7– LABORATORIYA IshI
Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish
Ishdan maqsad: Bipolyar tranzistorda yasalgan emitter qaytargich sxemasini tadqiq qilish va dinamik xarakteristikalari va differentsial parametrlarini o’lchash.
7.1. Tranzistor kollektori umumiy qilib ulangan kuchaytirgich sxemasini yig’ing. Buning uchun U1-2 ulagichni 1 holatga, U3-4 ni – 3 holatga, U5-6 ni – 5 holatga, U7-8 ni – 8 holatga o’tkazing. U12-15 ulagichni 15 holatga qo’ying, bunda yuklama qarshiligi RYu=R10=10 kOm ga mos keladi.
Ish bandi
|
Ulagich xolati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemaning kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
2.1-2.3
|
1
|
3
|
5
|
8
|
15
|
3
|
kirish 2
|
7.2. 7.2 – 7.9 bandlarda keltirilgan o’lchashlarni takrorlang. Maket yuzasing yuqori qismida joylashgan nazorat nuqtalarga voltmetr va ostsillograf ulang.
7.3. N3 nazorat nuqta potentsialini kirishi ochiq ostsilograf yoki o’zgarmas kuchlanishi o’lchaydigan boshqa asbob yordamida kuzatib, G1 taminot manbaining kuchlanishini 6V ga keltiring.
7.4. O’zgarmas kuchlanishini o’lchaydigan asbobni N4, N5 va N2 nazorat nuqtalarga ulab, tranzistorning sokinlik rejimi kuchlanishlarini aniqlang. Nazorat nuqtalarning o’lchangan potentsiallari asosida, R4=3.6 kOm, R5=3.6 kOm ekanligini hisobga olgan holda, kollektor, emitter va bazaning sokinlik toklarini toping.
Ish bandi
|
Ulagich xolati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemaning kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
|
|
2.4
|
1
|
3
|
5
|
8
|
15
|
4/5/ 2
|
kirish 2
|
7.5. Tranzistorning kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti (KU) ni toping. Buning uchun sxemaning kirishiga (“kirish 2”) generatordan 2 kGts chastotali 30 mV kuchlanishga ega bo’lgan sinusoidal signal uzating. Kirish kuchlanishini nol potentsialli shina va N2 nazorat nuqta oralig’ida o’lchang. Chiqish kuchlanishini o’lchash uchun voltmetrni N7 nazorat nuqta bilan nol potentsialli shinalar orasiga ulash kerak.
Ish bandi
|
Ulagich xolati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemaning kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
7.5–7.8
|
1
|
3
|
5
|
8
|
15
|
7
|
kirish 2
|
7.6. Kuchaytirgichning kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsientining chastotaga bog’liqliligini KU(f) toping. Buning uchun kirish kuchlanishini qiymatini o’zgarishsiz (taxminan 30 mV) saqlagan holda uning chastotasini o’zgartiring va chiqish kuchlanishini o’lchab bering (N7 nazorat nuqta). Test signallari chastotalarining tavsiya etilgan qiymatlari 10 Gts, 100 Gts, 1 kGts, 10 kGts, 100 kGts va 1 mGts larga teng.
7.7. Kuchaytirgichning 2 chastotada amplituda xarakteristikasini UChIQ=f(UKIR) o’lchang. Kirish kuchlanishi qiymatlarini tavsiya etilgan o’zgarishlari 10-300 mV ni tashkil etadi.
7.8. Kuchaytirgich kaskadi dinamik diapazoni yuqori chegarasini toping. Buning uchun chiqish kuchlanishi ostsillogrammasini kuzata borib kirish signalining qaysi qiymatida nochiziqli buzilishlar boshlanishini aniqlang.
7.9. Kuchaytirgich kirishiga R7=20 Om, R8=510 Om, R9=3,6 kOm, R10=10 kOm rezistorlarni U12-15 ulagich yordamida navbatma-navbat ulab 2 kGts chastotada, 30 mV kirish kuchlanishida kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsientining yuklama qiymatiga bog’liqligini KU(RYu) toping.
Ish bandi
|
Ulagich xolati
|
Nazorat nuqtasi
|
Sxemaning kirishi
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U7-8
|
U12-15
|
7.9
|
1
|
3
|
5
|
8
|
12..15
|
7
|
kirish 2
|
7.10. Taminot manbaining kuchlanishi 9 va 12 V bo’lganda 4, 5, 7, 8, 9 bandlarga muvofiq o’lchashlarni takrorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |