7. Жиззах вилояти Арнасой туманида истиқомат қиливчи фуқаро



Download 327,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.03.2023
Hajmi327,66 Kb.
#920881
Bog'liq
EKALOGIYA HUQUQI 1



7. Жиззах вилояти Арнасой туманида истиқомат қиливчи фуқаро 
А.Солиев ”Айдар-Арнасой” кўли яқинидаги сув ҳавзаси ҳудудида ов қилиш 
учун ўрнатилган тартибда №147583619 сонли рухсатнома олиб,балиқ 
овлашда тегишли химиявий дори ва электр токи ишлатаѐтганлиги учун, унга 
нисбатан экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш қўмитаси ходимлари 
томонидан 170 000 сўм жарима қўлланилган эди.. 
Фуқаро А.Солиев жарима тўламасдан, ўрнатилган тартибда 
рухсатнома олганлигини кўрсатиб ўзини ҳақ деб ҳисоблаб,бу масалада судга 
мурожаат қилган.
Чунки, фуқаро А.Солиев, экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш 
қўмитаси ходимларидан балиқ овлашда тегишли химиявий дори ва электр 
токи ишлатганлиги учун ҳеч қандай қонун ҳужжатига хилоф эмаслигини 
билдирган. 
-Айтингчи, экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш қўмитаси
ходимлари тўғри қарор қабул қилишганми? 
– Мазкур ишни ҳар томонлама, холисона, моддий ва процессуал ҳуқуқ 
нормаларини бузмасдан судья сифатида ҳал қилинг ва фуқаро А.Солиевга 
адвокат сифатида юридик ѐрдам кўрсатинг
 


Vaziyatga huquqiy baho berishdan avval, vaziyatdagi muhokama qiladigan 
holatlarni aniqlashtirsak: 
1.
Fuqaro A.Soliyevning ov qilish uchun o‘rnatilgan tartibda №147583619 
sonli ruxsatnomasi unga qanday huquqlarni beradi? 
2.
Baliq ovlashning qanday usullari va vositalari qonun normalariga muvofiq 
hisoblanadi? 
3.
Fuqaro A.Soliyev baliq ovlashda ximiyaviy dori hamda elektr tokidan 
foydalangani uchun unga nisbatan ekalogiya va atrof muhitni muhofaza 
qilish qo‘mitasining hodimlari jarima qo‘llashi mumkinmi? 
4.
Mazkur muammoli vaziyat doirasida sud qanday yo‘l tutishi lozim? 
Yuqorida muhokama qiladigan vaziyatlarni aniqlashtirdik. Biz ushbu 
vaziyatlarni muhokama qilish orqali bizga berilgan kazusga huquqiy baho 
berishga harakat qilamiz. 
Birinchi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, fuqaro A.Soliyevning ov qilish 
uchun o‘rnatilgan tartibda №147583619 sonli ruxsatnomasi unga qanday 
huquqlarni berishini ko‘rib chiqsak. 
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi 
to‘g‘risida’’gi qonunda ov qilish uchun ruxsatnoma olish tartibi va ruxsatnoma 
olgan shaxsning (ovchi) huquq va majburiyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. 
Ushbu qonunning 29-moddasida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma va 
uning berilish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, yovvoyi hayvonlarni tutishga 
doir ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari 
tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq
ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi. Ruxsatnomada 
jismoniy shaxs haqidagi ma’lumotlar, guvohnomaning raqami, ov qilish turi, ov 
qilishga ruxsat etilgan hudud, ovlanadigan hayvonning turi, ov qilish muddati va 
ruxsatnomaning berish asosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ushbu ruxsatnoma ovchiga 
ma’lum bir huquqlarni beradi. Bular O‘zbekiston Respublikasi ‘‘Ov qilish va 
ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida’’gi qonunining 17-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Unga 
ko‘ra ovchi yovvoyi hayvonlarning ruxsat etilgan turlarini ov qilishni belgilangan 
joylarda va belgilangan muddatlarda amalga oshirishi, qo‘lga kiritilgan ov 
mahsulotini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etishi, ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy 
resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslaridan o‘z shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqlariga ega hisoblanadi.
1
1
O‘zbekiston Respublikasi ‘‘Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida’’gi qonuni 


Demak, yuqoridagilardan shuni aytishimiz mumkunki, fuqaro A.Soliyev 
qonun normalariga binoan ov qilish ruxsatnomasini olib, ruxsatnomada 
belgilangan hududda faoliyat olib bormoqda. 
Ikkinchi vaziyatda baliq ovlashning qonunda belgilangan usullari va 
vositalarini muhokama qilsak.
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida’’gi qonunining 20-moddasi (Ov qilish va baliq 
ovlashning man qilingan usullari) va ‘‘Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi 
to‘g‘risida’’gi qonunning 21-moddasida (Ov qilish qurollari va usullari) ov 
qilishning man qilingan usullari va qurollari haqida to‘liq bayon etilgan. Unga 
ko‘ra, ov qilish va baliq ovlashda umumxavfli qurollar va usullarni qo‘llash man 
etiladi.
2
Ov qilishning man qilingan va ruxsat etilgan usullari va qurollarini quyida 
ko‘rishimiz mumkin: 
Ov qilishning ruxsat etilgan qurollari: 
ov qurolidan; 
ovchi zotiga mansub itlardan, boshqa ovga o‘rgatilgan hayvonlar va 
qushlardan (ovchilik guvohnomasida tegishli qayd mavjud bo‘lgan taqdirda);
yovvoyi hayvonlarni tirik holda tutib olish uchun to‘rlar va tuzoqlardan 
(yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tegishli belgi mavjud bo‘lgan 
taqdirda);
minoralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. 
Yovvoyi hayvonlarni tutishda ov qilishning quyidagi usullaridan foydalanish 
taqiqlanadi:
 
ov uchun chuqurlar qazib qo‘yish; 
portlovchi, kimyoviy moddalarni va biologik preparatlarni qo‘llash;
elektr tokini qo‘llash; 
dov-daraxtlarni yoqish; 
tovushsiz otish moslamalarini qo‘llash; 
yovvoyi hayvonlarni jalb etish uchun ovoz chiqaruvchi apparatlarni qo‘llash; 
suvdan kechib o‘tish joylarida, yong‘inlardan, toshqinlardan va boshqa 
tabiiy ofatlardan qochayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlash; 
yovvoyi hayvonlarni muzga, qalin qorga, suvga yoki ular uchun xos 
bo‘lmagan o‘zga yashash muhitiga haydab kiritish; 
sutkaning qorong‘i vaqtida yoritish anjomlari bilan (bundan to‘ng‘iz, 
bo‘rsiq, jayra ovlash mustasno) transport vositalarini, shu jumladan yer ustida 
harakatlanadigan, havoda parvoz qiladigan vositalarni va kichik o‘lchamli 
kemalarni qo‘llash.
3
Yuqoridagi normadan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, fuqaro 
A.Soliyev baliq ovlash jarayonida ximiyaviy vosita va elektr tokidan foydalanishi 
qonunga xilof hisoblanadi. Fuqaro soliyev bu harakati bilan yuqoridagi qonun 
normalarini buzyapti. Fuqaro A.Soliyev yuqoridagi norma buzilishi bilan birga 
2
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida’’gi 
qonuni 
3
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida’’gi qonunni 


hayvonlarning yashash muhitiga zarar keltiryapti, bundan tashqari ov qilish 
jarayonidagi xavfsizlik qoidalarini ham buzmoqda. 
Uchinchi vaziyatda fuqaro A.Soliyev baliq ovlashda ximiyaviy dori hamda 
elektr tokidan foydalangani uchun unga nisbatan ekalogiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish qo‘mitasining hodimlari jarima qo‘llaganini ko‘rib chiqsak. 
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida’’gi 
qonunning 8-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta 
tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi 
deb qat’iy belgilab qo‘yilgan.
4
Ushbu qonunning 11-moddasida qo‘mitaning 
vakolatlari ham keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra yer, yer osti boyliklarini, suv, o‘rmon, 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza 
qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish 
qo‘mitaning vakolatlaridan biri hisoblanadi. 
Demak, fuqaro A.Soliyevni yuqorida qonun normalariga rioya qilmaganini 
ko‘rib chiqdik, unga ko‘ra A.Soliyev ov qilish bilan bog‘liq bir qator qonun 
normalarini buzgan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hodimlari o‘zining vakolatlariga ko‘ra 
A.Soliyevga nisbatan chora ko‘rishga haqli hisoblanadi. Qo‘mita hodimlarining 
A.Soliyevga nisbatan 170 000 so‘m miqdorda jarima solgani esa Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasida (Ov qilish va baliq ovlash 
qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini 
amalga oshirish qoidalarini buzish) keltirib o‘tilgan.
To‘rtinchi vaziyatda tahlil qilinayotgan muammoli vaziyat bo‘yicha sud 
qanday harakat qilishi lozimligini tahlil qilsak. Mazkur vaziyatda ma’muriy organ 
bilan nizoli vaziyat vujudga kelganligi sababli ma’muriy sudda ko‘rib chiqiladi. 
Mazkur vaziyatdagi fuqaro A.Soliyevning murojaati mazmunan O‘zbekiston 
Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks 27-moddasining 
2-bandi (davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatini amalga 
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos 
kelmaydigan hamda fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun 
bilan qo‘riqlanadigan mafaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) 
4
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida’’gi qonunni 


yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi)
5
ga to‘g‘ri keladi. Ushbu vaziyatda fuqaro 
A.Soliyev Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hodimlari 
tomonidan solingan jarimani to‘lamasdan buni noqonuniy deb hisoblab sudga 
murojaat qiladi. Sud bu ishni ko‘rib chiqib, fuqaro A.Soliyevni murojaati o‘rinsiz 
deb topadi. Chunki fuqaro A.Soliyev O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida’’gi qonunining 20-
moddasi (Ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullari) va ‘‘Ov qilish va 
ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida’’gi qonunning 21-moddasida (Ov qilish qurollari va 
usullari) ko‘rsatilgan qonun normalariga zid harakat qilgan. Mazkur vaziyatda sud 
ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hodimlari 
harakatlarini qonuniy deb topadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin: 
Fuqaro A.Soliyev ov qilish jarayonida qonun bilan taqiqlangan qurollardan 
foydalangani uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish qilish qo‘mitasi tomonidan jarima qo‘llanilgani qonunga muvofiq 
hisoblanadi. Chunki bu qo‘mitaning qonunda belgilangan vakolatlaridan biri 
hisoblanadi. Fuqaro A.Soliyev qo‘mita tomonidan belgilangan jarimani to‘lashga 
majbur. Agarda to‘lashdan bosh tortsa qo‘mita tomonidan qonunda belgilangan 
choralar qo‘llanishi mumkin. Ma’muriy sud esa A.Soliyevni harakatlarini qonunga 
zid deb baholab, uning murojaatini asossiz deb topadi. 
 
 
5
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining ‘‘Ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti 
haqida’’ 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori 

Download 327,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish