Qisqacha xulosalar
Xorijiy investitsiyalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, eksport hajmini oshirishga imkon yaratayotganligiga amin bo‘lish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi kengayib va ortib borayotganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lamdor demokratik va bozor islohotlarining to‘g‘riligi hamda samaradorligidan dalolatdir.
Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o‘z milliy iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. SHu bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo‘lsa, ya’ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo‘lsa, tabiiyki, ularning aynan o‘sha davlat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi echim hisoblanadi, ya’ni qaerda samara (foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo‘lsa, tadbirkorlar o‘sha erdagi bozorga ko‘proq intiladi. SHuningdek, bugun O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlar ichida eng yuqori investitsiya muhiti yaratgan mamlakatlardan biriga aylandi. Bu, shubhasiz, iqtisodiyotimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimini yanada kuchaytiradi.
Mamlakatimizga bu tarzda sarmoya oqib kelayotgani esa xorijiy investorlar, ya’ni chet ellik sheriklarimiz respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi demokratik va bozor islohotlarining to‘g‘riligi hamda samaradorligini tan olgani, ularning biz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanining yana bir tasdig‘idir.
PF-3594-son Farmoni ishlab chiqarish sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb etish, yurtimizning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir.
Nazorat uchun savollar
1.Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga qanday imtiyozlar belgilangan ?
2.O‘zb-da iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda qaysi tamoyillarga asoslanildi ?
3.O‘zbekistonda xorijiy investorlar qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshqa daromadlarini istalgancha chet davlatga o‘tkazishi mumkinmi ?
4.Qo‘shma korxonalarning tashkil etishning ahamiyati qanday ?
5.Xorijiy investorlar bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga qanday ijobiy o‘zgarishlarni amalag oshirish imkonini beradi ?
6.O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2005 yil 11apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonining mohiyatini yoritib bering.
7.Imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan bir yil barvaqtroq faoliyatini to‘xtatgan taqdirda foydani o‘z mamlakatiga o‘tkazishi mumkinmi ?
8.O‘zbekiston Respublikasining "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi qonun asosida xorijiy investorlar qanday kafolatlarga ega bo‘ladilar ?
Do'stlaringiz bilan baham: |