yetmish besh shaklida chiqsin.
105. 1- 7 gacha bo’lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan so`nga mos ravishda hafta
kunlarini so’zlar yordamida ifodalovchi dastur tuzilsin.
106. k butun son berilgan. Baho natijalarini chiqaruvchi dastur tuzing. (1- yomon,
2- qoniqarsiz, 3- qoniqarli, 4- yahshi, 5- a’lo). Agar k son 1-5 oraliqqa tegishli
bo’lmasa “xato” deb chiqarsin.
107. Oy raqami berilgan. Kiritilgan oy qaysi faslga tegishli ekanligini chiqaruvchi
dastur tuzilsin. (Masalan: 2- oy, “qish” )
108. Oy raqami berilgan. Shu oyda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
109. A va B haqiqiy sonlar berilgan. A va B sonlari ustida arifmetik amallarni
bajaruvchi dastur tuzilsin.
110. Uzunlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1- desimetr, 2- kilometr, 3-
santimetr, 4- millimetr, 5- metr. Uzunlik birligini bildiruvchi son berilgan (1-5
oraliqda) va shu birlikdagi kesma uzunligini metrda ifodalovchi dastur tuzing.
111. Kiritilgan tinish belgilarining nomlarini ekranga chiqaradigan dastur tuzing.
Masalan, nuqta kiritilsa “Bu nuqta” chiqishi kerak.
112. Shunday dastur tuzingki, u shakllarning nomlariga asosan (uchburchak,
kvadrat, romb, to’rtburchak va shunga o’xshash) yuzasini hisoblash formulalarini
chop etsin.
113. Shunday dastur tuzingki, u sutkaning holatiga mos holda “xayrli to`ng”, “xayrli
kun”, “xayrli kech”, “xayrli tun” istak so’zlarini chop etsin.
114. Kiritiladigan 1, 25 oraliqdagi natural sonlar asosida dastur shu sonlarga mos
ravishda “kitob” so’zini chop etadi. Masalan, 1 sonini kiritsak, “1 ta kitob”, 2 sonini
kiritsak, “2 ta kitoblar” va h.k. so’zlarini chop etadi..
115. Qadimgi yapon kalendarida har biri 12 yildan tashkil topgan 5 ta quyi
sikllardan iborat 60 yillik sikl qabul qilingan. Quyi sikllar gullar rangi bilan
nomlangan: yashil, qizil, sariq, oq va qora. Har bir quyi sikl ichidagi yillar hayvonlar
nomi bilan atalgan: sichqon, sigir, yo’lbars, quyon, ilon, ajdar, ot, qo’y, maymun,
tovuq, it va cho’chqa. Masalan, 1984 yil – navbatdagi sikl boshlanish yili bo’lib,
yashil sichqon yili deb ataladi.
116. Shunday dastur tuzingki, bizning eramizdagi berilgan yil raqami n ga asosan
qadimgi yapon kalendarining atalishini ekranga chiqarsin. Bunda ikki holat
e’tiborga olingan:
a) n≥1984 qiymat;
b) n ning qiymati ixtiyoriy natural son bo’lishi mumkin.
117. Hafta kunining raqamiga asosan (1 dan 7 gacha butun son), shu kuni qancha
auditoriya soati o’tilganligini aniqlovchi dastur tuzing.
118. Sonning oxirgi raqami bo’yicha, shu oxirgi raqamning kvadratiga teng soni
topishga dastur tuzing.
119. Kiritilgan har bir raqam (0-9) uchun, ularga mos ingliz tilidagi nomlarini (0-
zero, 1-one, 2-two...) chiqaring.
120. Aylana elementlari bo’lib radius (birinchi element), diametr (ikkinchi element)
va aylana uzunligi (uchinchi element) bo’lsin. Elementlar nomeri bo’yicha mos
qiymatlarni so’raydigan va aylana yuzasini hisoblaydigan dastur tuzing.
121. Oyning tartib nomeriga ko’ra keyingi oyning nomini (masalan, m=1 kiritilsa
fevral, m=4 – may va h.k.) ekranga chiqaradigan dastur tuzing.
122. Kiritiladigan, yilning mavsumlarini bildiruvchi sonlar asosida (1 – qish, 2 –
bahor, 3 – yoz, 4 – kuz), yilning shu vaqtiga mos keluvchi oy nomlarini chop
etadigan dastur tuzing.
123. 1 dan 99 gacha bo’lgan k butun son uchun “Mening yoshim” so’zini
yozadigan dastur tuzing. Bunda k ning ayrim qiymatlarida “yosh” so’zi “yil” yoki
“yillar” so’zi bilan almashadigan bo’lsin. Masalan, 11 yosh, 51 yil, 22 yillar.