VII BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA MASALALAR
· Ryomer 1676-yilda birinchi bo‘lib yorug‘lik tezligini aniqlagan. Uning
qiymati taqriban 215 000 000 m/s ga teng bo‘lib chiqqan.
· Fizo tajribasida yorug‘lik tezligi 313 300 000 m/s ga teng bo‘lib
chiqqan.
· Hozirgi zamon o‘lchash natijalariga ko‘ra, yorug‘likning vakuumdagi
tezligi 299792458 m/s ga teng.
· Yorug‘likning kimyoviy ta’siri — yorug‘lik ta’sirida moddalarda yuz
beradigan kimyoviy o‘zgarishlardi
1. Agar yulduzlardan biridan yorug‘lik nuri 100 yilda yetib kelsa,Yerdan bu yulduzgacha masofa qancha?
Берилган: t=100*365*24*3600 sek
c=3*108 m
--------------
s=?
Ечиш: s=c*t= 9.5*1017 m
2. Yerdan Quyoshgacha o‘rtacha masofa 149,6 mln km, Yupiterdan Quyoshgacha o‘rtacha masofa 1429,3 mln km ga teng. Yer Quyosh bilan Yupiter oralig‘idagi holatda deylik. Yupiterdan qaytgan nur qancha vaqtda Yerga yetib keladi?
Берилган: L1 =149.6 106 km
L2 =1429.3 106 km
с = 3105 km/сек
--------------------
t = ?
Ечиш: Yupiterdan Yergacha masofa L2-L1. У холда нурни Юпитердан Ергача сарф вакти
3. Faraz qiling, raketa yorug‘lik tezligida 100 km balandlikda Yer sharining ekvatori bo‘ylab uchmoqda. Bunday tezlikda uchayotgan raketa 1 s da Yer sharini necha marta aylanib chiqadi. Yerning radiusi 6400 km.
Берилган: h =100 km
t =1 sek , R=6400 km
с = 3105 km/сек
--------------------
n = ?
Ечиш: 1-aylanish uzunligi C=2(R+h), bosgan jami yo’l L=ct. Demak aylanish soni
, Javob: n ≈ 7 marta
4. Ryomer tomonidan aniqlangan yorug‘lik tezligi nima uchun asl qiymatidan katta farq qiladi?
U Yerning Quyosh atrofida aylanish orbitasi diametrini D = 284 000 000 km deb olgan. Bu juda taqribiy edi, Shuning uchun katta farq chiqadi
5. Fizoning yorug‘lik tezligini aniqlashga doir tarixiy tajribasida N = 720 ta tishga ega bo‘lgan g‘ildirak bilan ko‘zgu orasidagi masofa l = 8633 m. Yorug‘lik birinchi galda tishli g‘ildirakning aylanish chastotasi n = 12,67 * 1/s bo‘lgan holda yo‘qoldi. Fizo yorug‘lik tezligi uchun qanday qiymat olgan?
Берилган: N = 720
l = 8633 m
n = 12.67 * 1/sek
--------------------
C = ?
Ечиш: Fizoning tajribasida c = 4lNn ≈ 315 000 km/sek.
6. 1875- yilda Fizo usulidan fransuz fizigi Kornyu foydalandi. U g‘ildirakning aylanish chastotasini ancha oshirib, yorug‘likning ketma-ket yo‘qolishi va paydo bo‘lishini 28 marta qayd qildi. Agar g‘ildirakdan ko‘zgugacha bo‘lgan masofa 23000 m, tishlar soni 200 ta, 28 marta yorug‘likning paydo bo‘lishi g‘ildirakning aylanish chastotasi
914,3 * 1/s bo‘lgan holda kuzatilgan bo‘lsa, Kornyu yorug‘lik tezligi uchun qanday qiymat olgan?
Берилган: N = 200
l = 23000 m
n = 914,3 * 1/sek
Z = 2*28=56
--------------------
C = ?
Ечиш: Fizoning tajribasida c = 4lNn/Z ≈ 300 400 km/sek.
7. Nima sababdan davolanish uchun iste’mol qilinadigan aksariyat dorilarni yorug‘ joyda saqlash tavsiya etilmaydi?
Yorug‘likning kimyoviy ta’siri — yorug‘lik ta’sirida moddalarda yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlardir.
Yorug‘lik ta’sirida ammiakning azot va vodorodga ajralishi kuzatiladi. Vodorod va xlor gazlari qorong‘ilikda ta’sirlashmaydi. Lekin yorug‘lik tushishi bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, portlash yuz beradi.
Shu sababli kimyoviy moddalar yorug‘lik tushmasligi uchun maxsus qora paketchalarga solinib, qorong‘i joyda saqlanadi. Davolaydigan aksariyat dorilarni ham qorong‘i joyda saqlash tavsiya etiladi.
8. O‘simliklar uchun yorug‘likning ahamiyati nimadan iborat?
O‘simlik ildizi orqali ichgan suv tanasi bo‘ylab ko‘tarilib, bargiga yetib boradi. Quyoshdankelayotgan yorug‘lik energiyasi ta’sirida o‘simlik bargidagi m ta suv molekulasi havodagi n ta karbonat angidrid molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida bargda organik birikma hosil bo‘lib, n ta kislorod ajralib chiqadi
9. Nima sababdan geliotexnik qurilmalar Quyoshli hududlarga quriladi?
Yer sirtiga yetib keladigan Quyosh nurlari juda katta issiqlik manbayi hisoblanadi. Ana shu manbadan samarali foydalanish usullarini topish, turli qurilmalar, energiya manbalarini yaratish geliotexnikaning
asosiy vazifasi hisoblanadi. Quyosh Yer yuzini geografik kengliklar bo‘yicha turlicha yoritadi.
10. Quyosh energiyasidan foydalanishning qanday afzalliklari mavjud?
O‘zbekistonda Quyosh energiyasidan azaldan foydalanib kelingan. Odamlar qadimdan meva va sabzavotlarni Quyosh nurida quritib kelganlar. Masalan, uzumni oftobda quritib, eng yuqori sifatli mayizlar tayyorlangan. O‘rik, qovun, olma, shaftoli va boshqalarni quritib, ularning qoqisi tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |