7-mavzu: amir temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot


Amir Tеmur vafotidan kеyin tеmuriy shahzodalar o‘rtasida toju-taxt uchun ichki kurashlar. Markazlashgan davlatning parchalanishi



Download 72,59 Kb.
bet3/9
Sana23.01.2022
Hajmi72,59 Kb.
#403515
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Temur.doc

3. Amir Tеmur vafotidan kеyin tеmuriy shahzodalar o‘rtasida toju-taxt uchun ichki kurashlar. Markazlashgan davlatning parchalanishi.

Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida qattiq og‘rib, 1405-yil 18-fevral kechasi O‘tror hokimi Berdibekning saroyida vafot etadi. O‘z davrining mohir tabiblari va ularning sardori bo‘lmish taniqli tabib Fayzulloh Tabriziyning davo-korlari buyuk hukmdor tanasidagi og‘irlikka davo bo‘la olmadi. Qazosiga qadar ixtiyori o‘zida bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur o‘ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldiradi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat (jami o‘z ichiga 27 ta o‘lka va viloyatlarni jam etgan) garchi Temurning mahorati va kuch-qudrati ila mustahkam turgan bo‘lsa-da, lekin u ichki jihatdan siyosiy ancha zaif, umumiqtisodiy asosga ega bo‘lmagan edi. O‘g‘illar, nabiralarga mamlakatni qism-qismlarga bo‘lib berilganligi va suyurg‘ol tartibi ham Temur davlati parokandaligini kuchaytirar edi. Temur jasadi Samarqandda dafn etilishi va motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchayib ketdi.

Qobul va shimoliy Hind mulklarning hokimi bo‘lmish, Pirmuhammadni ko‘pchilik taxt egasi sifatida ko‘rishni xohlamas ham edi. Buning ustiga u ancha uzoqda bo‘lib, Samarqandga tezlik bilan yetib kelish uchun imkoni ham yo‘q edi. Temur vafotidan so‘ng Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib, g‘alayonli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Sekin asta Temur kuch-qudrati bilan barpo etilgan buyuk saltanatga putur yeta boshladi. Fosih Havofiy Temurdan so‘ng tirik qolgan uning o‘g‘il va nabiralarini sanab, jami ularning soni 36 taga yetishini ta’kidlagan edi. Ayniqsa ular orasida Shohruh (1377-1447) ni va uning o‘g‘li Ulug‘bek (1394-1449) alohida hurmat bilan tilga olib o‘tilgan. Shu davr muarrixlari taxt egaligiga ko‘proq Shohruhni ma’qul ko‘rib, uning insoniy sifatlariga yuqori baho berar edilar. Shohruh taxt egasi bo‘lishidan avvalroq ham o‘zining oqil va ilmli, zukko va taqvodorlik sifatlari bilan hurmat qozongan edi. Shuningdek, bu vaqtda Temurning boshqa bir o‘g‘li Mironshoh (1366-1408) ham hayot bo‘lib, u ham asosiy taxt da’vogarlaridan biri hisoblanar edi.

Temurning sadoqatli amirlaridan ko‘pchiligi, jumladan Shohmalik va Shayx Nuriddinlar ham toju taxt Shohruh Mirzoga tegishi tarafdori edilar. Shunday bir vaqtda Mironshoh Mirzoning o‘g‘li, shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil Sulton (1384-1409) shoshilinch ravishda, o‘zining ming chog‘li askari bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallaydi va o‘zini Movarounnahr hukmdori deb e’lon qiladi. Hatto u Pirmuhammadga tegishli Amudaryoning o‘ng betidagi yerlarni ham o‘z tasarrufida deb e’lon qiladi. Avval boshda uni qo‘llagan Movarounnahr amirlari, harbiy sarkardalar ko‘p o‘tmay undan ixloslari qayta boshlaydi. Xalil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk poytaxtda ko‘plab nojoiz ishlarga izn berishadi, Temur davridayoq nufuzli bo‘lgan ba’zi amaldor, zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi.

Davlat xazinasi o‘z holicha sovurila boshlanib, hokimiyatga ko‘plab nomaqbul kishilar kela boshlaydi. Shohruh bilan birinchi o‘zaro nizodan so‘ng Xalil Sulton garchi uning oliy hukmdorlik huquqini tan olsa-da, Movarounnahr uning ixtiyorida qolajagini ma’lum qiladi. Xalil Sultonni Iroq tomonidan boshqa bir kuch otasi Mironshoh Mirzo ham qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Siyosiy kaltabinlik yo‘lini tutgan Xalil Sultondan norozilik tobora kuchaya boshlaydi. Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi bosh ko‘taradi. Shohruhning sadoqatli kishisi bo‘lmish Shayx Nuriddin O‘tror hokimi, o‘z ukasi bo‘lmish Berdibek bilan birga boshqa bir isyon ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo bo‘ylarida o‘z akasiga qarshi bosh ko‘taradi. Xorazm esa Oltin O‘rdalik taniqli sarkarda Amir Idiku o‘zbek tomonidan ishg‘ol etiladi.

1405-1406-yillarda Xalil Sultonning Shohruh, Pirmuhammad qo‘shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy to‘qnashuvi sodir bo‘ladi. Butun Temur saltanati o‘zaro toju taxt kurashlari domiga tortiladi. Yagona hisoblangan saltanat Shohruh boshqarayotgan Xuroson, Balxdan to Hind yerlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim Pirmuhammad, G‘arbiy eron, Ozarbayjon, Iroq tasarrufida bo‘lgan Mironshoh va uning avlodlari (Umar Mirzo, Abu Bakr) yerlariga bo‘linib ketdi. Movaraunnahr Xalil Sultonga rasman qarashli deb hisoblansa-da, Turkiston, O‘tror, Sayramda Amir Berdibek, Farg‘onada esa Amir Xudoydod hukmronlik qilishar edi. Barcha Temuriylarni saltanatning yuragi bo‘lmish, Movaraunnahrni egallash istagi tark etmas edi.

Movaraunnahr hokimi Xalil Sultonning o‘z holicha ish tutishi, temuriy zodagon, amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Muhammad Porsoning tahqirlanishi muxolif kuchlarning dushmanligini kuchaytirib yubordi. Shu vaqtning o‘zida o‘zaro fitna g‘alayonlarning navbatdagi qurbonlari ham paydo bo‘ladi. 1407-yil 22-fevralda taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o‘zining vaziri Pirali Toz tomonidan suiqasd natijasida o‘ldiriladi. (Keyinchalik o‘zini Pirmuhammadning “qasoskori” deb e’lon qilgan Shohruh Pirali Tozni Hirotda qatl etadi). 1408-yil 22-aprelda esa qoraqo‘yunli turkmanlar bilan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da’vogar Mironshoh Qora Yusuf tomonidan Ozarbayjon va Iroq uchun bo‘lgan jangda o‘ldiriladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan chiqadi.

1409-yil boshida esa siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydod shu vaqtda Xalil Sultonni Samarqand yonidagi Sheroz qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o‘zini asirlikka oladi. Xuroson hokimi Shohruh esa o‘ziga qarashli bo‘lgan Mozandaron va Mashhadda, so‘ngra uning mulkiga o‘tgan Seyiston va Kirmonda o‘z hokimiyatini mustahkamlaydi. So‘ngra butun e’tiborini Movaraunnahrga qaratadi. Sheroz jangidan bir oz avval Shohruh Xalil Sultonga Movaraunnahr taxti uchun jang qilish xususida yorliq ham yuborgan edi. Shohruh saltanat markazidagi bedodliklarga bundan buyon befarq bo‘la olmasligini e’lon qildi. 1409-yil 25-aprelida u Amudaryodan o‘tib Samarqand tomon jadal yo‘l oladi. Xalil Sultonni qo‘lga olgan Amir Xudoydod qo‘shinlarini Shohruh yuborgan harbiy qism tor-mor etib, Xalil Sultonni asirlikdan ozod qilishadi. Oliyjanob insoniylik sifatlariga ega bo‘lgan temuriy Shohruh Mirzo o‘zaro gina-kudratlarni unutib, uni yaxshi kutib oladi. Amir Xudoydod esa mamlakatdan qochib ketadi. 1409-yilning dekabriga qadar Shohruh Mirzo Movaraunnahrda tinchlik osoyishtalik o‘rnatib, Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga qarshi keskin choralar ko‘radi, izdan chiqqan xo‘jalik hayotni, savdo-sotiqni tiklaydi.

Shohruh Mirzo hukmronligi davrida tеmuriylar saltanati. Temuriylar saltanatining taqdiri oydinlashib, Xuroson hokimi bo‘lmish Shohruh Mirzo (1405-1409) temuriylar davlatining oliy hukmdori (1409-1447) sifatida e’tirof etildi. Tarixda esa Shohruhning deyarli 40 yillik barqaror hukmronlik davri boshlanadi. O‘zaro nizo va fitnalardan, iqtisodiy, savdo munosabatlarini chippakka chiqargan vayronagarchilik urushlardan charchagan xalq, markazlashgan kuchli davlat sari intilayotgan Shohruh Mirzoning hatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlar edi. Chunki faqatgina kuchli, markazlashgan davlatgina o‘zaro osoyishtalik, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi mumkin edi. Shohruh Temur davlati o‘zagini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga u deyarli barcha o‘lka, viloyat noiblarini o‘z lavozimlaridan chetlashtirib, o‘ziga ishonchli hisoblagan qarindosh-urug‘larini bu lavozimlarga qo‘ya boshlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon Ibrohim Sultonga, Sheroz Suyurg‘atmishga, Qobul va Qandahor Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir qismi Boysunqur Mirzoga, G‘arbiy Eron hamda Iroqi Ajamning bir qismi Sulton Muhammadga, Fors viloyati Abdullo Mirzolarga suyurg‘ol tarzida bo‘lib beriladi.

Shu yo‘l bilan Shohruh boshqaruv tizimi qulay va ixcham bo‘ladi deb o‘ylagan edi. Lekin keyinchalik ishonchli qondoshlar ichidan ham isyonkor noiblar chiqa boshlaydi. Xususan, Shohruhning nevarasi Sulton Muhammad Eron noibi etib tayinlangach, markazga bo‘ysunishdan bo‘yin tovlay boshlaydi. So‘nggi marotaba Shohruh isyonkor nevarasini o‘limidan sal avval (1446) Eronga yurish qilib, uning jazosini berib qo‘yishga majbur bo‘lgan edi. Yagona Shohruh davlatida Movaraunnahr qismining alohida o‘rni bor edi. Davlatning markaziy poytaxti Hirot shahri hisoblansa, Movaraunnahrning markazi Temur poytaxti bo‘lmish qadimiy Samarqand shahri hisoblanar edi.

Movarounnahrda Mirzo Ulug`bеk hukmronligi. Movarounnahr yerlarining boshqaruvi esa Ulug‘bek qo‘liga topshirilgan bo‘lib, u umrining oxiriga qadar (1449), 40 yil mobaynida bu yerlarni boshqarib keldi. 1409-yili Movaraunnahr qo‘lga olingandan so‘ng Shohruh Ulug‘bekni shu o‘lkaning noibi etib tayinlaydi. 15 yoshli o‘smir davlat boshqaruvi ishlari uchun yosh ekanligi hisobga olinib, taniqli amir Muboriziddin Shohmalikni unga otaliq etib tayinlab, boshqaruv ishlari amalda otaliqning qo‘lida mujassamlashadi.

Movaraunnahrlik amirlarning ba’zilari Ulug‘bek va Shohmalik hokimiyatlarini tan olishni istashmaydi. Jumladan, 1410-yilda qayta bosh ko‘targan Shayx Nuriddin g‘alayoni faqatgina Shohruh Mirzoning aralashuvi tufayli bostirilib, noiblik o‘rni Ulug‘bekning o‘ziga qoldiriladi. 1411-yili Movaraunnahrda ancha muxolif kuchlariga ega bo‘lgan va Ulug‘bekning mustaqil xatti-harakatlariga to‘sqinlik qilayotgan Muboriziddin Shohmalik Shohruh bilan birga Hirotga qaytib ketadi. Ulug‘bek Mirzo esa shu yildan boshlab Movaraunnahrning “Yagona va qonuniy sultoni” sifatida hokimiyatni boshqaradi.

Shohruh va uning o‘g‘li Ulug‘bek o‘z siyosatlarining ustuvor yo‘nalishlari etib avvalo mamlakat hududlarini kengaytirish hamda markaziy hokimiyatni mustahkamlash deb bildilar. Shohruh 1413-yili Eronni o‘z qo‘li ostiga oladi. O‘sha yili Shohruh qo‘shini yordamida Ulug‘bek Oltin O‘rda xonlari ixtiyoridagi Xorazmni tortib oladi. Bu kurashda faol ishtirok etgan Shohmalik Xorazm noibi etib tayinlanadi. Ulug‘bek 1414-1415-yillarda o‘z amakivachchasi amirzoda Ahmad hukmron bo‘lib turgan Farg‘onani uning qo‘lidan tortib oladi. Shuningdek, uning Qoshg‘arga nisbatan siyosati ham muvaffaqiyatli tarzda hal bo‘ladi. Avval boshda sobiq Farg‘ona hokimi Ahmad Qoshg‘ardan panoh topgan edi. Lekin temuriylar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikni lozim deb hisoblagan Qoshg‘ar hokimi Shayx Ali To‘g‘ay Ulug‘bek bilan o‘zaro muzokaralar olib boradi. Natijada, 1416-yili u “Buyuk amirning himoyasiga” o‘tish istagini bildirib, Qoshg‘arni Ulug‘bek yuborgan vakillar Siddiq va Alilar qo‘liga topshiradi.

Ulug‘bek shimoldagi qo‘shnilari bo‘lmish Dashti Qipchoq va Mo‘g‘ulistondagi ichki siyosiy ahvol barqarorligi va u yerlarda o‘ziga ittifoqchi bo‘lgan kishilarni hokimiyat tepasida bo‘lishini istar edi. Shu sababdan ham uning aralashuvi hamda harbiy ko‘magi bilan Dashti Qipchoqda O‘rusxonning nabirasi Shahzoda Baroqxon hokimiyat tepasiga keladi. Mo‘g‘ulistonda esa Ulug‘bekning yordami bilan Shermuhamadxon raqibi Vaisxonni yengib Mo‘g‘uliston taxtini egallaydi. Ulug‘bek bu xonlar orqali shimolda va sharqda o‘z ta’sirini o‘tkazishga va o‘ziga ishonchli ittifoqchilarga ega bo‘lishini ko‘zlagan edi. Avval Shermuhammadxon Movaraunnahr ichki ishlariga aralashishga harakat qilib, o‘z valine’matiga nisbatan nohaq munosabatda bo‘la boshlaydi. 1424-yili noyabr oyida Shohruhning rizoligi bilan Ulug‘bek Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Uning asosiy kuchlari 1425-yil erta bahorida Chu daryosidan o‘tib, Issiqko‘l yaqinida mo‘g‘ullarni tor-mor keltiradi. Bu jang Ulug‘bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so‘nggisi edi. Tez orada shimoldan yana boshqa bir xavf paydo bo‘ladi. Ulug‘bek yordami bilan avval Dashti Qipchoq, so‘ngra Oltin O‘rda hokimiyatini qo‘lga olgan Baroqxon Movaraunnahr sultoni muruvvatini yoddan chiqardi. U Sirdaryo bo‘yidagi yerlar va shaharlarni (O‘tror, Sabron, Sig‘noq) talab, u yerlarga o‘z da’vosi bilan chiqadi. 1427-yilning boshida Ulug‘bek Dashti Qipchoqqa harbiy yurishga otlanadi. Bu yurishda Ulug‘bek qo‘shini mag‘lubiyatga uchrab o‘zi Toshkentga chekinadi. Dashti qipchoqliklar bilan bo‘lgan jang mag‘lubiyati Ulug‘bekka shunchalik katta ta’sir ko‘rsatadiki, u otasining o‘limigacha shaxsan o‘zi harbiy qo‘shinga bosh bo‘lib, yurishlarni boshqa amalga oshirmaydi. 1428-yili Mirzo Ulug‘bek tomonidan amalga oshirilgan pul islohoti Movaraunnahr ichki iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, zamondosh tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, jumladan Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida soliqlar miqdori ham bir muncha pasaytirilgan ekan. Mirzo Ulug‘bek, shunday qilib, otasi tiriklik vaqtida garchi tashqi siyosat borasida birmuncha mustaqil harakat qilgan bo‘lsa-da, lekin u haqiqatda otasi Shohruh Mirzoning Movaraunnahrdagi ishonchli va itoatkor hokimi bo‘lib qoladi.

Ichki va tashqi siyosat. Ulug‘bek ichki va tashqi siyosat borasida otasi bilan bamaslahat ish tutar, soliqlarning bir qismini muntazam Hirotga jo‘natar, xutba va tangalarda otasining nomi zikr etilardi. Shuningdek, u vaqti-vaqti bilan otasiga hisob berib turar, harbiy yurishlari vaqtida unga moddiy va harbiy ko‘mak yetkazib berishga majbur edi.

Shohruhning keksayishi bilan toju taxt uchun zimdan paydo bo‘lgan nizolar ham faollasha boradi. Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim (1457-yilda vafot etgan) siyosiy ishlarga faol aralasha borib, nevarasi Alouddavlani taxt vorisi sifatida ko‘rishni istar edi. Shohruhning yana bir hayot bo‘lgan o‘g‘li Muhammad Jo‘ki (1402-1444) ham o‘zini taxt egasi sifatida ko‘rishga haqli deb hisoblar edi. Toju-taxt uchun zimdan boshlangan kurash 1444-yili Shohruh og‘ir xasta bo‘lib qolganda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Shohruh xastalikdan tuzalib, 1446-yilning so‘ngida o‘zining oxirgi harbiy yurishini amalga oshiradi. Fors va Iroq Ajamda uning nevarasi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Hamadon va Isfahonni bosib oladi. Garchi Shohruh isyonni bostirib, qo‘zg‘olonchilarni jazolasa-da, lekin yana xastalanib 1447-yil 12-martda Ray viloyatida olamdan o‘tadi. Shohruhning o‘limi Xuroson va Movaraunnahrda o‘zaro temuriy shahzodalar o‘rtasida toju-taxt uchun kurashni boshlab yuboradi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik domiga tortiladi. Shariat va urf-odatga ko‘ra o‘z-o‘zidan oliy hukmdorlik yagona voris Mirzo Ulug‘bek qo‘liga o‘tishi kerak edi. Lekin Boysunqur Mirzoning o‘g‘illari Alouddavla va Abulqosim Bobur Ulug‘bekka qarshi harbiy harakatni boshlab yuboradi. Xuroson-Alouddavla qo‘liga, Mozandaron va Jurjon Abulqosim Bobur ixtiyoriga o‘tadi. Sulton Muhammad esa G‘arbiy Eron va Forsda o‘zini mustaqil hukmdor deb e’lon qiladi. Muhammad Jo‘kining o‘g‘li Abu Bakr esa Balx, Shibirg‘on, Qunduz, Bag‘lonni bosib oladi. Mamlakatning talon-taroj, parokanda bo‘lishini oldini olish maqsadida Ulug‘bek muammolarni tinch-muzokara yo‘li bilan yechmoqchi bo‘ladi. Jumladan u Alouddavla bilan o‘zaro muzokaralarni boshlaydi. Alouddavla Ulug‘bekning o‘g‘li Abdullatifni asir olib, uni Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo‘ygan edi. Ulug‘bek yuborgan vakil sadr Nizomiddin Mirak Mahmud, Movarounnahr sultonining Hirotga yurish niyati yo‘q ekanligi va bu da’vodan u voz kechishini bildiradi. Ikki o‘rtadagi chegara Murg‘ob vohasi deb belgilanib, Abdullatifga Balx hokimligi lavozimi beriladi.

Lekin hech qancha o‘tmasdan Abdullatif va Alouddavla o‘rtasidagi munosabatlar yana keskinlashadi. Abdullatifning o‘z holicha Hirotga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. U otasi Ulug‘bekka yordam so‘rab murojaat qiladi. 1448-yil bahorida Ulug‘bek va Abdullatifning 90.000 kishilik birlashgan qo‘shini Hirotdan 14 farsah uzoqlikdagi Tarnob degan joyda Alouddavla qo‘shinini tor-mor keltiradi. Alouddavla jang maydonidan qochadi. Hirot deyarli jangsiz egallanadi. Mashhadgacha bo‘lgan yerlarni Ulug‘bek, Astrobodgacha bo‘lgan yerlarni Abdullatif o‘z ixtiyorlariga olishadi. Ulug‘bek bu harbiy yurishni uzoq davom ettira olmas edi. Chunki, Dashti Qipchoqdagi ko‘chmanchilarning talonchilik yurishlari bu paytga kelib, tez-tez amalga oshib turar, mamlakatga sharqdan mo‘g‘ullar xavf solib turar edilar. Qolaversa hukmdor poytaxtni uzoq vaqt egasiz qoldirishi mumkin emas edi.

Tarnob jangi muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lsa-da, lekin Ulug‘bek va shahzoda Abdullatiflar o‘rtasida munosabatlarning sovuqlashuviga ham olib keladi. Ulug‘bek bu g‘alabani ko‘proq boshqa bir o‘g‘li Abdulaziz nomi bilan bog‘lar, g‘alaba yorliqlarida Abdullatif nomi Abdulazizdan so‘ng tilga olinar edi. Abdullatif garchi Hirot taxtiga o‘tirsa-da, lekin Shohruh xazinasi undan olib qo‘yiladi. Garchi bu Ulug‘bek tomonidan ma’lum bir nohaqlik deb hisoblansa-da, lekin bu bilan Ulug‘bek bundan buyon asosiy poytaxt Samarqand, Xuroson davlatning bir bo‘lagi degan g‘oyani shu xatti-harakati bilan anglatmoqchi bo‘ladi. O‘ta hokimiyatparast va shuhratparast, mol-dunyoga o‘ch Abdullatif uchun shuning o‘zi otasiga qarshi bosh ko‘tarish uchun katta bahona edi. Abdullatif Hirotda 15 kuncha hukmronlik qilib, so‘ng Amudaryodan o‘tib, Movaraunnahrga keladi. Bu paytda Abulqosim Bobur qo‘shini esa Hirotga yaqinlashib kelayotgan edi. Ulug‘bek farmoni bilan Abdullatif yana Balxga noib etib tayinlanadi. Balxda Abdullatifning otasiga qarshi hatti-harakatlari kuchayib, o‘z xolicha u xorijiy savdogarlardan olinadigan “tamg‘a” solig‘ini bekor qiladi. Bu soliq esa o‘z navbatida davlat daromadining asosiy manbalaridan biri edi. Otasiga qarshi kayfiyatdagi kishilarni o‘z atrofiga yig‘ib, hatto Abulqosim Bobur bilan ham Ulug‘bekka qarshi yashirin til biriktiradi. Bu paytda Ulug‘bek davlatining siyosiy ahvoli ham ancha murakkab tarzda turar edi. Ulug‘bek Abulxayrxon boshchiligidagi dasht qo‘shinlariga qarshi kurashishga to‘g‘ri keladi. Samarqand noibi etib qoldirilgan o‘g‘li Abdulaziz esa “amirlar xonadoniga tazyiq o‘tkazyapti” deb ovoza tarqalib, bundan amirlarning noroziligi juda kuchayib ketadi. Shuningdek Ulug‘bek turkmanlarning isyonini, temuriy shahzodalardan Abusaidning Samarqand atrofidagi hatti-harakatlarini ham bostirishga to‘g‘ri keladi. Davlat yaxlitligi, temuriylar birligini saqlash maqsadida Ulug‘bek Abdulazizni o‘zi bilan birga olib, makkor o‘g‘li Abdullatifga qarshi kurashga otlanadi. Abdullatif esa otasining og‘ir ahvolidan foydalanib, tezda ochiq isyon yo‘liga o‘tadi. U Amudaryodan kechib o‘tib, Termiz, Kesh, Hisorni qiyinchiliksiz egallaydi.

1449-yilning oktabr oyi boshida Samarqand yaqinidagi Damashq qishlog‘ida Mirzo Ulug‘bek va shahzoda Abdullatif o‘rtalaridagi jang, Ulug‘bek mag‘lubiyati bilan tugaydi. Mag‘lub bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek poytaxt Samarqand tomon yo‘l oladi. Lekin xiyonat yo‘liga o‘tgan, Samarqandda hokim etib qoldirilgan, Mironshoh qavchin uni shaharga kiritmay, darvozalarni berkitib qo‘yishga buyruq beradi. Shuningdek Shohruhiya qal’asi qutvoli Ibrohim mamluk ham uni qal’aga qo‘ymaydi. Shundan so‘ng Ulug‘bek keyingi hatti-harakatlari foydasiz ekanligini anglab, Abdullatifga taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek toju taxtdan voz kechib, Makkaga haj safariga ketishga izn so‘raydi. Abdullatif hajga ruxsat berib, Amir Muhammad Xusravni unga hamroh qilib jo‘natadi. Lekin, oradan hech qancha o‘tmasdan, shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramay, ulamolarning yashirin fatvosi bilan otasining o‘limini uyushtiradi. O‘z davrining mashhur hukmdori va zabardast olimi Mirzo Ulug‘bek 1449-yilning 27-oktabrida Samarqand yaqinida fojiali tarzda o‘ldiriladi. Oradan 2-3 kun o‘tmasdan inisi Abdulaziz va Ulug‘bekning sadoqatli to‘rt nafar amiri qatl etiladi.

Roppa-rosa qirq yil (1409-1449) davom etgan, manbalar tili bilan aytganda “temuriylar saltanatining yorqin gavhari” Mirzo Ulug‘bek hukmronligi shu tariqa o‘z poyoniga yetadi. Bu davr keskin, murakkab kurashlar sahnasida o‘tsa-da, biroq Mirzo Ulug‘bek o‘z davlatini mustahkamlash, birlikni saqlash, iqtisodiy barqarorlikni yuzaga keltirish, madaniy hayotni yuksaltirish borasidagi xizmatlari temuriylar tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

4. Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.

Mirzo Ulug`bеk davrida madaniyat, ilm-fan va adabiyot ravnaqi. Ulug`bеk akadеmiyasi. Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi.

Mirzo Ulug‘bek dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 1420-1429-yillarda qurib bitkazilgan ulkan va hashamatli bino - bu Ulug‘bek rasadxonasidir. Ulug‘bek bu rasadxonani dunyoda shu paytgacha bor bo‘lgan barcha rasadxonalardan ulug‘ va har tomonlama ustun bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ulug‘bek bu o‘rinda "Xalifa Ma’mun" (813-833) zamonida, Bag‘dod yonida qurilgan, Yahyo ibn Mansur bosh bo‘lgan mashhur rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh bo‘lgan Damashq rasadxonasini, Xulokuxon davrida (1256-1265) Marog‘ada yirik qomusiy olim Nosiriddin Tusiy (1201-1274) rahbarligida qurilgan rasadxonalarni nazarda tutdi, albatta. Darhaqiqat, Ulug‘bek rasadxonasining o‘z davrida qiyosi yo‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonli qilib quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 metr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug‘bekning shaxsan o‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchi boshchilik qilishdi.

Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatiladi. Olimlar va xizmatchilar uchun rasadxona tevarak atrofida katta kichik hujralar quriladi. Rasadxonaning boy kutubxonasi bo‘lib, unda qariyib 150 ming kitob saqlangan. Rasadxona etagida Mirzo Ulug‘bek bobosi Amir Temur an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdirdi. Ularning birinchisi Bog‘i Maydon, ikkinchisini Chinnixona nomi bilan atadi. Bog‘i Maydon o‘rtasida qurilgan bino ikki qavatli bo‘lib, devor va ustunlariga marmardan sayqal berilgandi. Chinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ikkinchisi chinnidan bo‘lgan. Chinni 1422-yilda Xitoydan keltirilgan.

Xullas, Mirzo Ulug‘bek ham Amir Temur singari yaratuvchilik, bunyodkorlik bilan shug‘ullandi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun juda ko‘plab binolar; hammomlar, karvonsaroylar, sardobalar qurdirdi. Umuman Temur va Temuriylar moddiy madaniyat bobida ulkan merosni o‘zlaridan keyin qoldirdilar. Temuriylar xalqimizning buyuk me’morchilik san’ati durdonalarini dunyoning juda ko‘plab qit’alariga tarqatdilar. Shohrux va Husayn Boyqaro avlodlari, Alisher Navoiy hazratlari azmi qarori bilan Xurosonning turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go‘zal tarixiy obidalar, Boburiylar sulolasining to 1850-yillarga qadar o‘tgan davr mobaynida Afg‘oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan me’morchilik san’ati namunalari o‘zining go‘zalligi va hashami bilan shu paytga qadar ham har qanday ko‘zni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Bu narsa Temur va Temuriylar naslining, siz va bizning qalblarimizda o‘z ota-bobo avlodlarimiz bilan haqli suratda g‘ururlanish va faxrlanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi


Download 72,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish