. Diversiyalash uchun tanlangan tarmok kuyilgan mablaglardan yaxshi foyda olish nukta nazaridan jozibali bulishi kerak.
2. «Kirish uchun xarajatlar» mezoni. Foyda olish saloxiyatiga zarar etkazmaslik uchun tarmokka kirish xarajatlari u darajada yukori bulmasligi lozim.
3. Kushimcha manfaatlar mezoni. Faoliyatda yangi rakobat ustunligini barpo etish uchun kompaniya ma`lum xarakatlarni amalga oshirishi zarur.
Diversiyalash bilan shugullanuvchi korporativ boshqaruvning strategik tanlovi diversiyalashning kuyidagi strategiyalarida namoyon buladi:
1. Yangi tarmokka kirish strategiyasi.
Turdosh tarmoklarga diversiyalash strategiyasi.
Noturdosh tarmoklarga diversiyalash strategiyasi.
Kiskartirish va tugatish strategiyasi.
Kayta tarmoklashtirish, kayta tiklash va tejamkorlik strategiyasi.
Birinchi uchta strategiya diversiyalash usullarini uzida jamlaydi, turtinchi va beshinchisi esa diversiyalanib bulingan kompaniya pozitsiyalarini mustaxkamlash strategiyasidir.
Diversiyalashning ikkita asosiy turi - bog`liq va bog`liq bulmagan turlari mavjud. Bog`liq diversiyalash kompaniya faoliyatidagi biznesning mavjud soxalari (masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta`minot yoki texnologiya) bilan bog`liq bulgan yangi soxadir.
Bog`liq bulmagan diversiyalash - faoliyatning, biznesning mavjud soxalari bilan ochiqdan-ochiq aloqasi bulmagan yangi soxasidir.
Diversiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- ichki kapitallar bozori orqali;
- qayta tarkiblashtirish orqali;
- funktsiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali.
Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversiyalash fond bozori qaysi funktsiyalarni bajarsa, ayni shu funktsiyalarni bajaradi. Ichki kapitallar bozorida korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- korporatsiya xo`jalikning urta bugini tarkibidagi strategik rejalashtirish funktsiyalarini bajarish;
- moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xo`jalikning urta bugini faoliyatini kuzatib borish;
- korporativ kapitallarni raqobatlashuvchi urta korxonalar urtasida joylashtirish.
Bunday sharoitlarda urta korxonalar asosiy idoraning faqat moliyaviy nazorati ostida bulgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi.
bog`liq bo`ladi.
Biznes - portfel deganda, kompaniya biznesining yig`imi tushuniladi. Uni tashkil qilishning uslublari Boston konsalting guruhi ishlaridan kelib chiqqan. Taxmin qilinganki, tashkiliy rejalashtirilish jihatidan kompaniyaning o`zi bir-biridan mustaqil va bir-biriga bog`liq bo`lmagan strategik ish birliklari yig`imidan iborat. Biznes-portfelni shakllantirish to`g`risidagi qaror qabul qilishda, tegishli tarmoq va ushbu tarmoqdagi o`sish darajasi, ushbu biznesdagi raqobat holati e`tiborga olinishi kerak. O`z-o`zidan to`rtta holatni ajratish va xar bir mavjud biznesni o`zining shartli nomini olgan u ѐki bu tipga olib borish mumkin. Tarmoqdagi kuchli holat - tez rivojlanuvchi tarmoq. Bu erda tarmoqda haqiqiy etakchi bo`lgan va bundan buѐngi rivojlanish jaraѐnlarida katta kelajakka ega bo`lgan bizneslar joylashgan. Bu eng jalb qiluvchi holat. Bu biznes turi «yulduzcha» deb atalgan.
Tarmoqdagi kuchli holat - sekin o`suvchi ѐki o`laѐtgan tarmoq. Sekin o`saѐtgan tarmoqda kompaniyaning o`sishi uchun investitsiya talab qilinmaydi, ulaѐtgandan esa asta sekin kapital chiqarib olinishi kerak. Bu holatda, ushbu biznesga ilgari kiritilgan mablag`larni eng yuqori darajada chiqarib olish kerak. Bunday tur «SOG`IN sigir» deb nom olgan.
Tarmoqdagi kuchsiz holat - tez o`suvchi tarmoq. Bu erda raqobat jangida yutishning kelajagi aniq emas. Bu biznes bugungi kunda kam foyda keltiradi, rivojlanishi uchun katta g`amxo`rlik va kuch talab etadi, lekin kelajak nuktai nazaridan ancha jalb qiluvchi bo`lishi mumkin. Bu tur «muammoli bola» deb nomlangan.
Tarmoqdagi kuchsiz holat - sekin o`suvchi ѐki ulaѐtgan tarmoq. Eng jalb qilmaydigan holat, chunki bu biznesning tarmoq o`sishi nuqtai nazaridan kelajagi yo`q. va shu bilan birga zaif raqobat holatida joylashgan. U «it» deb nomlangan, shu ma`nodaki uni boqish kerak lekin sut bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |