7-LABORATORIYA ISHI
Mavzu:
Raqamli qurilmalarni komponovka qilish
Ishdan
maqsad:
Raqamli
qurilmalarda
komponovka
qilishda
hisoblagichlarning ishlash prinsipini loyihalash.
Nazariy qism
Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi
Hisoblagichlar- ketma-ket qurilma bo’lib, kirish yo’liga berilgan impulslar
sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi.
Hisoblagichlar bir nechta belgalar bo’yicha klassifikatsiyalanadi. Ularni
alohida ko’rib chiqamiz.
1.
Hisob yo’nalishi bo’yicha:
a) yig’iluvchi;
b) ayiruvchi;
v) reversiv.
2. O’tish (perenos) sxemalarini tashkil etish yo’li bo’yicha:
a) ketma-ket
perenosli hisoblagichlar;
b) to’g’ridan to’g’ri (skvoznoy) perenosli hisoblagichlar;
v) Parallel perenosli hisoblagichlar;
g) Kombinirlashgan perenosli hisoblagichlar.
3. Perenos koeffitsienti bo’yicha:
a) ikkilik;
b) ikkilik-o’nlik;
v) ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsienti;
g) hisobning o’zgaruvchan koeffitsienti bilan va h k.
4. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o’zgartirish bo’yicha:
a)
asinxron;
b) sinxron.
Jamlovchi hisoblagich
Jamlovchi hisoblagichda barcha razryadlar uchun umumiy sinxronizatsiya
mavjud emas. Razryadlarning yangi holatga o’tishi impulslar
beriladigan kirish
yulidan boshlab ketma-ket va razryadma –razryad amalga oshiriladi.
Jamlovchi hisoblagichlarda barcha razryadlar uchun sinxronizatsiya mavjud emas,
razryadlarning yangi holatga o’tishi kirish razryadiga beriladigan impulsdan boshlab
birin ketin razryadma-razryad bajariladi.
Uning sxemasi quyigagi ko’rinishga ega:
Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagich
Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagichning
vaqt diagrammasi
Diagrammadan ko’rinib
turibdiki, hisoblagichni istalgan razryadining holatini
o’zgarish belgisi –bu oldingi razryadning (yoki kirish signalining) “1” holatdan “0”
holatga o’tishidadir. SHuningdek, agar barcha oldingi razryadlar “1” holatdan “0”
holatga o’tgan taqdirdagina katta razryad “1” holatga o’tadi.
Vaqt diagrammasidan ko’rinadiki, hisoblagichni o’rnatish
vaqti t
ketma-ket
o’tayotgan razryadlar soniga bog’liqdir va N-razryadli hisoblagich uchun quyidagi
oraliqda o’zgaradi:
Impulslar kelishining maksimal chastotasi (fmax) birinchi trigger ulanishining
chegaraviy chastotasi bilan aniqlanadi. Hisoblagichning asosiy yutug’lari-
mikrosxemalarning soni minimal bo’lganida
va elektr aloqalarning soni
kamligidadir. Uning kamchiligi-tezligining pastligidir.