o’qish uchun barcha mas’uliyat tinglovchilar zimmasida bo’ladi va ta’limning
sinxron metodida o’qish jarayoni o’qituvchi bilan real vaqt rejimida amalga
oshiriladi;
- Course (kurs) – har bir kurs har bir ishtirokchiga moslashtirilgan
holda
o’z qoidalariga, o’z strukturasiga va o’z maqsadiga ega bo’ladi.
G’arbiy matbuot birinchi marta 2011 yili MOOCga Stenford professori
Sebastyan Trun internet tarmog’ida g’ayritabiiy intellekt to’g’risida bepul kursni
muvaffaqiyatli o’qiganidan keyin e’tibor qaratgan.
Trun talabalari safiga 190 mamlakatdan 160 ming kishi kirdi. AQShdagi
universitetlari Trun eksperimentidan keyin yangi to’lqinda ishlab daromad orttirish
maqsadida, ketma-ket MOOC kursini yaratishda ishtirok eta boshlashdi. MOOC
raqamli modaga ergashish emas, balki ta’lim jarayonini tuzilmaviy o’zgartirish
belgisiga asos bo’ladi. Shu vaqtgacha onlayn-kurslari an’anaviy
universitet
kurslariga ega «kalka» ko’rinishdan iborat bo’lgan, ya’ni instruktor va
ishtirokchilar o’rtasidagi kommunikastiyani, xizmatlar uchun to’lovni, uning
o’rniga malakasini tasdiqlaydigan, kursni o’qiganligi to’g’risidagi sertifikatni
ta’minlaydigan ishtirokchilarning kichik sonidan iborat bo’ladi. Ayrim oliy o’quv
yurtlari shunga o’xshash dasturlarda butun yarim vitrual kampuslarni yaratishgan.
Buyuk Britaniya, misol uchun barcha o’xshash kurslarni «Londonning ochiq
universiteti» brendi ostida birlashtirdi. Ushbu nom ostida London iqtisod maktabi
kabi butun dunyoga ma’lum universitetlar ishlamoqda. Bunda katta bo’lmagan ish
haqqiga (shunga o’xshash darajadagi «real» universitetda o’qish uchun beriladigan
haqqa nisbatan) alohida kursda o’qish, yoki bir necha yil sarflab bakalavr yoki
magistr darajasini olish mumkin. Ushbu tizimning eng
asosiy yutuqlaridan
ta’limning barcha jarayoni davomida talaba istalgan joyda bo’lishi mumkin.
Bunday ta’lim tizimi, barcha afzalliklariga qaramasdan, oliy o’quv yurtlarida
mavjud bo’lgan ta’limning onlayn modelini qayta ishlab chiqqan va shu bilan birga
ta’lim jarayoniga ishtirokchilarning keng doirasini jalb qilishga mo’ljallanganligi
sababli sara (eng mashhur) bo’lib qolgan. Oxirgi yillarda onlayn-ta’lim qarama-
qarshi yo’nalishda rivojlana boshlandi. Oxirgi yarim yilda internetda fenomenal
tarzda rivojlanish va keng ommaga tarqalish bo’yicha, odatda, bepul hisoblangan
va, eng muhimi, haqiqatda ommaviy bo’lgan barcha uchun ochiq o’quv kurslari
paydo bo’ldi.
Ommaviy onlayn kurslariga quyidagi atributlar xosdir:
- ommaviylik va globallik;
- bepul;
- dunyoning barcha universitetlaridan yuqori
malakali kadrlarni jalb qilish;
- an’anaviy ta’limning – grafika, rasm, imtihon kabi elementlarini
mavjudligi;
- ta’lim sohasining barcha elementlari o’rtasida tinglovchi–o’qituvchi,
tinglovchi–tinglovchi, o’qituvchi–o’qituvchi kabi teskari aloqa uchun ko’pgina
kanallarning mavjudligi;
- kurs tugatgandan keyin axborot Internet tarmog’ida qoladi va
ishtirokchilar bilan to’ldirilib boriladi; o’qituvchining o’rni o’chiriladi. O’qituvchi
vositachi yoki hamkasb bo’lib qoladi;
- oddiy elektron mazmundagi materialni emas, balki maxsus tayyorlangan
ma’ruzalardan foydalanish.
Ko’pgina MOOC kursning aossi bo’lib bir yoki bir nechta ma’ruzachilar
(yoki kadr orqasidagi ma’ruzasi) olib boriladigan video ma’ruzalar hisoblanadi.
Lekin hamma maksimal tarzda samarli usul bilan
bilimni joylash imkonini
beradigan maxsus texnologik platforma o’zgartiradi. Ushbu platformalarni maxsus
kompaniyalar – ushbu xizmatlarni (Coursera, Udacity va edX) ko’rsatishga
ixtisoslashgan ta’lim kontentining provayderlari yaratishadi. O’z navbatida,
foydalanuvchi uchun moslashtirilgan platforma noyob mahsulot sifatida har biri
alohida MOOC kursni ishlab chiqish imkonini beradi.
•
kursga muvofiq video qator zarur axborotli slaydlar, axborotgrafika,
boshqa videolarga havolalar bilan, va hattoki ko’rib chiqilgan materialni ma’ruza
davomida mustahkamlash uchun yordam beradigan matnlar formatidagi kichik-
imtihonlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin.
•
O’quvchilar uchun mo’ljallangan video odatda 10-15 minut (haftasiga
to’rttadan sakkiztagacha) talaba mustaqil tahlil qilish uchun qo’shimcha materiallar
ilova qilinadi. Bunga gazeta va ilmiy jurnallarga yozilgan maqolalar, filmlar,
kitoblar, fotografiyalar, qo’shimcha ma’ruzalar va shu kabilar kiradi.
•
O’rganilganlarni ma’ruza va topshiriqlar to’plangan sahifaga ilova
qilingan holda chat orqali boshqa talabalar bilan muhokama qilish mumkin.
•
Kurs mualliflari tinglovchilarningmulohazalarini modellashtirishadi va
boshqa talabalar bilan birgalikda muhokamada ishtirok etishadi
Turli MOOC kurslarning davomiyligi turlichadir (odatda to’rtta va undan
ortiq hafta) – shunday kurslar mavjudki, unda qat’iy
jadval tuzilgan, yana shunday
kurslar borki, unda tinglovchilar uchun qat’iy topshirish muddati belgilanmagan,
shuning uchun olti oy davomida o’qish mumkin.
Garvard professori tomonidan ishlab chiqilgan kursni muvaffaqiyatli
tugatgandan keyin o’n mingdan ortiq talabalar odatda sertifikat bilan
taqdirlanishadi. Ushbu sertifikat Garvardda tegishli kursni o’taganligi to’g’risidagi
sertifikatga aynan o’zi bo’lib hisoblanmaydi, shu sababli kesib o’tishi
kerak
bo’lgan virtual finish chizig’i sifatida zarur bo’ladi.
Lekin, inson fiziologiyasining asoslarini bilish, dasturlashni o’rganish yoki
maktabda o’qish davomida o’zlashtirganlarni esdan chiqargan matematikani
qaytarish uchun MOOC kursning ishtirokchisi bo’lish va maqsadsiz sertifikat olish
mumkin.
Bugungi kunda tarmoqdagi ta’lim jarayoniga nisbatan turlicha
yondashuvlar mavjud bo’lganligi sababli paydo bo’lgan onlayn kurslarni
rivojlantirishga qaratilgan bir nechta yo’nalishlar mavjud. Ulardan cMOOC, task-
based MOOC, xMOOC kurslarni misol keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: