Внешнее
приложение
aktiv elementi talabalarga boshqa veb-saytlardagi
o‘rgatuvchi resurslar va aktiv elementlar bilan ishlash imkonini beradi. Masalan, u
yangi turdagi ishlash ko‘nikmalari yoki o‘quv materiallariga ruxsatli kirishni
ta’minlaydi.
Внешнее приложение elementini yaratish uchun LTI (Learning Tools
Interoperability –
Взаимодействующие
средства
обучения
(Hamkorlikdagi
o‘qitish vositasi)) dastur ilovasi talab etiladi. O‘qituvchi tashqi dastur ilovasini o‘zi
yaratishi yoki sayt administratori tomonidan sozlangan dastur ilovasini ishlatishi
mumkin.
Внешнее приложение aktiv elementi “Гиперссылка
” resursidan
quyidagilar orqali farq qiladi:
Tashqi dastur ilovalari kontekstli, ya’ni u foydalanuvchi ishga
tushirgan dastur haqida – tashkilot, kurs, nomi kabi axborotga ega.
Tashqi dastur ilovalari dastur ekzemplyari bilan bog‘langan baholarni
o‘qiydi, yangilaydi va o‘chiradi.
Tashqi dastur ilovalarining konfiguratsiyasi sizning saytingiz va tashqi
saytlar o‘rtasida ishonchli munosabatni yaratadi.
Glossariy
elementi foydalanuvchilarga lug‘atga xos bo‘lgan ta’riflar
ro‘yxatini yaratishga va ishlatishga yoki resurslar va axborotlarni yig‘ish va
tartiblashtirishga ruxsat beradi.
O‘qituvchi glossariy yozuvlariga fayllarni joylashtirishga ruxsat beradi.
Joylashtirilgan fayllar yozuvda tasvirlanadi. Yozuvlarni izlash va ko‘rish
alfavit, kategoriya, sana yoki muallif bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuvlar jimlik
qoidasiga ko‘ra yoki o‘qituvchi tomonidan ma’qullangan bo‘lishi lozim.
Agar glossariyda avtobog‘lovchi filtr o‘rnatilsa, u holda yozuv kursda shu
termin uchraydigan so‘z yoki ibora bilan avtomatik tarzda bog‘lanadi.
O‘qituvchi yozuvlar uchun izohlar kiritishga ruxsat beradi. yozuvlar
o‘qituvchi yoki talabalar tomonidan (teng huquqli baholash) baholangan bo‘ladi.
Ballar baholar jurnalidagi oxirgi bahoni berishi uchun yig‘ilib boriladi.
Glossariy quyidagi holatlar uchun qo‘llaniladi:
Kalit so‘zlar bankida;
Tanishish uchun, unda talabalar o‘zlarining ismlari va ma’lumotlarini
kiritishadi;
Amaliy tajribalarni almashish uchun “Foydali maslahatlar” resursida;
Video, tasvir va ovozli fayllarni saqlashda;
Eslashni talab etadigan faktlarni tekshirish uchun.
Лекция
aktiv elementi mavzuni va/yoki amaliy mashg‘ulotlarni qiziqarli
va moslashgan shaklda joylashtirishga ruxsat beradi. O‘qituvchi bir nechta
sahifalardan tashkil topgan ma’ruzaning chiziqli sxemasini yoki o‘quvchi uchun
turli yo‘l va variantlardan iborat daraxtsimon sxemani ishlatishga ruxsat beradi.
Ixtiyoriy holatda ham o‘quvchilar tushunishi va ularni nazorat etishni
osonlashtirish uchun o‘qituvchilar Ko‘p uchraydigan tanlov, Moslikka xos va
Qisqa javob kabi savollarni ishlatishi mumkin. Talaba tomonidan tanlangan javob
va urinishlarga bog‘liq holda talabalar boshqa sahifaga o‘tishi, oldingi sahifaga
qaytishi yoki boshqa yo‘lga yo‘naltirilishi mumkin.
Лекция
baholanadi, baholar baholash jurnaliga yoziladi.
Лекция
quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
Yangi mavzuni mustaqil o‘rganishda;
Echimlarni modellashtirish/qabul qilish bo‘yicha ssenarilar yoki
mashqlar uchun;
Nazoratlarni farqlash uchun.
Опрос
elementi bitta yagona savol berish va unga mumkin bo‘lgan ko‘plab
javoblarni tanlash imkon beradi. So‘rov natijalari talabalar javobidan keyin, aniq
sanadan keyin yoki umuman ko‘rsatilmasligi mumkin. Natijalar talabalar ismi
bilan yoki yashirin tarzda beriladi.
So‘rov quyidagi hollarda ishlatiladi:
Mavzuni tanlash uchun tezkor ovoz berishda;
Tushunchalarni tezkor tekshirishda;
Echimlarni qabul qilishda talabalarni jalb etish uchun. Masalan,
talabalarga kurs yo‘nalishi haqida ovoz berishga ruxsat beriladi.
SCORM
paketi o‘zida o‘quv ob’ektlari uchun kelishilgan standartlar bilan
mos holda yig‘ilgan fayllar to‘plamini tasvirlaydi. SCORM moduli kursga arxiv
ko‘rinishida yuklanadigan SCORM yoki AICC paketlarini qo‘shishga ruxsat
beradi.
Uning tarkibi sahifalarni bog‘lovchi bir nechta sahifalardan tashkil topadi.
Uning tarkibini namoyish etishning bir nechta variantlari mavjud: suzuvchi
oynada, mundarija bilan, navigatsiya tugmalari orqali va b.
SCORM paketi, odatda, savollardan iborat bo‘lib, javoblarga qo‘yilgan
baholar baholash jurnaliga kiritiladi.
SCORM paketi multimediya vositalari va animatsiyalarni namoyish etish
hamda bag‘olash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Seminar
elementi talabalarning mustaqil ishlarini yig‘ish, ko‘rish, tahrir
etish va shu bilan birgalikda baholash uchun qo‘llaniladi.
Talabalar o‘z ishlarini turli fayllar ko‘rinishda, masalan, Word hujjatlari va
elektron jadvallar ko‘rinishida hamda matnni matn muharriri yordamida kiritish
imkonini beradi.
Materiallar o‘qituvchilar tomonidan berilgan bir nechta baholash
kriteriyalari bo‘yicha baholanadi. Kursdoshlar tomonidan qo‘yilgan baholar va
baholashni tushunish shakli o‘qituvchi tomonidan berilgan namunalar asosida
amalga oshiriladi. Talabalar bir yoki bir nechta kursdoshlarining ishlarini baholash
imkoniyatlari berilgan. Yuborilgan ishlar, agar talab qilinsa, anonim bo‘lishi
mumikn.
Talabalar seminar uchun ikkita baho olishadi – o‘zining ishi uchun va
kursdoshlarining ishlarini baholash uchun. Ikkala baho ham baholash jurnaliga
kiritiladi.
Test
elementi turli turdagi savollarni yaratishga imkon beradi: Ko‘p
uchraydigan tanlash, To‘g‘ri/noto‘g‘ri, Mos keluvchi savollar, Qisqa javob, Son
bilan ifodalangan savol.
Test bir nechta urinishli, savollari va javoblari aralashtirilgan holda
yaratilishi mumkin. Testga cheklangan vaqt berilishi mumkin.
Har bir urinish essedan tashqari, avtomatik tarzda baholanadi va baholar
jurnaliga kiritiladi.
Testlar quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
Kurs imtihonlarida
Topshiriqlarni baholashda mini-testlar o‘tkazishda
Yakuniy nazoratda
Ish sifatini baholashda
O‘z-o‘zini baholashda
Forum
elementi foydalanuvchilarga asinxron rejimda, ya’ni uzoq vaqt
davomida ishlash imkonini beradi.
Forumning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ulardan biri standart forum
hisoblanib, unda har bir foydalanuvchi yangi suhbatni ixtiyoriy vaqtda boshlashi
mumkin yoki “Savol-javob” forumida talabalar boshqa talabalarning javoblarini
ko‘rishdan oldin xabarga o‘zlari javob yozishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi
forumga fayl joylashtirishga ruxsat berishi mumkin. Bu fayl xabar ko‘rinib turadi.
Qatnashchilar forumga yozilishi mumkin. O‘qituvchi forumga yozilishning
quyidagi turlaridan birini tanlashi mumkin: ixtiyoriy, majburiy, avtomatik va
ruxsat bermaslik. Talabalarga aniq vaqt davomida forumga xabarlarni
joylashtirishga cheklovlar berishi mumkin.
Forum xabarlari o‘qituvchilar yoki talabalar (teng huquqli baholash)
tomonidan baholanishi mumkin. Ballar yig‘ilgan holda baholar jurnaliga yoziladi.
Forumlar quyidagi hollar uchun ishlatilishi mumkin:
Talabalar bir-biri bilan tanishishi uchun.
Kursni e’lon qilish uchun.
Kursdagi materiallarni muhokama qilish uchun.
O‘qituvchilar o‘rtasida muhokama o‘tkazish uchun
(yopiq forum yordamida).
Maslahat-yordam markazi uchun.
Talaba bilan alohida suhbatlashish uchun.
Chat
elementi aniq vaqt davomida sinxron yozishmalar imkoniyatiga ega.
Chat bir martalik yoki kunda yoki haftada bir vaqtning o‘zida takrorlanishi
mumkin. Chat-sessiyani saqlash va ba’zi foydalanuvchilarga yoki barchaga ruxsatli
kirishga ruxsat beradi.
Chat guruhlar bir-birini ko‘rmagan taqdirda foydali hisoblanadi:
Bir kursda o‘qiydigan, ammo turli joyda bo‘lgan talabalar
o‘rtasida suhbatlar o‘tkazishda;
Talaba o‘qituvchi bilan shaxsiy suhbatlashish
imkoniyatiga ega bo‘lmasa;
Taklif etilgan ma’ruzachi bilan savol va javoblar sessiyasi
uchun;
Nazoratlarga tayyorlanishda talabalarga yordam berish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |