2.Amir Temur va Temuriylar saltanati davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy hayot
REJA:
XIV asrning o‘rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy axvol.
Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.
Amir Temurning markazlashgan davlatga asos solishi.
Amir Temuming harbiy yurishlari.
Amir Temur davlatining parchalanishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Shohrux, Ulug‘bek, padarkush, Siyosatnoma asari, oliy devon, temur tuzuklari, mashvaratu-kengash, suyurg‘ol, sadrlar, shayxulislom, “To‘rt ulus tarixi”, miniatyura san’ati, Alisher Navoiy “Xamsa”.
Tashqi qiyofasi kuchli ko‘ringan, nihoyatda katta hududlami egallagan Amir Temur davlati siyosiy jihatdan mustahkam emas edi. Mamlakatda o‘matilgan suyurg‘ol tartibi Amir Temur davlatining ko‘p vaqt o‘tmay parchalanib ketishiga sabab bo‘ladi. Amir Temur vafotidan so‘ng vorislar o‘rtasida toju-taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi. U o‘ziga taxt vorisi qilib nabirasi, o‘sha vaqtlarda Hindiston va Kobul viloyatlarining hukmdori Pirmuhammadni tayinlagan edi.
Biroq Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli naroziligi va isyoniga duch keladi. Turkiston hamda Farg‘onaning hokimi amir Xudaydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Uning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryoning chap sohili viloyatlarida o‘z hokimiyatini o‘rnatish maqsadida akasiga qarshi bosh ko‘taradi. Amir Temurning valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon qo‘shin tortadi. Oqibatda bu davrda Xurosonda Shohruh, Balh, G‘azna va Qandahorda Pirmuhammad, G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o‘g‘illari Umarshayx Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutloq bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O’ratepa bilan Farg‘onani Amir Xudaydod Husayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O’rdaning nufuzli amirlaridan Idiku o‘zbek bosib oladi. Shunday qilib, Temur mamlakati kurashlar girdobiga tushib qoladi. Bu davrda Amir Temurning valiahdi Pirmuhammad va o‘rtancha o‘g‘li Mironshoh bunday g‘alayon va fitnalarning qurboni bo‘lishadi. Pirmuhammad 1407-yil 22 fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘ladi. 1408-yil 22 aprel kuni Qoraquyunli turkmanlarining qabila boshlig‘i Qorayusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh hal ok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iraq viloyatlari temuriylar qo‘lidan ketadi. Shohruh Mirzo 1409-yil 25 aprelda Amudaryodan o‘tib, Samarqandni egallaydi. Shohruh XV asrning 20-yillariga kelib Amir Temur merosining Suriya va Arabistondan tashqari asosiy qismini o‘z tasarrufiga kiritadi. Shohruh humronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo‘li ostida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo‘lingan edi. Ulardan biri markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahr, ikkinchisi markazi Hirot bo‘lgan Xuroson edi.
1409-yilda Shohruh Movarounnahrga Ulug‘bek Mirzoni hokim qilib tayinlaydi. Ulug‘bekning hokimiyati dastlab faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilan cheklangan edi. Keyinchalik Ulug‘bek davlati janubda Amudaryo, g‘arbda Buxoro vohasiga tutashib ketgan Urganjiy dashtining sharqiy hududlari, shimolda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig‘noq va O’tror shaharlari, sharq va shimoli-sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaralanardi.
Mamlakatda ma’lum darajada mustahkamlanib olgan Ulug‘bek 1414-1415-yillarda Farg‘onaga yurish qilib, uni egallaydi. U 1425-yil bahorda Mo‘g‘ulistonga yurish boshlaydi va Issiqko‘l yaqinidagi jangda g‘alabani qo‘lga kiritib katta o‘lja bilan Samarqandga qaytadi. Mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga Ulug‘bek Jizzax yaqinida Ilono‘tti darasidagi (1428-yilda) qoyatoshga “zafarnoma” yozdiradi.
Ulug‘bek Sirdaryo bo‘yidagi O’tror, Sabron va Sig‘noq shaharlariga da’vogar bo‘lib chiqqan Baroq O’g‘longa qarshi 1427-yilda qo‘shin tortadi. Ammo bu yurish unga omad keltirmaydi. Bu mag‘lubiyatdan yuzi shuvut bo‘lgan Ulug‘bek umrining oxirlarigacha o‘zga yurtlarga urush qilishga jur’at qilmaydi. U faqatgina XV asrning 30-yillarida mamlakat chegaralarini Abulxayrxon hujumidan himoya qilish maqsadida qo‘shin tortgan edi.
