7-Mashg’ulotga oid savollar savollar «Estetika»



Download 23,18 Kb.
bet1/4
Sana03.07.2022
Hajmi23,18 Kb.
#736955
  1   2   3   4
Bog'liq
7-seminar


7-Mashg’ulotga oid savollar savollar

  1. «Estetika»ning fan sifatidagi falsafiy mohiyatini tushuntiring.

Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan biri bo'lib hisoblanadi. Lekin faqat XVIII asr o'rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos — his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf maktabining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar) 1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba'zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va uning san'atda yorqin namoyon bo'Hshini ko'rsatib berdi.
Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san'atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go'zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san'atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o'ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a'zosi go'zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo'lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san'ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a'zolari uchun muhim ahamiyatga ega.



  1. Estetika kategoriyalarining tasnifini izohlab bering.

Estetika ham falsafiy fan sifatida o'zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko'p yillardan buyon olimlar e'tiborida. Bu borada go'zallik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, hunuklik kabi an'anaviy ko'rinish ko'pgina adabiyotlarda o'z aksini topgan. Bugungi kunda go'zallik — ulug'vorlik — fojiaviylik — kulgililik; estetik ideal — estetik did — estetik tuyg'u; san'at — badiiy obraz — ijodkorlik ko'rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo'llanilmoqda.
Go'zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
a) go'zallik obyekiv mazmunga ega bo'lgan subyektiv obrazlar, tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. Go'zallik obyektivlik va subyektivlikning o'zaro mutanosibligi, uyg'unligidir;
b) go'zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning insonni ruhlantiradigan, ilhom bag'ishlaydigan, yuksak oliyjanob maqsadlar sari yetaklaydigan, jo'shqinlik baxsh etib jonlantiradigan tomonlaridir. Go'zallik xuddi shu ma'noda jism va ruhning uyg'unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug'vor qiladigan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir;
d) go'zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o'z huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go'zaldir. Erkin ijod, mehnat bo'lmagan joyda go'zallik yo'qdir;
e) go'zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan go'zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma'nomazmunga, mohiyatga ega bo'lgan real narsa, hodisadir.


  1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyati haqida tushuntirib bering.

XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya'ni texnikaviy muhitning paydo bo'lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo'lgan mehnatga katta ta'sir ko'rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni tasavvur etib bo'lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini ko'rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o'zgarishlarning sababchisi inson — uning tafakkuri ekanligi barchaga ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo'lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi.


  1. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlab bering.

Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san‘at asariga yondashuvida ko‗rish mumkin. Ma‘lumki, har bir san‘atShunoslik ilmi o‗z tadqiqot ob‘ektiga uch tomonlama – nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotShunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo‗lgan 349 badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositalarini o‗rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy–badiiy jarayonlar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy–badiiy ijodning zamonaviy jarayonlarini tadqiq etadi va har bir Yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san‘atda ham va boshqa san‘at turlarida ham Shunday. Estetikada esa tadqiqot ob‘ektiga yondoShuv uch emas, birgina nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham nazariyaga bo‗ysundiriladi. To‗g‗ri, «estetika tarixi» degan ibora va Shu nomda kurslar o‗qitiladi. Lekin bu nom, ibora shartli tarzda qo‗llaniladi.CHunki, u fan tarixi emas, balki tarixan davrlarga bo‗lingan estetik nazariyalar tahlilidir.



  1. Texnosivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga qanday ta'siri bor?

Texnika rivojining ko'p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib borishini ko'rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog'liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda.
Inson va jamiyat «texnosfera»da joylashgan bo'lib, texnika bir joyda to'xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini to'xtovsiz o'zgartirib turuvchi katalizator — harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy oldi. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda.
Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murikkab texnologiyani egallash qobiliyati ma'naviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o'rni va rolini to'xtatish, inkor etish mumkin emas, Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo'lishi taqozo etiladi



  1. Dizayn estetik xususiyatlarini tushuntirib bering.

Italyanchada loyiha, rasm ma'nolarini anglatuvchi disegno so'zi o'rta asrlarda inson tabiatida mavjud bo'lgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo, ingliz tilidagi design so'zi birinchi marta 1919-yil ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qo'llanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so'zini kiritib «industrial design» sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo'naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so'z birikmasini qo'llaydi. Vaqt o'tishi bilan bu termin xalqaro ahamiyatga ega bo'lib bordi».
Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot sifatini oshirishning ta'sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy tafakkurning so'nggi muvaffaqiyatlarini o'zida gavdalantiradigan, eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va boshqa iste'molchilik talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh bo'lishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir.
Dizayn bu ijodiy faoliyat bo'lib, uning maqsadi sanoat mahsulotlari shakli va sifatini belgilab berishdir. Bu xususiyatlar mahsulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda mahsulotni xaridor-iste'molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlabyetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o'z ichiga oladi. Dizayn amaliy san'at sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq emas balki, hissiyotlarga ta'sir etishini ta'minlaydi.
Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko'rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo'llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo'ladi.


  1. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntirib bering.


Download 23,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish