Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi bilan bog‘liq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqa metallarning miqdorini aniqlashdan iborat bo‘lgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi zamon kimyosining tug‘ilish davri (17-asr o‘rtasi – 18-asr oxiri)da analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini o‘rganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr o‘rtalarida Robert Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr boshida Jozef Gey-Lussak hajmiy analizni, o‘sha asrning o‘rtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi. 20-asrda Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va boshqalar) tobora ko‘proq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qo‘llanila boshladi. 7-MARUZA. Kimyoning rivojlanish bosqichlari - 7-MARUZA. Kimyoning rivojlanish bosqichlari
- Reja:
- 7.1. Analitik kimyo, fizik kimyo, biorganik kimyo va yuqori molekular birikmalar kimyosi fanlarining rivojlanishi
- 7.2. Kimyoviy analizning metrologik asoslari. Optik, spektral va elektrokimyoviy analiz usullari. Radiokimyoviy va spektroskopik analiz usullari.
- 7.3.Fizik kimyoning rivojlanish bosqichlari. XX asrda kvant-mexanika va kvant kimyoning vujudga kelishi.
- 7.3.1 Atom tuzilishi
- 7.3.2. Bor nazariyasi
- 7.3.3. Mozli qonuni
- 7.4.Bioorganik kimyo va uning ahamiyati.
Fizik kimyo — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi taʼlimotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisidagi taʼlimotlar Fizik kimyoning asosiy boʻlimlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil boʻlim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi boʻlimlarni ham oʻz ichiga oladi. - Fizik kimyo — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi taʼlimotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisidagi taʼlimotlar Fizik kimyoning asosiy boʻlimlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil boʻlim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi boʻlimlarni ham oʻz ichiga oladi.
- 1840 yilda G.I.Gess Fizik kimyoning asosiy krnunlaridan biri — kimyoviy oʻzgarishlarda issiklik yigʻindisining doimiyligini kashf kildi. 19-asr oʻrtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X.Tomsen reaksiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qoʻshdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887 yil Leypsig universitetida ilk bor Fizik kimyo kafedrasini tashkil qildi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin boʻldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo boʻlishiga olib keldi, bu oʻz navbatida, kimyoviy bogʻlanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talkin qilib berishga imkoniyat tugʻdirdi. - 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin boʻldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo boʻlishiga olib keldi, bu oʻz navbatida, kimyoviy bogʻlanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talkin qilib berishga imkoniyat tugʻdirdi.
- Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos boʻdsi. 20-asrning 50— 70-yillarida Fizik kimyoning koʻpgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal oʻrganadigan yangi yoʻnalishlar vujudga keldi.
- Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.
- Polimerlar tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) Polimerlarga bulinadi. Polimerlar bir xil strukturali zvenolar (mas, polivinilxlorid — CH2CHCl—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan boʻladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan Polimerlar oligomerlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |