1
,y
1
) va B(x
2
, y
2
). Bu nuqtalardan qaysinisi koordinata
boshiga yaqin joylashganligini aniqlaydigan dastur tuzing.
85. Uchburchakning ikkita burchagi (gradusda) berilgan. Bunday uchburchak
mavjudligini, agar mavjud bo’lsa uning to’g’ri burchakli ekanligini aniqlang.
86. Bir biriga teng bo’lmagan x va y haqiqiy sonlar berilgan. Bu ikkita sondan
kichigini ularning yig’indisining yarmi bilan, kattasini esa – ularning ko’paytmasini
ikkilanganligi bilan almashtiring.
87. XOY tekislikda A nuqta o’zining koordinatalari bilan berilgan. U qayerda
joylashganligini ko’rsating (qaysi o’qda yoki qaysi chorakda).
88. m, n butun sonlar berilgan. Agar sonlar teng bo’lmasa, ularni shunday
almashtiringki, berilganlarni kattasiga, agar teng bo’lsa, unda nollar bilan
almashtiring.
89. a, b, c sonlar orasidan manfiylarini sonini hisoblang.
90. a, b, c sonlar orasidan musbatlarini sonini hisoblang.
91. a, b, c sonlar orasidan butunlarini sonini hisoblang.
92. k soni a, b, c sonlarning qaysilarini bo’luvchisi bo’lishini aniqlang.
93. Telefon tarmog’i xizmatiga quyidagicha haq to’lanadi: oyida a minutgacha
gaplashish uchun b so’m, normadan oshgan har minutiga c so’m. Kiritilgan
gaplashish vaqtiga ko’ra foydalanuvchining oyiga telefon uchun qancha haq to’lash
kerakligini hisoblaydigan dastur tuzing.
94. Agar xonadagi issiqlik 60
0
S dan oshsa, “Yo`ng’in xavfi” deb xabar beradigan,
bino yo`ng’in datchigi modeli tahlili dasturini tuzing.
95. Guruch ikkita paketga solingan. Birinchi paket og’irligi m kg, ikkinchisiniki n
kg. Quyidagilarni aniqlovchi dastur tuzing:
a) Qaysi paket og’irroq – birinchisimi yoki ikkinchisi;
b) Eng og’ir paket massasini.
96. Odamning quyidagi guruhlardan: maktab yoshigacha, o’quvchi, ishchi,
nafaqaxo’rlardan biriga taalluqli ekanligini yosh ma’lumotlariga qarab tahlil
qiluvchi dastur yozing. Yoshi klaviaturadan kiritilsin.
97. Berilgan (m,n) koordinatali nuqtadan y=ax
2
+bx+c funksiyaning grafigini
o’tishini aniqlaydigan dastur tuzing.
38. Ikkita natural son berilgan. Ularning o’rta arifmetigi butun sonligini aniqlang.
99. Aylana radiusi, kvadrat tomoni, to’g’ri to’rtburchakning qo’shni tomonlari va
uchburchakning uchta tomonlari berilgan. Qaysi figura katta yuzadan iboratligini
aniqlang.
100. Uchburchakning uchta a, b va c tomonlari berilgan. Bu uchburchak to’g’ri
burchakli uchburchak va qaysi tomoni gipotenuza ekanligini aniqlang.
101. Kiritilgan so`nga mos ravishda yil oyini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
102. Oy raqamini kiriting. Shu oy qaysi faslda ekanligini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
(Masalan: May oyining tartib raqami 5 kiritilsa, javob Bahor)
103. Yil faslini bildiruvchi 1, 2, 3, 4 sonlaridan birini kiriting. Shu faslga tegishli
oylarni chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Masalan: 1 - Qish; 2 - Bahor; 3 - Yoz; 4 - Kuz; bo’lsin.
2 soni kiritilsa, natija ekranga quyidagicha shaklda chiqsin.
Bahor fasli oylari:
1. Mart
2. Aprel
3. May
104. Kiritilgan N sonini so’z bilan ifodalovchi dastur tuzilsin. 0
Masalan: 75 kiritilsa, javob
Do'stlaringiz bilan baham: |