PentiumII protsessorida adreslash usullari.
Pentium II da adreslash usullari doimiy emas va hosil bolayotgan komanda qanday formatda (16, 32 yoki 64 bitli) ekanligiga bog’liq bo’ladi. Bu yerda 32 bitli komandalari ko’rib chiqamiz. Adreslash turlaridan bevosita, to’g’ridan-to’g’ri, bilvosita registr indeksli va maxsus adreslashlar ishlatiladi. Muammo shundaki, komandalarga nisbatan barcha usullar qo’llanila olmaydi, yana hamma adreslash usullarida hamma registrlar ham ishlatilavermaydi. Bu esa kompilyator yozuvchining ishini juda murakkablashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |