7-mashg’ulot Qushlar (Aves) sinfi


Ko’k kaptarning ichki organlarini tuzilishi



Download 2,41 Mb.
bet2/3
Sana28.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#514501
1   2   3
Bog'liq
7-сонли амалий

Ko’k kaptarning ichki organlarini tuzilishi
Og’iz bo’shlig’idan uzun shisha nayni hiqildoq yorig’i orqali traxeyaga qiritib puflasangiz, zararlanmagan ayrim havo xaltachalarini shishkanini ko’rasiz (67-rasm,3).
Qon aylanish tizimi. Tana bo’shlig’ining ustki tomonida katta yurak (67-rasm,4) joylashgan. Yurakni yupqa yurak oldi (pericardium) xaltasi o’rab turadi. Pinset bilan yurakni ustida yurak oldi xaltasini ko’tarib, qaychi bilan kesing va uni ajratib oling.
Qushlarning qon aylanish tizimi ancha murakkab tuzilgan. Yuragi to’rt kamerali bo’lib, ikkita yurak bo’lmasi va ikkita yurak qorinchasi bor. Chap aorta yoyi reduksiyalanib ketadi va faqat o’ng aorta yoyi saqlanadi. Demak, yurakning chap tomonida arterial, o’ng tomonida venoz qon bo’ladi.
Chap yurak qorinchasidan o’ng aorta yoyi chiqadi va shu zahoti undan bir juft ismsiz arteriyalar (arteria innominata; 68-rasm,2) chiqadi. So’ngra aorta chap tomonga egilib, umurtqa pog’onasi ostidan dum tomonga orqa aorta (68-rasm,9) nomi bilan davom etadi va undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’oza bo’limida orqa aorta son va qo’ymich arteriyalari (68-rasm,11-12) ni hosil qiladi va o’zi ingichka dum arteriyasi (68-rasm,14) shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalarning har biridan umumiy uyqu arteriyasi (68-rasm,3) toza qonni bo’yin va boshga olib boradi; umrov arteiyasi (68-rasm,6) qanotga va ko’krak arteriyasi (arteria pectoralis; 68-rasm,7) ko’krak muskullariga olib boradi.
67-rasm. Kaptarning ichki organlarini umumiy joylanishi: 1-katta ko’krak muskuli, 2-o’mrov osti muskuli, 3-havo xaltalari, 4-yuragi, 5-ismsiz arteriyalar, 6-traxeya, 7-qizilo’ngach, 8-jig’ildon, 9-muskulli oshqozon, 10-jigar, 11- taloq, 12-ichak ilmoqlari.
O’ng yurak qorinchasidan yagona o’pka arteriyasi (68-rasm,15) chiqib, chap va o’ng o’pka arteriyalariga bo’linadi.
Gavdaning oldingi tomonidan venoz qon uchta asosiy qon tomirlarining, ya’ni boshdan olib keluvchi juft buyintiriq venalar (69-rasm,1) qanotlardan olib keluvchi umrov osti venalari (69-rasm,2) va ko’krak muskullaridan olib keluvchi ko’krak venasi (69-rasm,3) ning qo’shilishidan juft oldingi kovak venalar (69-rasm,4) hosil bo’ladi va bular kelib o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.


68-rasm. Kaptarning arterial tizimi sxemasi: 1-o’ng aortasi-yoyi, 2-o’ng ismsiz arteriya, 3-o’ng umumiy uyqu arteriyasi, 4-tashqi uyqu arteriyasi, 5-ichki uyqu arteriyasi, 6-o’mrov osti arteriyasi, 7-o’ng ko’krak arteriyasi, 8-ichak arteriyasi, 9-orqa aorta, 10-chap buyrak arteriyasi, 11-o’ng son arteriyasi, 12-o’ng qo’ymich arteriyasi, 13-o’ng yonbosh arteriyasi, 14-dum arteriyasi, 15-o’pka arteriyasi, qora rangda vena qonli arteriyalar ko’rsatilgan.


Gavdaning keyingi tomonidan yig’ilgan qon yurakka quyidagi qon tomirlari orqali kelib quyiladi: toq dum venasi (69-rasm,6) va juft yonbosh venalari (69-rasm,10) o’zaro qo’shiladi. Bundan figastil ichak tutqich venasi (69-rasm,12) chiqib, butun qorin bo’shlig’idan o’tadi, hamda juft buyrak qopqa venalarini (69-rasm,7) ajratadi. Ammo buyrak qopqa venalarining hammasi ham buyraklarga kirib mayda kapillyar tur hosil qilmaydi, ularning bir qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o’tadi. Umumiy yonbosh venalari buyraklardan o’tar ekan son va buyrak venalarini (69-rasm,8-9) o’ziga qo’shib olib keyingi toq kovak vena (69-rasm,11) ni hosil qiladi. Ichak tutqich venasi ovqat hazm qilish tizimidan yig’ilgan venoz qon bilan qo’shilib, juft jigar qopqa vena (69-rasm,14) larini hosil qiladi. Bular jigarga kirib kapillyar to’r hosil qiladi


69-rasm. Kaptarning vena qon tizimi sxemasi: 1-o’ng bo’yinturuq vena, 2-o’ng o’mrov osti venasi, 3-o’ng ko’krak venasi, 4-o’ng oldingi kovak vena, 5-o’pka venasi, 6-dum venasi, 7-buyrak qopqa venasi, 8-buyrak venasi, 9-son venasi, 10-yonbosh vena, 11-keyingi kovak vena, 12-dumg’aza-tutqich venasi, 13-ichak usti venasi, 14-jigar qopqa venasi, 15-jigar venasi, 16-buyrak ko’ndalang chiziqlar bilan ko’rsatilgan, 17-jigar venalari.

. Jigardan jigar venasi (69-rasm,15) nomi bilan chiqib, keyingi kovak venaga qo’shiladi. Keyingi kovak vena ham o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.


O’pkada kislorod bilan tuyingan arterial qon juft o’pka venalariga (69-rasm,5) yig’iladi, bular qushilib, chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Nafas olish organlari. Havo tashqi va ichki burun teshiklari orqali og’iz bushlig’iga tushadi. U yerdan toq uzuksimon va juft cho’michsimon tog’aylardan tashkil topgan ustki hiqildokqa (70-rasm,5) o’tadi. Undan traxeyaga (70-rasm,1), bu esa ikkita bronxlarga (70-rasm,2) bo’linib o’pkalarga kiradi.
Qushlarda pastki hiqildoq (syrinx; 70-rasm,5) bo’lib, u traxeyaning pastki qismi va bronxlarning ustki qismidan hosil bo’ladi va faqat qushlar uchun xarakterli bo’lgan tovush apparati vazifasini bajaradi. Qushlarning o’pkasi (70-rasm,3) o’lchami jihatidan unchalik katta emas va umurtqa pog’onasining ikki yonida qovurg’alarga maxqam birikkan. O’pkaning ichi zich bulutsimon tuzilishga ega. Bronxlar o’pkalarga kirgach ikkilamchi bronxlarga bo’linadi, bularni ko’pchiligini uchi bek bo’lib tugaydi, ba’zilari esa o’pkani teshib chiqadi va yupqa devorli havo xaltalarini (70-rasm,4) hosil qiladi. Ikkilamchi bronxlar bir-biri bilan ko’p sonli ingichka parabronxlar orqali tutashadi. Parabronxlardan qalin kapillyarlarga boy bo’lgan bronxiollar chiqadi. Bronxiollarda qon qislorod bilan to’yinadi.

70-rasm. Kaptarning nafas olish organlari:
1-traxeya, 2-bronxlar, 3-o’pkasi, 4-havo xaltachalari, 5-ustki hiqildoq, 6-pastki hiqildoq.
Qushlarning nafas olish mexanizmi quyidagicha sodir bo’ladi. Nafas olganda ko’krak qafasi kengayadi, tana bo’shlig’ining hajmi oshadi, havo xaltalari kengayib havoga to’ladi. Bu vaqtda havoning ko’p qismi traxeya, bronxlardan o’tib, qorin havo xaltalariga kiradi. O’pkadan esa oldingi havo xaltalariga kiradi. Nafas chiqarilganda ko’krak qafasi qisqaradi, tana bo’shlig’ining hajmi ham kamayadi va ichki organlarning bosimi ta’sirida, qorin havo xaltalaridan havo o’pkalarga kiradi va qon oksidlanadi. Keyingi nafas olishida o’pkadagi havo oldingi havo xaltalariga kiradi. Ikkinchi nafas olganda oldingi havo xaltalaridan havo tashqariga chiqadi. Shunday qilib, kislorodga to’yingan havo uzuluksiz ravishda nafas olganda ham, nafas chiqarganda ham o’pkadan o’tib turadi.
Ovqat hazm qilish organlari. Ovqat hazm qilish tizimi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Bu yerdan uzun qizilo’ngachga (71-rasm,1) o’tadi. Kaptarlarning qizilo’ngachini o’rta qismi kengayaib jig’ildon (ingluvies; 71-rasm,2) hosil qiladi. Jig’ildonda ovqat to’planadi va u yumshaydi (so’lak, qizilo’ngach devoridan ajralgan suyuqlik ta’sirida). Kaptarlarning jig’ildonini devori tuxum ochish davrida “sut” deb ataladigan zardobsimon suyuqlik ajratadi, kaptar shu suyuqlik bilan o’z jo’jalarini boqadi.
Qizilo’ngach oshqozonga ochiladi. Oshqozon bezli (71-rasm,3) va muskulli oshqozonlarga bo’linadi. Muskulli oshqozonning devori qalin muskuldan iborat. Oshqozondan keying o’n ikki barmoqli ichak (71-rasm,5) boshlanadi va oshqozon osti bezi (71-rasm,6) atrofida sirtmoq hosil qiladi. Undan keyin, uzun ingichka ichak (71-rasm,10) spiralga o’xshab o’ralib, kaltagina to’g’ri ichakga (71-rasm,11) o’tadi, bu kloaka (71-rasm,12) ga ochiladi. Ingichka va to’g’ri ichak chegarasida kaltagina juft ko’richak (coecum; 71-rasm,13) joylashgan.
Kaptarda katta jigar (71-rasm,7) bo’lib, o’t pufagi yo’q. Jigarda ishlab chiqilgan o’t ikita o’t yo’llari (71-rasm,8) bilan o’n ikki barmoqli ichakka ochiladi. Kloakaning ustki devorida fabrisiy xaltasi bo’ladi. Limfa hujayralari ishlab chiqaradigan bu organ faqat qushlarda bo’lib, tezak tarkibidagi suvni qayta surish uchun xizmat qiladi va qushning yoshi ortib borgani sari kichrayib boradi. Oshqozon va jigarga yaqin joyda kichkina taloq (71-rasm,9) ko’rinib turadi.
Ovqat hazm qilish tizimini asosiy bo’limlarini ko’rib bo’lgandan keyin qaychi yordamida oshqozon (71-rasm,B) ni yoring. Bezli oshqozonning devori ancha qalin va uning ichki yuzasi to’rga o’xshaydi, chunki uni yuzasida ko’p sonli ferment ajratigan teshikchalar bor. Muskulli oshqozonning quchli muskul devori bo’lib, uning ichki devorining yuzasida qattiq shox qavat bo’ladi. Muskulli oshqozonning quchli qisqarishi natijasida ovqat maydalanadi. Ovqatni maydalashga shox qavat va yutilgan toshchalar yordam beradi.

71-rasm. Kaptarning ovqat hazm qilish organlari. A-umumiy ko’rinishi; B-ichi yorilgan oshqozon: 1-qizilo’ngach, 2-jig’ildon, 3-bezli oshqozon, 4-muskulli oshqozon, 5-o’n ikki barmoqli ichak, 6-oshqozon osti bezi, 7-jigar, 8-o’t yo’li, 9-taloq, 10-ingichka ichak ilmog’i, 11-to’g’ri ichak, 12-kloaka, 13-ko’r ichak, 14-muskulli oshqozon devori.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish