Urug‘lanish morfologiyasi. Otalanish yoki urug’lanish odatda dengiz kirpisi misolida bayon etiladi, chunki bunda bu jarayon etarli darajada yaxshi o’rganilgan. Dengiz kirpisining tuxumi studenli qobiq bilan qoplangan, buning ostida sariqlik qobiq, keyin esa kortikalli granulalar bilan kortikal qatlam
joylashgan. Odatda juda ko’p spermatozoidlar tuxumga tomon siljiydi, lekin urug’lanish burtmachasi ulardan faqat bittasining -tuxumga boshqalardan avval to’qnashganining ruparasida hosil bo’ladi (15-rasm).
15-rasm. Dengiz tipratikonining otalanmagan (A) va otalangan (B) tuxum hujayrasi tuzilish sxemasi
otalanish pardasi, 2-sariqlik pardasi, 3-donador qavat, 4-pektinli qavat, 5-ichki protoplazmatik qavat, 6-sariqlik (endoplazma), 7-donador (gastrogranulalar) iz, 8- tuxumdon sitoplazmasi tashqi yuzasi, 9-perivetillin bo’shliq
Tuxum hujayrasiga spermatozoidning bo’yinchasi bilan birga boshchasi kiradi. Sitoplazmali dumcha odatda tashqarida qoladi, moboda tuxumga o’tgan taqdirda ham sitoplazmada erib ketadi. Ba‘zi bir hayvonlarda, masalan molyuskalarda, spermatozoid tuxum hujayrasiga butunicha kiradi. Spermatozoidning boshchasi kirishi bilan urug’lanish qobiq hosil bo’la boshlaydi. Sariqlik qobiq kortikal qatlamdan ko’chadi va ular oralig’ida perivitilin deb ataluvchi bo’shliq hosil bo’lib, u suyulik bilan to’lgandir. Buning ketidan kortikal granulalar itarilib chiqariladi. Bu granulalar ichki tomondan sariqlik qobiq bilan birlashib ketib, chamasi 500 Aqalinlikdagi urug’lanish qobiqni hosil qiladi. Bu qobiqning hosil bo’lishiga to’sinlik qiluvchi omillar (mochevinaning ishtirok etishi, kalsiyning yo’qligi...) polispermiyga tuxum hujayrasiga bir necha spermatozoidlarning kirishiga sabab bo’ladi. Tuxum ichida spermatozoidning boshchasi avval o’zining oldingi qismi bilan urg’ochilik yadrosi tomonga qarab
siljiydi, so’ngra u yadroga hujayra markazining nurlari paydo bo’layotgan bo’yinchasi bilan buriladi. Tuxum ichida harakat qilishiga qarab erkaklik yadrosi g’oyat o’zgaradi: u asta-sekin shishadi va kattalashadi, uning xromatini yumshaydi va u guj holatdan strukturasi aniq ifodalangan tipik yadroga aylanadi.
Erkaklik va urg’ochilik yadrolarining qo’shilib ketishi natijasida maydalanuvchi yadrosi hosil bo’ladi, bu mitotic bo’lina boshlaydi. Urug’lanishdan keyin yo’llovchi tanachalar ajralib chiqadigan bo’lsa, erkaklik yadrosi urg’ochilik yadrosiga qarab faqat yyetilishning bo’linishi tugagandan so’ng siljib boradi (16- rasm). Otalanish vaqtida tuxumning fizik va fiziologik xossalari o’zgaradi, uning o’tkazuvchanligi ortadi: unda aminokislotalar almashinuvi keskin o’zgaradi: sitoplazma fermentlarining jadalligi oshadi. Bu o’zgarishlarning hammasi, urug’lanishi jinsiy hujayrada anchagina past darajada bo’lgan moddalar almashinuvining keskin ko’tarilishiga olib kelishini ko’rsatdi. Otalanishdan so’ng nafas olish keskin ko’tariladi, degan ilgari mavjud bo’lgan tasavvurlar uncha to’g’ri bo’lib chiqmadi: urug’lanish nafas olishga bir xilda ta‘sir ko’rsatmaydi: u bir xil tuxumlarda (assidiya) nafas olishning kuchayishini, boshqalarida aksincha, kamayishini keltirib chiqaradi.
Baqani urug’lanmagan va urug’langan tuxumlarining kislorod talab qilishida muhim fakrlar bo’lishi umuman aniqlanmagan. Bu masalani bir qator dengiz umurtqasiz hayvonlarida tekshirish, urug’lanishning nafas olishga har xil ta‘sir qilishiga urug’lanmagan tuxumlarning nafas olishidagi katta tafovutlar sabab bo’lishini ko’rsatadi. Urug’lanishdan so’ng tuxumlarda hajm birligida kislorod talab etish deyarli bir xil bo’ladi. Ehtimol tuxumlar kislorod talab etgan hollarda esa aksincha kamayib ketadi. Binobarin, otalanishni nafas olishni tartibga soluvchi jarayon deb qarash mumkin. Odamda urug’lanish ichki bo’ladi. U tuxum yo’lida sodir bo’ladi.
Spermatozoidlar bachadonning kuchsiz ishqoriy muhitga tushib, harakatchan bo’lib qoladi va uning bo’shlig’ida shilimshiq oqimiga qarama-qarshi holda faol harakatlantirib tuxum yo’liga ko’chadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |