38 –chizma. Radial tindirgich.
1 – Markaziy suv berish quvuri; 2 – Cho‘kindini yig‘ish va chiqarish chuqurligi; 3 – Tindirilgan suvni yig‘ishi tarnovi; 4 – Tindirilgan suvni chiqarish;
5 – Skrebok; 6 – Ferma markaziy tarqatish qurilmasi.
39-chizma. Kuyka moddalar chikindisi vositasida ishlovchi tindirgich.
Filtrlarga suvni yuborishdan oldin tindirg‘ichlar o‘rniga suvni tindirish jarayoni quyqa moddalar cho‘kindisi vositasida ishlovchi tindirg‘ichlarda o‘tkazilish mumkin. Bu jarayon faqat dastlabki suvni reagent bilan ishlov berilgan holda foydalanishi mumkin.
Suvni tiniqligi shu inshootdan keyin vertikal tindirgichda tozalanganga nisbatan yuqori.
Uyurma reaksiya kamerali quyqa moddalar cho‘kindisi vositasida ishlovchi tindirg‘ich tuzilishi quyidagicha:
1. tiniqlashtirg‘ich
2. reaksiya kamerasi
3. kameraga suv yetkazib beruvchi quvur. Diafragma bilan jixozlangan.
4. tindirilgan suvni chiqarish
5. cho‘kindi (gilam) yig‘ish zonasi
6. chiqindini chiqarish quvur
7. tindirilgan suv yig‘uvchi tarnov
8. reaksiya kamerasidan inshootni tubiga suv beruvchi quvurlar
9. teshikli tubi.
Teshiklardan suv sekin o‘tib xalqalar orasidagi joyga ko‘tariladi.
Quyqa moddalar cho‘kindisi vositasida ishlovchi tindirg‘ich xisobini yil davomida suvni sifatini, tebranishini xisobga olgan xolda bajarish kerak.
Tindirish zonasini maydoni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ftind=
Ks.t- suvni tindirish va cho‘kindi yig‘ish zonalari orasida tarqatilish koeffitsenti.
Vko‘tarish- oqimni tindirish zonasini ko‘tarilish tezligi, mm/sek
Ks.t, Vko‘tarish- qiymatlari QMQ 2.04.02 –97 jadvalidan tindiriladigan suvni loyqa miqdoriga va yil davriga bog‘liq holda tanlanadi.
Ks.t=0,6-0,8; Vko‘tarish=0,4-1,2 mm/sek
Cho‘kindi qatlam qalinligi 2-2,5 m qabul qilinadi. Tindirish zonasini balandligi (muallaq cho‘kindi qatlamidan suvni satxigacha)1,5-2 m qabul qilinadi.
Quvurlar teshiklari, o‘lchamlari va quvurlar orasidagi masofa QMQ ga binoan qabul qilinadi.
Quyqa moddalar cho‘kindisi vositasida ishlovchi tindirg‘ichlar xozirgi kunda loyqali suvlarni tiniqlashtirish, suvni yumshatish va rangsizlantirish uchun foydalanilyapti. Suvni tiniqlashtirish jarayoni yuqorida ko‘rsatilgan inshootda oddiy tindirgichlarga nisbatan ancha jadal o‘tadi va reagent kamroq sarflanadi.
Savollar.
1. Tindirish jarayonini qanday tushunasiz?
2. Tindirgichlarni qanday turlarini bilasiz?
3. Gorizantal tindirgichning tuzilishi, ish jarayoni, qo‘llanish shartlari.
4. Vertikal tindirgichning tuzilishi, ish jarayoni,qo‘llanish shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |