7-ma’ruza O`zbekistonda quyosh energiyasining salohiyati va undan foydalanish imkoniyatlari reja



Download 82,75 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi82,75 Kb.
#561079
1   2
Bog'liq
QEF-7-ma'ruza

3-jadval
Radiatsiyaning oylik va yillik miqdori, MJ/m2
(Toshkent shahrida)



Oylar


Radiatsiya

S

S|

D

Q= S| + D



I

267

97

97

194

II

296

130

113

243

III

393

214

163

377

IV

539

340

189

529

V

756

512

210

722

VI

890

635

176

811

VII

1003

684

159

843

VIII

957

617

143

760

IX

798

457

130

587

X

553

268

126

394

XI

364

138

92

230

XII

251

84

84

168

Jami

7057

4176

1682

5858



Izoh: S–quyosh nurlariga tik joylashgan sirtga tushuvchi to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi; S'– gorizontal sirtga tushuvchi to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi; D – tarqoq quyosh radiatsiyasi; Q =S'+D – yig‘ndi quyosh radiatsiyasi.
Quyoshsiz kunlar soni ancha kam. U Toshkentda 37 kunni, Respublikaning janubiy hududlarida esa taxminan 20–25 kunni tashkil etadi. May-oktabr oylarida odatda quyoshsiz kunlar bo‘lmaydi. Yozda chang-g‘uborlar havoning ancha yuqori (iyul oyida 4,2 km balandlikgacha), qishda esa biroz pastroq qatlamlarigacha (fevral oyida 0,7 km) ko‘tariladi.
O‘zbekistonning iqlimi kontinental: osmon nihoyatda ochiq va quyoshli; harorat ancha yuqori; yog‘in miqdori kam; bug‘lanish katta; yoz uzoq vaqt davom etib jazirama issiq, qish esa birmuncha sovuq; yillik va sutkalik haroratning farqi katta.
Iqlimi kontinental bo‘lgan hududlarga xos xususiyatlardan biri–havo temperaturasining tebranib turishidir. Mamlakatimiz hududida mazkur holat nafaqat yil yoki oy, balki sutka davomida ham kuzatiladi. Masalan, Toshkent shahri va viloyatida temperaturaning bu tebranishi iyun – avgust oylarida ancha yuqori bo‘lib, taxminan 16 oC gachani tashkil etadi. Qish oylarida osmon ko‘proq bulutli bo‘lgani sababli bu tebranish ancha past (yanvarda 6,1 oC, fevralda 6,4 oC, dekabrda 0 oC ). Havoning o‘rtacha temperaturasi soat 14:00–15:00 largacha ortib boradi (yanvarda 1,2 oC, iyulda 34,2 oC) va so‘ngra pasaya boshlaydi. O‘zbekistonda yillik o‘rtacha temperatura 13,5 oC ga teng. Eng yuqori temperatura Termizda +50 oC, Navoiy va Buxoro viloyatlarida +48 oC, Surxondaryoda +47 oC, Nukusda +46 oC gacha yetadi. Qumlarning yuzasi +80 0C gacha qiziydi.

1-rasm. Yil davomida quyoshdan olinadigan energiya miqdori

Temperaturaning pasayishi dekabrda kechqurunning uzunligi tufayli soat 8:00 gacha, iyul oyida esa taxminan soat 5:00 gacha davom etadi. Havoning o‘rtacha temperaturasi 0 oC dan yuqori bo‘lgan kunlar fevral oyida boshlanib 27 dekabrgacha davom etadi va yil davomida o‘rtacha 324 kunni tashkil qiladi. Havo temperaturasining keskin pasayib ketishi kamdan-kam ro‘y bersa-da (Termizda–20 oC, Navoiy viloyati shimolida –33 oC, Toshkentda – 30 oC, Ustyurtda –38oC gacha va h.k.) uning noxush oqibatlarga olib keladigan ta’sirini albatta inobatga olish kerak.


O‘zbekiston quruq kunlarning ya’ni nisbiy namlik 30 % va undan ham kam bo‘lgan kunlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Havoning nisbiy namligi yil davomida keng miqyosda o‘zgarib turadi. Nisbiy namlik yoz kunlari soat 13:00 larda o‘zining o‘sha kungi eng past darajasiga yaqinlashib bug‘lanish ancha tez boradi va aksincha qish kunlari soat 13:00 larda eng yuqori qiymatlariga ko‘tariladi.

O‘zbekistonda yog‘ingarchilikning yillik o‘rtacha miqdori 384 mm ni tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumda 100 mm, adir va tog‘oldi hududlarda 300–550 mm, G‘arbiy Tyanshan, Hisor-Zarafshon tog‘larining janubi-g‘arbiy yonbag‘irlarida 800–900 mm gachani tashkil etadi. Eng ko‘p yillik yog‘in G‘arbiy Tyanshanning nam havoga ro‘para bo‘lgan qismlariga to‘g‘ri kelib 2000 mm gacha tashkil etadi. Temperaturaning pasayishi dekabrda kechqurunning uzunligi tufayli soat 8:00 gacha, iyul oyida esa taxminan soat 5:00 gacha davom etadi. Havoning o‘rtacha temperaturasi 0 oC dan yuqori bo‘lgan kunlar fevral oyida boshlanib 27 dekabrgacha davom etadi va yil davomida o‘rtacha 324 kunni tashkil qiladi. Havo temperaturasining keskin pasayib ketishi kamdan-kam ro‘y bersa-da (Termizda–20 oC, Navoiy viloyati shimolida –33 oC, Toshkentda – 30 oC, Ustyurtda –38oC gacha va h.k.) uning noxush oqibatlarga olib keladigan ta’sirini albatta inobatga olish kerak.


O‘zbekiston quruq kunlarning ya’ni nisbiy namlik 30 % va undan ham kam bo‘lgan kunlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Havoning nisbiy namligi yil davomida keng miqyosda o‘zgarib turadi. Nisbiy namlik yoz kunlari soat 13:00 larda o‘zining o‘sha kungi eng past darajasiga yaqinlashib bug‘lanish ancha tez boradi va aksincha qish kunlari soat 13:00 larda eng yuqori qiymatlariga ko‘tariladi.
4-jadval
Toshkent shahriga tegishli klimatik va meteorologik ma’lumotlar



O‘zbekistonda yog‘ingarchilikning yillik o‘rtacha miqdori 384 mm ni tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumda 100 mm, adir va tog‘oldi hududlarda 300–550 mm, G‘arbiy Tyanshan, Hisor-Zarafshon tog‘larining janubi-g‘arbiy yonbag‘irlarida 800–900 mm gachani tashkil etadi. Eng ko‘p yillik yog‘in G‘arbiy Tyanshanning nam havoga ro‘para bo‘lgan qismlariga to‘g‘ri kelib 2000 mm gacha tashkil etadi.


Shamollar oqimi mavsumiy xarakterga ega. Respublika hududining tekis qismlarida shamolning yillik o‘rtacha tezligi 2,0–5,0 m/s ni tashkil etadi. “Bekobod shamoli” deb ataluvchi shamol qishda Mirzacho‘l bo‘ylab 30–40 m/s, “Qo‘qon shamoli” deb ataluvchi shamol bahor va kuzda g‘arbdan Farg‘ona vodiysi tomon 15–25 m/s va nihoyat chang-to‘zonli va quruq “afg‘on shamoli” Surxon-Sherobod vodiysida janubi-g‘arbdan 15–20 m/s tezlikda esib turadi.

Quyosh nurlarining gelioqurilma ichiga kirishi Quyoshning gorizontga nisbatan turish balandligi h ga bog‘liq bo‘ladi. Quyosh radiatsiyasining intensivligi yoritiladigan sirtga nisbatan Quyoshning turish balandligi, atmosferaning tiniqligi, havoning namligi va quyosh nurlarining tushish burchagiga bog‘liq holda keng chegarada o‘zgarib turadi.


Ma’lum geografik kenglikda quyosh nurlariga tik holda joylashgan sirtga tushuvchi quyosh radiatsiyasining intensivligi (qn) turli usullarda aniqlanadi. Amalda, 380 dan 640 gacha geografik kengliklar uchun
(1)

ifodadan foydalanish mumkin.


Bu yerda q0 – quyosh doimiysi; h–tanlangan joy uchun sutkaning aniq vaqtida Quyoshning balandligi ya’ni gorizontga nisbatan graduslarda hisoblanuvchi balandligi; c – atmosfera tiniqligini xarakterlovchi emperik koeffitsiyent bo‘lib, u

ifodadan topiladi; ρ–quyosh nurlari uchun atmosferaning tiniqlik koeffitsiyenti. Aktinometrik stansiyalardagi kuzatishlar natijasi bulutsiz kunlarda tiniqlik koeffitsiyenti ρ = 0,7–0,8 atrofida bo‘lishligini ko‘rsatgan.
Ixtiyoriy geografik kenglikda yil va kun vaqti hamda sirtning joylashuviga qarab Quyoshning turish balandligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
sinh = cosδcosφcosγ +sinφsinδ (2)
Bu yerda φ–joyning geografik kengligi, grad; γ–soat burchagi, grad; δ–quyoshning og‘ishi, grad; (δ ning qiymati yil davomida –230 27' dan +230 27' gacha o‘zgarib turadi).
Quyosh nurlariga nisbatan ixtiyoriy holatda joylashtirilgan sirtlarga quyosh radiatsiyasining intensivligi quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
Q = q n cosθ (3)
Bu yerda θ–quyosh nuri yo‘nalishi va sirtga o‘tkazilgan normal orasidagi burchak, grad; cosθ ning qiymati quyosh nurlarining tushish burchagi, sirtni olamning qaysi tomoniga qaratilgani va joyning geografik kengligiga bog‘liq bo‘lib, I.K.Razumovning formulalari yordamida aniqlanadi
Nazorat savollari
1.O`zbekistonda quyosh energiyasining yalpi salohiyati qanncha neft ekvivalentiga teng?
2. O`zbekistonda quyosh energiyasining texnik salohiyati qanncha neft ekvivalentiga teng?
3. Mamlakat mintaqalarida quyosh energiyasining salohiyati qanday?
4. Mamlakatimizda quyosh yil davomida yerni o`rtacha necha soat yoritib turadi?
5. O`zbekistonning iqlimi to`g`risidagi ma’lumotlarni ayting.
6. Mamlakatda atmosferaning tiniqlik darajasi va uning ta’siri haqida ma’lumotlarni keltiring.
7. Respublikada yog`ingarchilik miqdori qanchani tashkil etadi?
8. “Bekobod shamoli” , “Qo`qon shamoli” va “Afg`on shamoli” haqida ma’lumot bering.
9.Quyosh qurilmalarining ishiga iqlimning ta’siri bormi?
Download 82,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish