8-Mavzu: 1991-2017-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaysi mamlakatlar kiradi? =O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston.
Qachon Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan? =1991-yil 16-dekabrda.
Nursulton Nazarboyev qachon Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib saylangan? 1991-yili.
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? =1993-yili.
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida eng katta vakolatlar kimga berilgan? =Prezidentga.
Qozog‘istonning milliy valutasi qanday? =Tenge.
Qozog‘istonning milliy valutasi qachon muomalaga kiritilgan? =1993-yili.
1993-yilda Qozog‘iston hukumati yirik neft konsernlari bilan Kaspiy dengizining qaysi qismida qidiruv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv imzolagan? =Shimoliy.
Qachon Qozog‘iston parlamenti mamlakat poytaxtini Akmola shahriga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qilgan? =1993-yili.
Akmola shahri qachondan «Ostona» deb ataladigan bo‘lgan? 1998-yildan.
O‘tgan davrda Qozog‘iston iqtisodiyoti-ning asosiy sohalari nima bo‘lib qolgan? =Neft, gaz va metallurgiya.
Qozog‘iston qaysi sohalarning hisobiga iqtisodiy otning boshqa sohalarida ham jadal o‘sishga erishgan? Neft, gaz va metallurgiya.
Qachon N.Nazarboyev prezidentning vakolat muddatini 7 yildan 5 yilga o‘zgartirish, parlament deputatlari sonini oshirish tashabbusi bilan chiqqan? =2017-yil fevralda.
Qaysi jarayon MDH davlatlarida keng tarqalgan siyosiy texnologiya bo‘lib, konstitutsiyada bir kishining ikki muddatdan oshiq prezident bo‘lishiga qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tishning yo‘li bo‘lib qolgan? N.Nazarboyev prezidentning vakolat muddatini 7 yildan 5 yilga o‘zgartirish, parlament deputatlari sonini oshirish tashabbusi bilan chiqishi.
Qachon Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida qonun qabul qilingan? =2010-yili.
Qachon Mangistan viloyatida mehnat sharoiti va oylik maoshidan norozi bo‘lgan neft konlari ishchilarining mustaqillik davridagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan? =2011-yili.
Qayerdagi tartibsizliklarda 15 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab namoyishchilar qamoqqa olingan? =Janaozen shahridagi.
Qachon bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida N. Nazarboyev g‘alaba qozongan? =2015-yili.
Qachon bo‘lgan referendumda Turkmaniston mustaqilligi uchun ovoz berilgan? =1991-yil 26-oktabrda.
Turkmaniston qachon MDHga a’zo bo‘lgan? =1991-yil dekabrda.
Qachon Xalq Majlisi qaroriga ko‘ra Saparmurod Niyozov davlat boshlig‘i lavozimini umrbod egallagan? =1999-yili.
Kimning hukumati Turkamnistonda muxolifatchi partiyalar faoliyatini taqiqlagan? S.Niyozov.
Saparmurod Niyozov qanday unvoin olgan? =«Turkmanboshi».
S.Niyozovning qaysi kitobi ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilinib, o‘quv yurtlarida o‘qitilgan? =«Ruhnoma».
S.Niyozov qachon vafot etgan? =2006-yili.
S.Niyozovdan keyin kim Turmaniston prezidenti etib saylangan? =Gurbanguli Berdimuhamedov.
Qachon YIM hajmi 1991-yilga nisbatan ikki marta kamayib ketgan? =1998-yili.
Qachon Turkmanistonda oziq-ovqat tanqisligi yuz bergan, aholining yashash darajasi keskin tushib ketgan? 1998-yili.
Turkmanistonda qanday qonunlarning qabul qilinganishi hvolni biroz yaxshilagan? =Kundalik iste’mol mollarini fuqarolar o‘rtasida bepul tarqatish va xizmatlarni bepul ko‘rsatish to‘g‘risida.
Qanday jarayon Turkmaniston iqtisodiga katta madad bo‘lgan? =Gaz qazib chiqarishning o‘sishi.
Qachon Turkmaniston inqirozdan chiqib olgan? =2000-yillarning boshlarida.
Qaysi davlatda tabiiy gazning juda katta zaxiralari ko‘plab mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarni o‘ziga jalb qilmoqda? Turkmanistonda.
Qaysi voqeadan keyin Turkmaniston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari susaygan? =Jahonda uglevodorodlarga talabning pasayishi bilan.
Qachon Turkmanistonda moliyaviy inqiroz boshlangan? =2015-yili.
Qachon Turkmanistonda moliyaviy inqiroz yanada avjiga chiqqan? =2016-yili.
Qachon Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari o‘tkazilgan? =2017-yil sentabrda.
Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari qaysi shaharda o‘tkazilgan? Ashxobod shahrida.
Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlar Turkmaniston uchun qanday ahamiyatga ega? Bu o‘yinlar Turkmanistonning sayyohlik salohiyatini oshirishga va chet el investitsiyalarining ko‘payishiga xizmat qilishi mumkin.
Qachon Tojikiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan? =1991-yil 9-sentabrda.
Qaysi davlatda mustaqillik e’lon qilinganidan keyin mamlakatning turli mintaqalaridagi mahalliy elitalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash qizib ketgan? Tojikiston.
Nechanchi yillarda Tojikistonda fuqarolar urushi bo‘lib o‘tgan? =1992-1997-yillarda.
Qachon Tojikiston konstitutsiyasi qabul qilingan? =1994-yil 6-noyabrda.
Qachon Imomali Rahmonov Tojikiston Prezidenti etib saylangan? 1994-yil 6-noyabrda.
Tojikistondatinchlik o‘rnatilgandan so‘ng, hukumat qaysi davlatlar bilan hamkorlik qilib, iqtisodiyotni tiklashga kirishgan? Rossiya, Xitoy va Eron.
Qanday omil sabab Tojikistonning gidroenergetika imkoniyatlari katta? Tojikiston tog‘li o‘lka bo‘lganligi uchun.
Tojikiston qachon Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini ta’sis qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan? =2000-yili.
Tojikiston qaysi tashkilotlarga qo‘shilgan? =Shanxay hamkorlik tashkilotiga, Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma tashkilotiga.
Tojikiston qaysi davlatlar bilan hamkorlikda bir necha yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni boshlagan? = Rossiya, Xitoy va Eron.
Qachon Qirg‘iziston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan? =1991-yil 31-avgustda.
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti kim? =Asqar Akayev.
Qaysi Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda demokratik islohotlarni o‘tkazish, xalqaro tashkilotlar ko‘z o‘ngida Qirg‘iz Respublikasini demokratik mamlakatga aylantirish borasida ko‘p ishlarni amalga oshirgan? Asqar Akayev.
Asqar Akayev necha yil Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan? 15 yil.
Qachon Askar Akayev hokimiyatda ag‘darilgan? =2005-yili.
Askar Akayev qaysi ommaviy harakat natijasida hokimiyatda ag‘darilgan? «Lola inqilobi».
A.Akayevdan keyin Qirg‘izistonda hokimiyatiga kim kelgan? =Kurmanbek Bakiyev.