7-mavzu:
Axborotni raqamli qayta ishlash.
Reja:
1. Raqam-analogli o’zgartgichlar.
2. Ularning klassifikatsiyasi, xarakteristikalari, ishlash prinsiplari.
Raqam-analogli o’zgartgichlar.
Raqamli signalni analog signalga aylantirgichlar,
ko'pincha boshqariluvchi
rezistorli kuchlanish taqsimlagichlar orqali amalga oshiriladi. Bunda raqamli signal
U
D
ning kodi
X
n
.....X
2
,
X
1
ga qarab turli xil rezistorlar ulanadi. Raqamli signalni kodi
o’zgarishi bilan taqsimlagichning o’tkazish koeffitsienti ham o’zgaradi. O’tkazish
koeffitsienti o’zgarganligi tufayli, bu taqsimlagichning kirishiga doimiy kuchlanish
berilsada, chiqish kuchlanishi notekis o‘zgaradi. Kuchlanish taqsimlagichlarini ulash va
uzish elektron kalitlar orqali amalga oshiriladi. Kuchlanish taqsimlagichi vazifasini
qarshiliklar matritsasi o’taydi.
Bunday matritsani ko’rinishi, a da keltirilgan. Ikkilik tizimdagi signallarni
boshqaruvchi kalit sxemas, b da ko’rsatilgan. Raqamli signalni analog signaliga
aylantirishning aniqlik darajasi rezistorlarni tayyorlanish aniqligiga va ularning ish
rejimida parametrlarining barqarorligiga bog’liq.
Bu tipda ishlovchi bir nechta sxemalar mavjud.
Yuqorida keltirilgan sxemalar bir-biridan aniqligi va murakkabligi bilan farq qiladi.
Parallel sxema tez, ketma-ket sxema sekinroq ishlaydi.
7.2-rasm: Raqamli signallarni analogli signallarga aylantirgichning blok sxemasi (a) va
uning chiqishdagi kuchlanish o’zgarishi (б)
7.3-rasm: Kuchlanish taqsimlagich vazifasini bajaruvchi qarshiliklar matritsasi (a)
va signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi (б).
Ularning klassifikatsiyasi, xarakteristikalari, ishlash prinsiplari.
Ko‘p hollarda modulyatsiyalangan signal spektri modulyatsiyalovchi – uzatiladigan
xabar signali spektridan keng bo‘ladi.
Signallarning turlari
7.4-rasm. Uzluksiz signal
7.5-rasm. Sath va vaqt bo‘yicha diskret signallar
7.6-rasm. Sath bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha diskret signal
7.7-rasm. Sath bo‘yicha diskret, vaqt bo‘yicha uzluksiz signal
a) b)
7.8-rasm. Ikki asosli raqamli signal: a) unipolyar, yani bir qutbli; b) bipolyar,
yani ikki qutbli
Signallarning parametrlari
7.9-rasm. Uzluksiz signal
1) Signalning davomiyligi.
T
s
– [sek].
2) Signalning dinamik diapazoni:
D
s
= 10lg
P
max
P
min
[Db]
3) Signalning spektr kengligi:
F
s
= F
max
– F
min
Ovoz diapazoni
Aloqa liniyada o‘zatilayotgan signal
polosasi
Television signal polosasi
7.10-rasm. Signallarning spektrlari
Shunday qilib, xabarlar va signallar quyidagicha farqlanadilar:
1. Shakli avvaldan ma’lum xabar va signallar;
2. Tasodifiy signallar.
Xabarlar va signallar ko‘p hollarda vaqt funksiyasi hisoblanadi va quyidagi turlarga
bo‘linadi:
1. Uzluksiz xabar dastlab uzluksiz signalga aylantiriladi;
2. Uzlukli (diskret) xabar diskret signalga aylantiriladi;
3. Vaqt bo‘yicha diskret signallar qiymati o‘zining eng kichik
U
min
va eng katta
U
max
qiymatlari orasidagi har qanday kattalikka ega bo‘lishi mumkin;
4. Vaqt va sathi bo‘yicha diskret signallar (1.2b-rasm) deb, har bir diskret
kΔt
vaqtda
qiymati avvaldan o‘rnatilgan
nΔu
sathlardan biriga teng signalga aytiladi.
Signalni sath bo‘yicha diskretlash kvantlash deb ataladi.
Signal asosan uchta ko‘rsatkichi bilan baholanadi:
- T
s
– signal davomiyligi;
- D
s
– signal dinamik diapazoni;
- F
s
– signal spektri kengligi.
Nazorat savollar
1. Axborotni raqamli qayta ishlash deganda nimani tushunasiz.
2. Raqamli-analog o’zgartgichlar.
3. Raqamli-analog o’zgartgichlarning klassifikatsiyasi.
4. Raqamli-analog o’zgartgichlarning xarakteristikalari.
5. Raqamli-analog o’zgartgichlarning ishlash prinsiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |