Registrli adreslash
Bu adreslash to’g’ri adreslash bilan o’xshash, faqat bunda xotira yacheykasi o’rniga registr ishlatiladi. Registrlarning juda muhimligi adresi qisqa va tez kirish mumkinligidir. Shu sababli ham bu uslub ko’pchilik kompyuterlarda keng miqyosda qo’llaniladi. Ko’p kompilyatorlar qaysi o’zgaruvchilarga eng ko’p murojaat qilinishini aniqlash uchun ko’p vaqt sarflashadi (masalan sikl indeksi) va bu o’zgaruvchilarni registrlarga joylaydi.
Bunday adreslash registrli adreslash deyiladi. Yuklab-yozib qo’yish arxitekturasida (mas UltraSparcII) deyarli barcha komandalar ushbu adreslashni qo’llashadi. Faqat operand xotiradan registrga va registrdan xotiraga ko’chirilganda qo’llanilmaydi. Bunday vaziyatda ham bir operand registr vazifasini bajaradi, unga xotiradan so’z uzatiladi yoki undan xotiraga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |