7-ma’ruza: Qadimgi Rusda jismoniy madaniyat Reja: Rus dvoriyanlari muhitda jismoniy tarbiya


O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya



Download 44,4 Kb.
bet5/9
Sana01.01.2022
Hajmi44,4 Kb.
#294053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya. Krepostnoy huquq bekor qilinganidan keyin grajdan bilim yurtlarida jismoniy tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi qoniqarsiz ahvolda qolaverdi. Chor hukumati yosh avlod jismoniy tarbiyasiga unchalik g‘amxo‘rlik qilmas edi. Biroq ijtimoiy ta’lim-tarbiyaviy harakat ta’siri ostida 1864 yilning 19 noyabrida qabul qilingan yangi maktab ustaviga muvofiq gimnaziyalar va progimnaziyalarda gimnastkani joriy etish mo‘ljallandi.

1864 yilgi o‘rta maktab islohoti jismoniy tarbiyani taraqqiy ettirish ishida ma’lum darajada oldinga tomon qadam qo‘yilganligini anglatardi. Ammo bu islohot moddiy baza va kadrlar bilan mustahkamlanmagan edi. Shuning uchun ham u bilim yurtlari o‘qituvchilarining jismoniy tarbiyasini yaxshilash imkonini bermadi.

1889 yilda maktab o‘quvchilari va harbiy tayyorgarlikka chaqiriluvchilar jismoniy tarbiyasini yaxshilash maqsadida xalq maorifi vaziri tomonidan «Erkaklar bilim yurtlarida gimnastika o‘qitish qo‘llanmasi va dasturi» tasdiqlandi. Unda yoshlar jismoniy tarbiyasining vazifalari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar, darslarni o‘tish metodikasi va maktab majburiy fan sifatida joriy qilgan jismoniy mashqlar ro‘yxati berilgan. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari sifatida gimnastika va o‘yinlar tavsiya etilgan edi. Bilim yurtlarida gimnastikani joriy etish oson ish bo‘lib chiqmadi. Undan dars bera oladigan kishilar yo‘q edi. Gimnastika darslarini o‘tishga ofiserlar va hatto unter-ofiserlar taklif qilina boshladi. Bu hol shunga olib keldiki, grujdan bilim yurtlarida harbiy gimnastika joriy etildi. Uni o‘rgatuvchi o‘qituvchilar juda oz maosh olishar, shuning uchun ham gimnastika o‘qitishga tasodifiy bir mashg‘ulot deb qarardilar. Faqatgina ayrim gimnaziyalarning direktorlari jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini tushunar, bu ishga tajribali o‘qituvchilarni taklif qilish yo‘llarini axtarar edilar.

Ko‘pchilik olimlar, pedagoglar va shifokorlar jurnal sihifalarida bilim yurtlaridagi jismoniy tarbiyaning mavjud ahvolini tanqid qilishar edi. 1899 yili Moskva universiteti huzuridagi pedagoglar jamiyatining yig‘ilishida N.S.Filitis o‘zining o‘rta maktabda gimnastika o‘qitish haqida qilgan ma’ruzasida qo‘yidagi xulosalarga keldi: «1889 yilda belgilangan gimnastika sistemasida yaxshi narsalar ham, shu bilan birga ko‘pgina yomon narsalar ham bor. Biroq undagi yaxshi narsalar maktablarda qo‘llanilmaydi, yomon narsalar esa qo‘llaniladi. Ana shuning uchun ham o‘rta maktab dasturlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Moskva pedagoglarining yaqindagina bo‘lib o‘tgan majlisida tuzilgan jismoniy tarbiya masalalarini aniqlash komissiyasi bir ovozdan gimnastikaning hozirgi ahvolda o‘rgatilishini zudlik bilan yo‘q qilishni iltimos etishga qaror qildi».

Rasmiy doiralar maktabda jismoniy trabiyani yo‘lga qo‘yishni yaxshilash yuzasidan choralar ko‘rmadilar. Faqat ayrim pedagoglarning tashabbusi bilan maktablarda jismoniy tarbiyani yaxshilash harakati boshlandi. Sankt-Peterburg (1892 yil), Odessa (1892 yil); Kiyev (1893 yil), Moskva (1893 yil) va boshqa shaharlarda tuzilgan o‘quvchi yoshlar jismoniy kamolotiga yordam beruvchi jamiyatlar bu sohada katta rol o‘ynadi. Ular o‘yin maydonchalari ochdilar, o‘quvchilar uchun sayr va ekskursiyalar uyushtirdilar. Jamiyat tashkilotlari, ilg‘or pedagoglar, shifokorlar va adabiyotchilarning qattiq turib talab qilishlari natijasida xalq maorifi vaziri 1902 yilning 15 avgustida farmoyish chiqarib, bu hujjatda maktablarda harakatli o‘yinlar, harbiy gimnastika, buyumlar bilan bajariladigan gimnastika, konki va chang‘i, suzish va eshkak eshish, velosipedda yurish, qilichbozlik, qo‘l mehnati, raqs va ashulani joriy etishni nazarda tutdi. Unda maktab gimnastika bayramlari o‘tkazish zarurligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarini har kuni 30 minut davomida va, albatta, o‘quv kunining o‘rtalarida o‘tkazish, o‘quv kunining dastlabki va oxirgi darslarida o‘tkazilishiga sira yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etilar edi. 1904 yilning 10 iyunida chiqarilgan yangi farmoyishda o‘quvchilarning o‘qituvchilar va qarindosh-urug‘lar bilan sayr etishlari ham qo‘shimcha qilinib, bu imkoniyatlar yanada kengaytirildi. Unda suv sportini keng yoyish, suzish maktablari tashkil qilish tavsiya etilar, yuqori sinf o‘quvchilarini o‘q otadigan qurol bilan tanishtirish nazarda tutilardi.

Biroq ish «tavsiya etish» va farmoyish berishdan nariga bormadi. Chunki bu ishlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yo‘q edi. Malakali pedagoglar va moddiy baza yo‘q, o‘quv va o‘quvchilarning o‘qishdan tashqi hayoti umuman normal tartibga solinmagan edi. Gimnastika mashg‘ulotlari maxsus ma’lumotga, xatto durustroq umumiy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar boshchiligida chang-to‘zoni ko‘tarilib yotgan yo‘lak yoki dam olish zallarida o‘tkazilgan vaqtda o‘quvchi yoshlar jismoniy tarbiyasining bu tarzda yo‘lga qo‘yilishi o‘quvchilarda fanga qiziqish va rag‘batga ishonch tug‘dira olmas edi.




Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish