4-mavzu. 1991-2017-yillarda Rossiya Federatsiyasi 1. Qaysi voqeadan keyin Rossiyada asosiy lavozimlarga demokratik kuchlar vakillari emas, kommunistik partiya faollari kelgan? =1991-yil avgust inqirozidan keyin.
2. Kommunistik partiya faollarining ko‘pchiligi qachon kommunistik partiya bilan aloqalarini uzgan edi? =Qayta qurish yillarida.
3. B.Yelsin tomonidan Bosh vazir lavozimiga taklif qilingan shaxs kim? =Y.Gaydar.
4. Kim Rossiyadagi islohotlarning «arxitertori» bo‘lgan? =Y.Gaydar.
5. Qachondan erkin qo‘yib yuborilgan narxlar keskin ko‘tarilgan? =1992-yil 1-yanvardan.
6. Rossiyada ko‘pchilik oilalarda nima oila daromadining asosiy qismini tashkil qilgan? =oziq-ovqat xarajatlari.
7. Nima Rossiyaga investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qilgan? =Inflatsiya va siyosiy berqarorlik.
8. Qachon Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd. dollardan oshib kelgan? =1999-yilda.
9. Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd. dollardan oshib ketganidan keyin Rossiyada kimlarning soni keskin ko‘paygan? =ishsizlar, qochoqlar, qashshoqlar va boshpanasizlar.
10. Nima Rossiya jamiyatida ijtimoiy tanglikni oshirgan? =1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning tarqalishi va «shok terapiyasi».
11. Qachon B.Yelsin Xalq deputatlari va Oliy Sovetni tarqatib yuborgan? =1993-yilda.
12. B.Yelsin Xalq deputatlari va Oliy Sovetni tarqatib yuborganidan keyin qanday farmonni imzolagan? =davlat hokimiyatining yangi organlari – Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar hamda mamlakatning yangi konstitutsiyasi haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni.
13. Kimlar prezident farmonini konstitutsiyaga xilof deb hisoblab, unga qarshi chiqqan? =Oliy Sovet rahbariyati va Konstitutsion sudning ko‘pchilik a’zolari.
14. Prezidetga qarshi chiqqanlarga nisbatan qanday chora qo‘llagan? =Oliy Sovet binosi qo‘shinlar tomonidan o‘rab olindi va artilleriyadan o‘qqa tutildi.
15. Qachon bo‘lib o‘tgan Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasi saylovi birinchi marta partiyaviy ro‘yxat bo‘yicha o‘tkazilgan? =1993-yil dekabrda.
16. Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlari natijalariga ko‘ra qaysi partiyalar eng ko‘p o‘rin egallagan? =«Rossiya yo‘li», LDPR (Rossiya liberal-demokratik partiyasi), KPRF (Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi) partiyalari.
17. Qaysi voqeadan keyin Rossiyada Sovet tizimi barham topgan? =Yangi Asosiy qonun qabul qilinishi bilan.
18. XX asrning 90-yillarida Rossiyada amalga oshirilgan eng muhim islohotlar qanday harakatning boshlanishi bo‘lgan? =sovetlardan qolgan hokimiyat tizimini buzish, uning o‘rnida zamonaviy va demokratik hokimiyat tizimini yaratish uchun.
19. Nima uchun millatlararo munosabatlar Rossiya uchun doimo dolzarb bo‘lib kelgan? =Rossiya ko‘pmillatli mamlakat bo‘lganligi uchun.
20. Katta o‘zgarishlar davirda Rossiya uchun birinchi o‘ringa chiqqan muammo qanday? =millatlararo munosabatlar.
21. Qachon va qaysi davlatlarda milliy harakatlar o‘zlarining syezdlarini o‘tkazib, ularda RSFSR tarkibidan chiqish masalasi qo‘yilgan? =1991-yil oxiri – 1992-yil boshlarida Tatariston, Boshqirdiston va Yoqutsitonda.
22. Chechen-Ingush Avtonom respublikasida Chechen xalqining umummilliy kongressi nimani bildirgan? =avtonomiyani Checheniston va Ingushteniyaga bo‘lishni, Chechenistonning RSFSR tarkibidan chiqishini.