7-bo`lim: Fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslariga oid:
- Maktabning favqulodda vaziyatlar yuz berganda ko`chiirsh kengashini tuzish hamda maktab o`quvchilarini tartibli ravishda xavfsiz joylarga ko`chirishni tashkil etish maqsadida 2016-yil 5-yanvardagi __-AF sonli buyrug`i ishlab chiqildi
- “Fuqaro muhofazasi” tuzilmalari tashkil qilish bo`yicha maktabning 2016-yil 5-yanvarda ___-AF sonli buyrug`i ishlab chiqilgan, shunga asosan tuzilmalar tashkil qilindi. Ushbu buyruqqa asosan ishchi –xodimlar uchun 15-soatlik darslar tashkil qilingan. Mavzulari jurnalga qayd qilib borildi.
- Navoiy shahar XTMFMTTEBning 2016-yil 31-martdagi 03-321-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida maktabning 2016-yil 1-apreldagi 125-AF sonli buyurug`i ishlab chiqilgan, ushbu buyruqqa asosan 23-aprelda o`tkazilgan “Fuqaro muhofazasi kuni”ning dasturi ishlab chiqildi.
Maktabda 23-aprel kuni “Fuqaro muhofazasi” kuni bo`lib o`tdi. Fuqaro muhofazasi kuniga mart-aprel oylari davomida tayyorgarlik ko`rildi. Fuqaro muhofazasi kuniga bag`ishlangan tadbir fuqaro muhofazasi boshlig`i A.Azimov tomonidan ochib berildi va favqulodda vaziyatlar haqida tushunchalar berdi. O`zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust kunidagi “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida”gi, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig`ining 2016-yil 5-yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha 2015-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2016-yildagi vazifalar to`g`risida”gi 1-sonli buyrug`i, 2000-yil 26-may kunida “Fuqaro muhofazasi to`g`risida”gi, 2000-yil 15-dekabr kunidagi “Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida”gi Qonunlari va 1998-yil 7-oktabrdagi “O`zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to`g`risida”gi, O`zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-iyul kunidagi 208-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholini zilzilalar o`qibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash to`g`risidagi qonun va qarorlari bilan tanishtirib o`tdi. Hamma o`quvchilar tadbirlar rejasi bilan tanishtirildi. Yil davomida barcha sinflarda “Hayot xavfsizligi asoslari” fani o`qitilib, o`quvchilarga kerakli bilimlar berib borildi. O`qituvchilar uchun 15-soatlik dars reja asosida tashkil qilinib, jurnalga qayd qilinib borildi. 15-soatlik darslar uchun ma’ruzalar tayyorlandi va to`plam holatiga keltirilgan.
“Fuqaro muhofazasi” kuniga bag`ishlab maktab fayesida burchak tashkil qilindi. Burchakda favqulodda vaziyatlar ro`y berishi mumkin bo`lgan hodisalarni o`zida aks ettirgan rangli rasmlar va o`quvchilar ijodidagi rasmlar bilan bezatildi.
23-aprel kuni 4-“I”-sinfida “Yong`in xavfsizligi qoidalari”, 8-“A”-sinfida “Zilzila” mavzularida ko`rgazmali ochiq darslar bo`lib o`tdi. Ochiq darslarda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanildi.
23-aprel kuni favqulodda vaziyat xavfi tug`ilgan (Zilzila) vaqtida qanday harakat qilish tizimi amalda ko`rsatildi. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatib berildi.Fuqaro muhofazasiga oid tuzilmalar tuzilgan bo`lib shu kuni maxsus kiyimlar bilan ta’minlandi, tuzilmalar o`zlariga topshirilgan vazifalarni to`la-to`kis bajarib amaliy ko`rsatib berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |