7-ma’ruza: chizmalarni hosil qilish va rasmiylashtirish: O‘tqazish va qo‘yimlar (dopuski I posadki), bazalar (dopusklari), yuza g‘adir-budirliklari, texnik shartlarni yozish talablari
7-MA’RUZA: CHIZMALARNI HOSIL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH: O‘TQAZISH VA QO‘YIMLAR (DOPUSKI I POSADKI), BAZALAR (DOPUSKLARI), YUZA G‘ADIR-BUDIRLIKLARI, TEXNIK SHARTLARNI YOZISH TALABLARI.
7.1. O‘tqazish va qo‘yimlar (dopuski i posadki), bazalar (dopusklari).
Loyihalash deganda ilmiy-tadqiqot, hisob-kitob va konstruktorlik ishlari kompleksini bajarish natijasida ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida olingan texnik taklifni ishlab chiqarish jarayoni uchun yaroqli bo‘lgan ishchi hujjatlarga o‘zgartirib berish jarayoni tushuniladi. Yakuniy tavsif bir yoki bir nechta oraliq tavsiflardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bunday tavsiflar loyihaviy echimlar deyiladi.
Respublikamiz sanoatini yuksaltirish mashinasozlikni rivojlantirishga bevosita boglikdir. Chunki mashinasozlik sanoatning barcha tarmoklari buyicha yuksaltirishning Asosiy negizi bulib x,isoblanadi. Mashinasozlikni rivojlantirish uchun mashina va boshka buyumlarni uzaro almashinuvchanlik asosida ishlab chikarishii tashkil kilish kata axamiyatga ega. Chunki mashinalar, priborlar, moslamalar ishlab chikarish, ularni ta’mirlash va ekspluatatsiya k,ilish detallarni, yigilma qismlarni va agregatlarni uzaro almashinuvchanlik prinsipiga asoslangandir. Bitta mashinani tulik, ishlab chikarish uchun sanoatning turlicha soxalarida yuzlab korxonalar uzaro xamkorlik kiladilar.,
Shuning uchun xam barcha korxonalarda tayyorlanilgan detallar mashinanani yigishda iloji boricha tulik uzaro almashinuvchanlikni ta’minlashi kerak, chunki bu prinsipda tayyorlanilgan detallar, mashina kismlari xech kanday ko‘shimcha ishlov berishni, operatsiyalar o‘tkazishni talab qilmasdan mashinalarda o‘rinlarini egallab, shu bilan birga kuyilgan texnikaviy shart-sharoitlarga mos ravishda o‘z funksiyasini bajaradilar.
O‘zaro almashinuvchanlikka asoslangan mashinaeozlik korxonalarida ishlab chikdrishni avtomatlashtirish mumkin, detallar sifatli tayyorlanadi, tayyorlash va mashinalarni yigish tannarxi arzonlashadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy fanlardan bo‘lib xisoblanib mashinasozlik ishlab chiqarishi texnologik jarayonining ajralmas qismidir.
O‘zaroalmashinuvchanlik tugrisidagi asosiy tushunchalar. Joizliklar va utkazishlar tizimi. O’zaroalmashinuvchanlik turlari. Nominal, xakikiy va chegaraviy ulchamlar va og’ishlar xakidagi tushuncha. Joizliklar va utkazishlarni tanlash prinsiplari. Birikmalar. Birikuvchi va birikmaydigan sirtlar. O‘tkazishlar. Uch turdagi o‘tkazishlar: oraliq, taranglik va o‘tish. Ularni moxiyati va tasnifi. YAgona joizlik va o‘tkazishlar tizimini tuzilish asoslar. Joizlik birligi. Kvalitetlar. Teshik va val tizimidagi o‘tkazishlar. O‘tkazishlar xisobi va ularni tanlash. Joizliklar va o‘tkazishlarni chizmada belgilanishi.
Mexanik ishlov berishda umumiy qo‘yim deb, tayyor detal olish uchun mexanik ishlov berish jarayonida boshlang‘ich xomaki sirtidan olib tashlanadigan material qatlamiga aytiladi. Ishlov berishda qo‘yim o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash uchun texnik iqtisodiy masalalarni echish kerak. Qo‘yim qatlamiga xomakini olish texnologiyasi ham tasir ko‘rsatadi. Juda ham katta qo‘yimlarni belgilash materialning isrof bo‘lishiga, mexanik ishlov berishda ish hajmining ortishiga, kesuvchi asbob va elektr energiya sarfining oshib ketishiga olib keladi.
7.1-rasm. Mexanik ishlov berishda qo‘yimlar.
Operasion qo‘yim deb bitta texnologik operasiyani bajarishda xomaki sirtidan kesib olinadigan materialning qatlamiga aytiladi. Operasion qo‘yim oraliq qo‘yimlar, yani shu operasiyaga kirgan har bir alohida o‘tishlar uchun qoldirilgan qo‘yimlarning yig‘indisiga teng.
Valga ikki xil operasiya (yonish va jilvirlash) bilan ishlov berishdagi qo‘yim va dopuskning joylashish sxemasi keltiriladi. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, xomaki va detalning (jilvirlashdan keyingi) nominal o‘lchamlarining farqi orqali ishlov berishning umumiy nominal qo‘yimi aniqlanadi.