7-Laboratoriya ishi. Yog‘ning uchqunlanish haroratini aniqlash
Umumiy tushunchalar: Moy qizdirilganda undagi yengil uchuvchan
moddalar va moyning parchalanish mahsulotlari atrofdagi havo bilan qo’shilib,
alangaga tegizilganda yonib, yana tezda o’chish nuqtasidagi harorat moyning
birdan o’t olish harorati deyiladi.
Moy qizdirilganda unga alanga tutilsa, moy 5– 6 soniya yonib turish
nuqtasidagi harorat moyning alangalanish harorati deyiladi.
Moylarning alangalanish harorati uning birdan o’t olish haroratidan 20– 60
0
C
yuqori bo’ladi. Moy 210 – 250
0
C gacha qizdirilganda unda birdaniga o’t olish
nuqtasi boshlanadi. Agar moyda fosfatidlar ko’p bo’lsa, benzin qoldig’i qolgan
bo’lsa yoki uzoq saqlangan bo’lsa, uchuvchan yog’ kislotalar va boshqa moddalar
miqdori ko’payishi hisobiga birdan ut olish harorati ham pasayadi. Ekstraktsiya
usulida olingan moyda benzin qoldig’ini 0,01 % bo’lishi uning birdan ut olish
haroratini 10 –30
0
C gacha pasaytiradi shu sababdan ham ekstraktsiya usulida
olingan moy tarkibidagi benzin qoldig’ini aniqlashda uning birdan ut olish
haroratni aniqlash usuli qo’llaniladi.
Moyni birdan o’t olish haroratini yopiq tigelda Martens Penskiy
qurilmasida aniqlash
Ishni bajarilishi: Martens Penskiy qurilmasi rasmda ko’rsatilgan.
Qurilmaning metal stakani 1 choyandan tayyorlangan bo’lib, u atrofiga o’ralgan
elektrik spiral yordamida qizdiriladi. Stakanning atrofi 10 g’ilof bilan o’ralgan
bo’lib, u tashqi himoya qilinadi. Tekshiriladigan moy solinadigan idish tigel 8
tsilindr shaklida bo’lib, uning ichida qancha sathgacha moy solish kerakligini
ko’rsatuvchi belgi bor.
Qurilmaning 3 qopqog’i moy solingan idishni og’zini tekis berkitadigan
bo’lib, unga 5 zaslonka, termometr o’rnatiladigan uya, ut oldirish yondirgichi 4,
aralashtirgich 2 va aralashtirgichni harakatlantiradigan 6 shnur o’rnatilgan.
Termometr 170
0
C
dan 330
0
C
gacha 1
0
C oralig’ida gradirovkalangan.
Qurilmaning moy solinadigan tigeli ishni boshlanishidan oldin benzin yoki
etil efiri bilan yaxshilab yuvib quritiladi. Quritilgan tigelga tekshirilayotgan moy
belgisigacha solinadi va qopqog’i yopiladi. Termometr o’rnatilib qizdirish uchun
elektr manbaiga ulanadi. Ut oldirish yondirgichiga rafinatsiyalangan paxta moyi
solinadi, yondirgich ut oldiriladi uning alangasi shar shaklida bo’lib, diametri 3–4
mm bo’lishi kerak. Qurilma xonaning qorong’i shamol harakatlanmaydigan
qismiga o’rnatiladi. Qizdirishni boshlash bilan bir vaqtda aralashtirgich ham ishga
tushiriladi. Boshlanishida qizdirish 15 –20 daqiqa 170
0
C haroratga yetishi kerak.
Qachonki moyning harorati ut olish haroratigacha taxminan 30
0
C qolganda
qizdirish sekinlashtiriladi, qizdirish haroratini ko’tarilish tezligi har daqiqada 2
0
C
ga oshishi ta‘minlanadi.
Birdan o’t olish haroratigacha 10
0
C
qolganda aralashtirgich to’xtatilib
qopqog’ 9 richag yordamida tuynuk ochiladi va unga alanga yaqinlashtiriladi.
Bunda alangalanish roy bermasa mahsulot yana aralashtirilib qizdiriladi va 1
daqiqadan so’ng yana ut oldiriladi. Birdan ut olish vaqti qachonki moy yuzasida
alanga hosil bo’lgandagi vaqt hisoblanadi. Birinchi marta alanga hosil bo’lganidan
so’ng yana aralashtirib turib, 1 daqiqadan so’ng ikkinchi marta ut oldiriladi. Agar
bunda alanga hosil bo’lmasa tajriba yangi moy bilan boshidan yana takrorlanadi.
Moyning alangalanish haroratini aniqlash
Moyning alanganlanish harorati xam Martens Penskiy qurilmasida aniqlanadi.
Bunda tekshirilayotgan moy solingan tigelning qopqog’i ochiq turadi.
2-rasm.Moylarni birdan ut olish va alangalash haroratini
aniqlash qurilmasi
Moyning birdan o’t olish harorati aniqlanganidan so’ng tigelni qopqog’i
olinadi va moy xar minutda 4 – 6
0
C haroratgacha tezlikda qizdiriladi. Bunda xar 2
min. Aralashtirgich tuxtatilib moy yuzasiga alanga tutiladi. Bunda moy alangalanib
alangalanish 5–6 sek. Davom etsa bu harorat moyning alangalanish harorati
hisoblanadi