Shohruh 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan o‘tadi. Uning vafotidan so‘ng Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana avj oladi. Odatga ko‘ra taxtga Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo Boysunquming o‘g‘illari Alouddavla bilan Abulqosim Bobur Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydilar. Ammo keyingi siyosiy voqealar Ulug‘bek va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqishi bilan xarakterlanadi. Bu voqealar Ulug‘bekning fojeali o‘limi bilan yakunlanadi. Fitna qurboni bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek 1449-yil 27-oktyabrda Samarqand yaqinida fojiali holatda shahid bo‘ladi.
Shunday qilib, Ulug‘bek Movarounnahrdagi qirq yillik hokimligi davrida shiddatli harbiy yurishlar uyushtirib, qo‘shni mamlakatlami bosib olishga intilmadi. Va aksincha, u o‘z davlatini mustahkamlashga va madaniy hayotni ko‘tarishga harakat qildi.
Shohrux mirzo va Mirzo Ulugbek o‘limidan keyin temuriylar sulolasining inqirozi kuchaydi, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat beqarorlashdi.
Shundan so‘ng Samarqand taxtini temuriy Ibrohim Sultonning o‘g‘li Abdullo egalladi. Bunga javoban Buxoro ayonlari Mironshoh nabirasi Abu Said Mirzoni podshoh etib ko‘tardilar. Bunday muxolifatchilik oqibatida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat keskinlashib, hokimiyat uchun kurash yangi pallaga kirdi. Abu Said o‘z maqsadiga erishish yo‘lida Dashti Qipchoqdagi o‘zbeklar davlati hukmdori Abulxayrxondan ham foydalandi. U 1451-yilda Mirzo Abdullo qo‘shinini yengib (Abdullo bu jangda hal ok bo‘ladi), Movarounnahr hukmronligini qo‘lga kiritdi. 1457 yilda Xuroson hukmdori Abulqosim Bobir vafot etgach, Sulton Abu Said Mirzo Hirot taxtini ham egallaydi. Garchi temuriylar saltanatining har ikkala qismi birlashtirilgan bo‘lsa-da, uning tag zamiri nihoyatda zaif, omonat edi. Abu Saidning ko‘p vaqti g‘arbiy o‘lkalarni egallash maqsadida urush harakatlarida o‘tgani sababli mamlakat jilovi mahalliy bek, amirlar va shahzodalar qo‘lida bo‘ldi, ular o‘z mavqelarini mustahkamlash, xalqni talash, soliq majburiyatlami ko‘paytirish bilan band edilar. Bu esa ichki nizolarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda edi.
1469-yilda G‘arbiy Eronda oqquyunli turkmanlari bilan bo‘lgan jangda Abu Said o‘ldirilddi. Xurosonda Sulton Husayn Boyqaro hokimiyati qaror topdi. Movarounnahrda Abu Saidning o‘g‘illari Sulton Ahmad, Umarshayx Mirzo va Sulton Mahmud hokimiyat tepasiga keldi. Umarshayx Farg‘ona mulki hukmdori bo‘lsa, Samarqandda hokimiyat Sulton Ahmad (1469-1493) va Sulton Mahmud (1493-1494) va undan so‘ng Sulton Ali (Mahmudning o‘g‘li, 1494-1501) qo‘lida bo‘ldi.
Ana shu tariqa, mamlakat parchalanish sari yo‘l tutdi. Xususan, Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmadning uquvsizligi, sustkashligi va savodsizligi tufayli siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Bundan foydalangan dasht o‘zbek qavmlari uyushtirgan yurishlar Movarounnahrni yanada tang ahvolga soldi.
asrning 90-yillarida Farg‘onaning yosh hukmdori, Umarshayx Mirzoning o‘g‘li Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) temuriylar hukmronligini qaytadan mustahkamlash yo‘lida necha bor qat’iy harakat qildi. Biroq uning bu urinishlari ham kutilgan natijaga olib kelmadi.
Siyosiy tizim. Amir Temur o‘z davlatini barpo qilishda mavjud siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalandi. Mazkur davlat o‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ko‘shimcha harbiy
siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Qudratli hukmdor tarix faniga ixlos qo‘yganidan bo‘lsa kerak, qadimgi va o‘rta asr Sharq mamlakatlaridagi turli davlatlar va ularning siyosiy hamda ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari haqida keng tasavvurga ega edi. Biroq uning davlat boshqaruv tizimi qo‘l ostidagi butun hududda yagona markazlashgan siyosiy-tartib asosiga qurilgan bo‘lib, bu sohadagi tajribalar o‘rta asrlardagi O’rta Osiyo davlatlarida keng qo‘llanilgan idora usullari tajribasi bilan boyitilgan edi. Amir Temurning Nizomulmulk tomonidan yaratilgan " Siyosatnoma" asaridan davlat ishlarida keng qo‘llanma sifatida foydalanishi, “Temur tuzuklari”da “Siyosatnoma”dan fikrlar keltirilishi bunga yorqin misoldir.
Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qildi:
davlat siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi;
davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi;
davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilmog‘i.
boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakllangan bo‘lishi;
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvoli davlat e’tiboridabo‘lishi;
fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish;
har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi;
davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog‘i.
Ijtimoiy tuzum. Amir Temur davrida Movarounnahrda aholining yashash darajasi va sharoiti yaxshilangan. Yagona markazlashgan davlatning shakllanishi va rivoj topishi bilan oddiy aholining tinch va osuda yashab, mehnat qilishiga shart-sharoitlar yaratildi.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida va undan keyin Amir Temurning markazlashgan davlat barpo etguniga qadar O’rta Osiyo va unga qo‘shni hududlaming xalq ommasi nihoyatda og‘ir azob- uqubatlar, qiyinchiliklar bilan hayot kechirayotgan edi. Mo‘g‘ullarning vayronagarchilik va buzg‘unchilik ishlari tufayli mehnatkash aholining yashash sharoiti quyi darajaga tushib qoldi. Xo‘jalikni qayta tiklash ishlariga e’tiborsiz bo‘lgan ko‘chmanchi mo‘g‘ullar xalq boshiga turli soliqlarni soldilar, ular orasidan ba’zilarini qullarga aylantirdilar.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, u mamlakatda qayta tiklash ishlari, obodonchilik, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratdi. Turli toifaga mansub mulk sohiblarini bir qo‘l ostida birlashtirdi. Qattiq intizom har qanday zodagonni o‘z hukmdori oldida bosh egishga majbur qilar edi. Mehnatkash xalq jumladan, hunarmand qatlamiga mansub kishilarning yashash darajasi ancha yaxshilandi. Shaharlarda, madaniyat markazlarida yaratuvchilik, obodonchilik ishlari nihoyatda kuchayib ketdi.
Amir Temur davlatining sarhadlari keng edi. U nafaqat hozirgi O’rta Osiyo balki, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Kavkaz, Qozog‘iston, Iroq singari mamlakat va hududlarni o‘z tarkibiga olgan edi. Ijtimoiy tuzum masalasida to‘xtalganimizda, aynan shu joylardagi aholining turli qatlamlari, ularning o‘zaro nisbati, bir-biriga aloqadorligini nazarda tutishimiz kerak.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur o‘z mamlakatini boshqarishda aholini ma’lum ijtimoiy qatlamlarga bo‘lganligi qayd etilgan. Ular asosan o‘n ikkita guruhga bo‘lingan holda o‘sha davrdagi omma va xossaning bir-biriga nisbatani yaqqol ko‘rsatadi. Bular quyidagi ijtimoiy toifalar:
sayyidlar, olimlar va shayxlar;
katta tajribaga ega ilmli kishilar;
duo qiluvchi taqvodorlar;
lashkarning sipohlari, sarkarda va amirlari;
askarlar va xalq ommasi;
davlat boshqaruv ishlarini ipidan-ignasigacha biladigan maslahatgo‘y dono va aqlli kishilar;
vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i;
tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar;
muhaddislar va muarrixlar;
tasavvuf vakillari va oriflar;
hunarmandlar va san’atkorlar;
Soliq tizimi. Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid asarlarda soliq tizimining ma’lum me’yorga tushirilganligi bayon qilingan. Bu davrda asosiy soliq turi yer solig‘i - xiroj bo‘lgan. Bundan tashqari, tanobona, jon solig‘i, ulog‘, begor amalda bo‘lgan. Do‘kondor hunarmandlardan tamg‘a solig‘i olingan. Mahalliy savdogarlar tagjoy to‘laganlar. Zarur holatlarda aholi hasharlarga jalb qilingan.
Yer egaligining suyurg‘ol - xususiy mulk turi keng tarqalgan.
XV asrda ziroatchilar qanday yer mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab xiroj to‘laganlar. Ular asosan to‘rt turga -
davlat yerlarida yashovchi ziroatchilar;
xususiy mulk yerlarida yashaydiganlar;
v) o‘z yerida yashovchilar;
g) vaqf yerlarida yashovchilarga ajralganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |