7. Давлатнинг ҳудудий яхлитлиги принципи ва халқларнинг ўз тақдирини белгилаш принципининг ўзаро нисбатини ёритинг?
Javob
Davlatlarning hududiy butunligi prinsipi
Hududlar davlatning moddiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Hududsiz davlat
mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat o‘z hududining butunligini ta’minlashga
alohida e’tibor qaratadi. BMT Nizomi davlatlarning hududiy daxlsizligiga qarshi
kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilishdan o‘zini tiyishni talab qiladi. 1970-yilgi Deklaratsiya ushbu prinsipni mustaqil prinsip sifatida ajratmaydi. Uning
mohiyati boshqa prinsiplarda o‘z aksini topgan. Kuch ishlatmslik prinsipi har
qanday davlatning hududiy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish va kuch ishlatishga
tahdid qilishdan o‘zini tiyishni talab qiladi. Ushbu maqsadda hattoki siyosiy,
iqtisodiy yoxud boshqa shunga o‘xshash tazyiqlar qo‘llanilishi mumkin emas.
Davlatni hududiy daxlsizlikka va butunlikka bo‘lgan huquqini himoya
qiluvchi davlatlarning hududiy butunligi prinsipi davlat suverenitetini
ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi. BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandi a’zo davlatlarni kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilishdan, bundan tashqari, “har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligi” qarshi o‘zini tiyish majburiyatini mustahkamlagan. Hududiy birlik prinsipining ilk ko‘rinishi umumjahon tinchlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bandung Deklaratsiyasida (1955-y.) aks ettirilgan bo‘lib, unga ko‘ra
“har qanday mamlakatning siyosiy mustaqilligiga va hududiy birligiga qarshi
agressiya aktlari yoki kuch ishlatishdan o‘zini tiyish” ning zarurati
mustahkamlangan. “Bandung formulasi” ikki tomonlama shartnomalarda uni keng
qo‘llanilishiga erishdi. Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga erkinlik berilishi
to‘g‘risidagi Deklaratsiyada “barcha xalqlar ularning milliy hududlarining
butunligiga bo‘lgan ajralmas huquqqa ega” ekanligi, shuningdek milliy birlik va
mamlakat hududiy yaxlitligini to‘liq yoki qisman yo‘q qilishga qaratilgan urinishlar BMT Nizomi prinsiplari va maqsadlariga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlandi.
Davlatlar o‘rtasidagi ularga tegishli hududlar va resurslarga bo‘lgan huquqni
himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar davlatning hududiy yaxlitligi prinsipining obyekti bo‘lib hisoblanadi. Ushbu prinsipga muvofiq davlatning va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: davlat hududiga, uning bir qismiga yoki resurslariga kuch bilan yoki kuch ishlatish tahdidi yordamida bevosita yoxud bilvosita tajovuz qilmasliklari lozim. Ular davlat hududi yoki uning bir qismiga bevosita yoki bilvosita ziyon yetkazuvchi har qanday harakatlardan o‘zlarini tiyishlari, shuningdek buzg‘unchi davlatlar va ularning sheriklarini qo‘llabquvvatlamasliklari lozim.
Davlat hududi BMT Nizomi talablarini buzgan holda kuch ishlatish natijasida
harbiy mustamlaka obyekti yoki kuch ishlatish yoxud kuch ishlatish tahdidi
natijasida boshqa bir davlatning qo‘lga kiritish obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Bunday egallab olish qonuniy deb tan olinmaydi.
Hududiy yaxlitlik haqida mintaqaviy birlashmalarning ta’sis hujjatlarida ham
e’tirof etib o‘tilgan. Amerika davlatlari tashkilotining Nizomida hududiy yaxlitlikni himoya qilish asosiy maqsadlardan etib belgilandi (1-modda). Shunga o‘xshash qoida Afrika birligi tashkilotining Xartiyasida ham o‘z ifodasini topgan (2,3- moddalar).
Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi
Xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng
huquqliligi prinsipi o‘z nomidan kelib chiqib davlatlarning sivilizatsini
rivojlanishining eng muhim sohasi, rivojlanishning turli bosqichida joylashgan
etnoslarning mojarolarsiz hayot kechirish bo‘yicha munosabatlarini tartibga solishni ko‘zda tutadi. Xalq, millat, davlat suvereniteti hamda uning mavjudligi haqidagi fakt kabi bosh negiz hisoblanadi. BMT Nizomi, avvalo, o‘z nomidan kelib chiqib xalq erkiga, keyin davlat erkiga murojaat qiladi.
Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi –
barcha xalqlar erkin tarzda chetdan aralashuvsiz o‘zlarining siyosiy maqomlarini
belgilashi hamda o‘zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini
o‘zlarining tarixiy, jug‘rofiy, madaniy, diniy va boshqa urf-odatlariga xos bo‘lgan
hamda o‘z tasavvurlaridan kelib chiqib belgilash huquqiga ega ekanligini
anglatadi.
Har bir davlat BMT Nizomiga muvofiq mazkur huquqni hurmat qilishga
majburdir. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipining o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi kabi davlatlar huquqlariga emas
balki o‘zga xalq va millatlarning paydo bo‘lishiga bag‘ishlangan. Inson huquqlari
bo‘yicha paktlar xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini inson huquqlari
bilan o‘zaro aloqasini mustahkamladi (1-modda). Natijada, xalqaro huquq
subyektlari bo‘lmaganlarning huquqlari xalqaro huquqda mustahkamlandi,
davlatlarga esa ularning huquqlarini hurmat qilish va uni ta’minlash vazifasi
O’Z TAQDIRINI O’ZI BELGILASH VA XALQLARNING TENG
HUQUQLIGI PRINSIPI
lozim
Mazmuni Hujjatlar
Xalqaro munosobatlar barcha xalqlar tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga egaligini hisobga olgan holda o‘rnatilishi lozim Har bir davlat xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga asosan har qanday zo‘ravonlik harakatlaridan o‘zlarini tiyishlari zarur Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi
belgilash prinsipi xalq huquqidir, majburiyat emas, ushbu huquqni
amalga oshirish ko‘p qirralidir 1945-y. BMT Nizomi
1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro
Pakt 1966-yilgi Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt 1970-y. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiya
Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash separatistik pozitsiyada
suveren davlatlarning hududiy yaxlitligini, siyosiy birligiga zid ravishda amalga oshirilmasligi 197-y. EXHKning Yakuniy hujjati 1992-yilgi milliy yoki etnik, diniy va til jihatdan taalluqli shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya yuklandi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi tarixda shunday muhim rol o‘ynadiki, bunda o‘nlab xalqlar mustamlaka zulmidan ozod bo‘ldilar. 1966-yilgi ikkita inson huquqlari bo‘yicha xalqaro Paktda aynan o‘xshash modda mavjud: “Barcha xalqlar o‘z taqdirini o‘zlari belgilash huquqiga egadirlar. Ushbu huquqqa binoan ular erkin tarzda o‘zlarining siyosiy maqomlarini o‘rnatadilar va erkin tarzda o‘zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini ta’minlaydilar”. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada mazkur yuqoridagi prinsip quyidagicha aks ettirilgan: “Barcha xalqlar erkin tarzda, chetdan aralashuvsiz o‘zlarining siyosiy maqomlarini o‘rnatishlari va o‘zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini amalga oshirish huquqiga egadir hamda har bir davlat BMT Nizomi talablariga muvofiq ushbu huquqlarni hurmat qilishga majburdirlar”. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada, shuningdek o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirish usullari ham ko‘rsatib o‘tilgan: “mustaqil va suveren davlatni barpo etish, mustaqil davlat tarkibiga erkin tarzda qo‘shilish yoki birlashish yoxud xalq tomonidan erkin tarzda boshqa bir har qanday siyosiy maqomni o‘rnatish”. Ammo bir paytning o‘zida mustaqil suveren davlatning siyosiy birligi yoki hududiy yaxlitlikni to‘liq yoxud qisman buzish hamda taqsimlashga olib keladigan har qanday harakatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik ta’kidlanadi. Binobarin, mazkur huquqni xalqning bir qismini boshqa bir tarkibiy qismdan ajralib chiqish huquqi bilan aralashtirmaslik lozim. Milliy-madaniy avtonomlik, agar ushbu xalqning etnik o‘ziga xosligi saqlanib qolingan taqdirda doimo xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga intilishlarini qondirilishi uchun samarali vosita bo‘lib, unda rivojlanish, ta’lim, din, til, manadiyat masalalari hal etiladi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi nafaqat hududiy yaxlitlik bilan, balki xalqaro huquqning boshqa prinsiplari bilan, birinchi navbatda inson huquqlariga nisbatan hurmat prinsipi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Kazus
5. А ва Б давлатлари халқаро шартнома туздилар. Бир мунча вақт ўтгач, А давлат тузилган халқаро шартноманинг меъёрлари унинг конституциявий тузумига зид эканлигини таъкидлаб, ушбу шартномани бажаришдан бош тортди.
Б давлати А давлатини ушбу шартномани бажаришга мажбурлай оладими? Давлат ўз нормаларининг миллий қонунчилик нормаларига мос келмаслигини айтиб, халқаро шартномани бажаришдан бош тортиши мумкинми?
Javob
1969-yilgi xalqaro shartnomalar to’g’risidagi qonunning
17-modda
Shartnomaning bir qismi bilan bog'lanishiga rozilik va
turli xil qoidalarni tanlash
1. 19-23-moddalarga ziyon etkazmasdan, davlatning shartnomaning bir qismi bilan bog'lanishiga roziligi
faqat shartnoma ruxsat bergan taqdirda yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatlar rozi bo'lgan taqdirdagina kuchga kiradi.
27-modda
Ichki qonun va shartnomalarga rioya qilish
Tomon o'z ichki qonunchiligining qoidalarini uning bajarilmasligi uchun asos sifatida ishlatishi mumkin emas
shartnoma. Ushbu qoida 46-moddaga zarar etkazmaydi.
46-modda
Vakolatga oid ichki qonunchilik qoidalari
shartnomalar tuzish
1. Davlat shartnoma majburiyatini olishga o'z roziligi bildirilganligi to'g'risida murojaat qila olmaydi
shartnomalar tuzish vakolatiga oid ichki qonunchilik qoidalarini buzish, uni bekor qilish
agar ushbu buzilish aniq ko'rinmasa va uning ichki qonunchiligi qoidalariga tegishli bo'lmasa, rozilik
ahamiyati.
2. Qoidabuzarlik, agar u o'zini o'zi boshqaradigan har qanday davlat uchun ob'ektiv ravishda aniq bo'lsa, namoyon bo'ladi
normal amaliyotga muvofiq va vijdonan materiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |