103. 2005-yil Londonda nechta terrorchilik akti amalga oshirilgan? =4 ta.
104. 2005-yil Londonda amalga oshirilgan terrorchilik aktlarida javobgarlikni qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olgan? =«Al-Qoida» xalqaro terrorchilik tashkiloti.
105. 2006-yilgi Isroil-Livan urushi yakunlangandan so‘ng, AQSH kimning iste’foga chiqishini talab qilgan? = Britaniya bosh vaziri E.Blerning.
106. Qachon E. Bler iste’foga chiqqan? =2007-yil.
107. E.Blerdan keyin kim Britaniya bosh vaziri lavozimini egallagan? = Gordon Braun.
108. E.Blerdan keyingi Britaniya bosh vaziri tashqi siyosatda qanday siyosatga qarshi bo‘lgan? =proteksionizm.
109. 2008-yili boshlangan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida nima G.Braunning obro‘yini oshirgan? =bank tizimini xonavayron bo‘lishdan saqlab qolishga, biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iy harakatlari.
110. 2010-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida qaysi partiya g‘alaba qozongan? =konservatorlar.
111. 2010-yil kim Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi? =Devid Kemeron.
112. Nima uchun D.Kemeron hukumatining YIMga nisbatan budjet tanqisligi qisqargan? =davlat xarajat larini tejash uchun qilgan bir qator harakatlari natijasida.
113. Qachon Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilgan? =2014-yil sentabrda.
114. Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida o‘tkazilgan umumxalq referendumida qancha % aholi mustaqillik uchun ovoz bergan? =45 %.
115. 2015-yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida qaysi partiyasi g‘alaba qozongan? =konservatorlar.
116. 2015-yilgi Say lovoldi kampaniyasi davrida bosh vazir D.Kemeron nimaga va’da bergan? =agar konservatorlar g‘alaba qozonsa, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasini ko‘tarishga va ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishga.
117. Qachon bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan Buyuk Britaniya aholisining 50 % dan ortig‘i mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz bergan? =2016-yil iyunda.
118. D.Kemeron iste’foga chiqqanidan keyin kim Britaniya bosh vaziri lavozimini egallagan? =Tereza Mey.
119. Qachon Buyuk Britaniya mustamlaka imperiyasi to‘liq tugatilgan? =XX asrning ikkinchi yarmida.
120. Ichki bozorni ma’lum cheklovlar (import va eksport boj to‘lovlari, subsidiyalar va boshqa tadbirlar) orqali chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosat nima deb ataladi? =Proteksionizm.
121. Taktika– bu ……? =ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisi.