7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Kondensatorlarning izolyatsiya qarshiligini aniqlash. Kondensatorlarning asosiy parametrlarini o’rganish



Download 249,62 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2022
Hajmi249,62 Kb.
#501836
1   2
Bog'liq
7-Amaliy mashg\'ulot

10-jadval

Turi

Kondensatorlarning tavsifi

Sig‘imi, mkf da

Ishlash kuchlanishi, V da



Korpusi

Ishlash harorat oralag‘i, 0C da

KB

Qog‘ozli kondensatorla

0,0047-0,5

200-600

Qog‘oz silindr shaklli

-40 dan
+ 60 gacha

KBG-I

Qog‘ozli kondensator germetiklangan

0,00047-0,1

200-600

Sopol
silindr shaklli

-60 dan
+ 70 gacha

KBG-M

Qog‘ozli kondensator germetiklangan

0,01-0,25

200-600

Metall, silindr shaklli

-60 dan
+ 70 gacha

KBG-MP

Qog‘ozli kondensator germetiklangan

0,01-2,0

200-1500

Metall, yassi

-60 dan
+ 70 gacha




10-jadval davomi

KBG-MN

Qog‘ozli kondensator germetiklangan

0,25-10,0

200-1500

Metall, to‘g‘ri to‘rt burchak

-60 dan
+ 70 gacha

BM

Qog‘ozli, kichik gabaratli

0,00051-0,55

100

Metall silindr shaklli




KBM

Germetiklangan, yog‘langan qog‘ozli kondensator

0,1-4,0

50-1000

Metall to‘g‘ri to‘rt burchak




BGM

Qog‘ozli, germetiklangan kichik gabaritli

0,00092-0,05

400

Metall, silindr shaklli

-60 dan
+ 85 gacha

Slyudali kondensatorlar yuqori elektr ko‘rsatkichlarga ega.
Ular kichik o‘lchami va arzonligi bilan ajralib turadi. Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida slyuda ishlatiladi. Slyudali kondensatorlar haqida asosiy ma’lumotlar 11-jadvalda keltirilgan.
11-jadval

Turi

Kondensatorlarning xarakteristikasi

Sig‘imi,
pf da

Ishlash kuchlanishi,
V da

Ishlash harorat oralig‘i, °S da

KSO-1

Slyudali, siqilgan

10-220

250

60 dan
+70 gacha

KSO-2

Slyudali, siqilgan

10-680

500

-60 dan
+70 gacha

KSO -5

Slyudali, siqilgan

3300-10000

500

-60 dan
+70 gacha

KSG-1

Slyudali, germetiklangan

470-20000

500

-60 dan
+70 gacha

KSG-2

Slyudali, germetiklangan

20000-100000

500

-60 dan
+70 gacha




11-jadval davomi

SGM

Kichik gabaritli, slyudali, germetiklangan

51-6200

250-500

-60 dan
+70 gacha

Sopolli kondensatorlar slyudali kondensatorlarga nisbatan ancha yuqori elektr ko‘rsatkichlarga ega. Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida kuydirish yo‘li bilan o‘tkazuvchi qatlam yuritilgan sopol ishlatiladi. Ular qisqa va ultraqisqa to‘lqinli radioapparaturada o‘tish, blokirovkalash va kontur kondensatorlari sifatida keng qo‘llaniladi.


Sopolli kondensatorlarning asosiy parametrlari 12-jadvalda keltirilgan.


12-jadval

Turi

Kondensatorlarning tavsifi

Sig‘imi,
pf da

Ishlash kuchlanishi, V da

Eslatma

ktk kdk kgk kvkg kvks
kvkt
KVKB
kdm
ktm

Naysimon, keramikali
Disksimon,keramikali Germetiklangan, keramikali
Tuvaksimon, yuqori voltli
Silindr shaklli, yuqori voltli
Naysimon, yuqori voltli .
Bochkasimon, yuqori voltli
Disksimon, kichik gabaritli
Naysimon, kichik gabaritli

2—750
1—100
5—1000
47—2200
47—470
15—1500
2,5—68
1—1500
1—3000

500
500
500
10000 gacha
3000—6000 10000gacha
10000 gacha
60
60

Izolyasiya qarshiligi 1000 MOm dan kam emas.







104-rasm. Sopolli kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi: a- FGT turdagi:
b-KTPS turdagi: v – KTK turdagi: g- KTM turdagi: d-KDM turdagi



105-rasm. Plyonkali kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi: a - FGT turdagi; b - FT turdagi; v - POV turdagi: g - PM turdagi
Plyonkali kondensatorlar izolyasiya qarshiligining juda yuqoriligi (50 000 MOm gacha) va dielektrigidagi yo‘qotishning kamligi bilan farqlanadi. Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida polistirol (stirofleks)ning yupqa plyonkasi yoki maxsus oynasimon emal ishlatiladi.
Plyonkali kondensatorlardan eng ko‘p tarqalgan turlarining ma’lumoti 12-jadvalda keltirilgan.
Elektrolitli kondensatorlar filtrlarda, pulslanuvchi tokning blokirovka va ajratish zanjirlarida, shuningdek, tranzistorli kuchaytirgichlarda o‘tish kondensatori sifatida ishlatiladi.
Alyuminiy lentaga kimiyoviy usulda yupqa oksid qatlami olinadi. Bu qatlam dielektrik bo‘lib xizmat qiladi. Kondensatorda birinchi qoplama alyuminiy tasma, ikkinchisi esa tasmaga tegib turadigan elektrolit qatlamidan iborat bo‘ladi.


13-jadval

Turi

Kondensatorlarning tavsifi

Sig‘imi

Ishlash kuchlanishi,
V da

Eslatma

pgsi


PGSM
pm
pov
pso
ks


FT


FGT

Plyonkali, germetiklangan, stirofleksli

Kichik gabaritli, polistirolli


Polistirolli, ochiq, yuqori voltli


Polistirolli, ochiq.
Oyna emalli
Issiqqa chidamli, ftoroplastli

Issiqqa chidamli, germetiklangan, ftoroplastli

0,003—0,02 mkf
0,015—2,0 mkf

100—1000 pf


390 pf
470—10000 pf
10—470 pf

510pf—0,25 mkf.


0,25; 0,5 mkf



500—1000
250—1000

60


(10÷15) 103
250—500
500

200—600

200—600


Sapol korpusli
Metall
korpusli

Oksid plyonkasi bir tomonga o‘tkazish xususiyatiga ega, shuning uchun kondensatorni ulashda ko‘rsatilgan qutblikka qat’iy rioya qilish kerak.
Elektrolitli kondensatorlar suyuq va quruq (Yarim quruq) elektrolitli bo‘ladi. Elektrolit suyuq bo‘lganda, oksid plyonkali alyuminiy tasma suyuq yoki yopishqoq elektrolitga joylanadi. Elektrolit quruq bo‘lganda, yopishqoq yoki Yarim qattiq elektrolit shimdirilgan qistirma oksid plyonkaga tegib turadi. 106-rasmda suyuq elektrolitli kondensatorni tuzilishi ko‘rsatilgan. Elektrolitli kondensatorlarning asosiy afzalligi shundaki, ularni o‘lchami nisbatan kichik bo‘lsada, katta sig‘im olish mumkin. Asosiy kamchiliklari shundan iboratki, ularning sizish qarshiligi kam va sig‘im miqdori haroratga hamda kondensatorning ishlash vaqtiga bog‘liq.



106-rasm. Suyuq elektrolitli kondensatorning tuzilishi:
1— korpus; 2— elektrolit; 3— kontakt plastinkasi 4— chiqish sterjeni;
5— izolyasiya vtulkasi

Elektrolitli kondensatorlarning quyidagi standart turlari mavjud:


KE — elektrolitli;
KEG — germetiklangan, elektrolitli;
EGS — silindr shaklli, germetiklangan, elektrolitli;

EM — kichik, gabaritli, elektrolitli;


ETO — tantaldan bo‘lgan, hajmli, elektrolitli.
KE kondensatorlari tuzilishi bo‘yicha uch guruxga bo‘linadi: KE-1, KE-2, KE-3.
KE-1 va KE-2 turdagi kondensatorlar silindr shakllida bo‘lib, alyuminiy korpusga joylashgan. Korpusning bir tomonida ichki elektrod uchi chiqarilgan, ikkinchi elektrod sifatida korpusning o‘zi xizmat qiladi.
KE-3 turdagi kondensatorlar ham silindr shaklli bo‘lib, ularning ikki tomonidan chiqish elektrodlari chiqarilgan. Har xil turdagi elektrolitli kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi 107-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday kondensatorlar sig‘imining nominal miqdori 2 mkf dan ish kuchlanishi esa 8 dan 500 V gacha oraliqda bo‘ladi.



107-rasm. Elektrolitli kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi: a — KE-2 M turdagi; b— KE-1 M turdagi; v — EM turdagi; 2 — KEG-2 turdagi

Kondensatorlar ishlash haroratining yo‘l qo‘yilgan chegarasi 3 ga bo‘linadi:


M (sovuqqa chidamli) harorat oralig‘ining o‘zgarishi — 40° dan +60°C gacha; PM (yuqori darajada sovuqqa chidamli), harorat oralig‘ining o‘zgarishi — 50° dan +60°C gacha; OM (maxsus sovuqqa chidamli), harorat oralig‘ining o‘zgarishi — 60° dan +60°C gacha.
EGS turdagi kondensatorlarning ishlash kuchlanishi 6 V dan 500 V gacha, sig‘im miqdori 2 mkf dan 2000 mkf gacha qilib ishlab chiqariladi.
EM turdagi kondensatorlarning ishlash kuchlanishi 4 V dan 60 V gacha, sig‘im miqdori 0,5 dan 25 mkf gacha bo‘ladi.
ETO turdagi kondensatorlarning ishlash kuchlanishi 4 V dan 70 V gacha va sig‘im miqdori 10 mkf dan 80 mkf gacha qilib ishlab chiqariladi. Bu turdagi kondensatorlar yuqori ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi: ish haroratlarining oralig‘i—60° dan +150°S gacha, yo‘l qo‘yilgan nisbiy namligi 98 % gacha va yo‘l qo‘yilgan atmosfera bosimi 5 mm sim. ust. gacha bo‘ladi.
Metallangan qog‘ozli kondensatorlar. Hozirda elektronika sanoatida metallangan qog‘ozli takomillashtirilgan kondensatorlar ko‘plab chiqarilmoqda.
Bu kondensatorlar kichik o‘lchamli, lekin katta sig‘imga ega: o‘zgarmas yoki pulslanuvchi kuchlanish zanjirlarida ishlashi mumkin va yuqori ekspluatatsiya ko‘rsatkichlariga ega. Metallangan qog‘ozli kondensatorlar elektrolitli kondensatorlar o‘rnida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Hozirgi vaqtda bunday kondensatorlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
MBG- metallangan qog‘ozli, germetiklangan. To‘g‘ri to‘rtburchakli va silindr shaklli korpusda montaj qilinadi. Ishlash kuchlanishi 200 dan 1500 V gacha, sig‘im nominal miqdori 0,025 dan 25 mkf gacha bo‘ladi.
MBGO — metallangan qog‘ozli, germetiklangan, bir qatlamli, ishlash kuchlanishi 160 dan 600 V gacha va sig‘im miqdori 0,25 dan 30 mkf gacha bo‘ladi.
MBGT — metallangan qog‘ozli, germetiklangan, issiqqa chidamli, ishlash kuchlanishi 160 dan 1000 V gacha va sig‘im nominal miqdori 0,1 dan 20 mkf gacha. Bu turdagi kondensatorlarning afzalligi shundaki, ular —60° dan +100°C gacha harorat oralig‘ida turg‘un ishlaydi.
MBGCH—metallangai qog‘ozli, germetiklangan. chastotali, o‘zgaruvchan yoki pulslanuvchi kuchlanish zanjirlarida ishlatishga mo‘ljallangan. Ishlash kuchlanishi 150 dan 1000 V gacha, sig‘im miqdori 0,25 dan 10 mkf gacha bo‘ladi.
MBM—metallangan qog‘ozli, kichik o‘lchamli, 160 V ishlash kuchlanishiga mo‘ljallangan, sig‘im miqdori 0,05 dan 1,0 mkf gacha.
Kondensatorlarni rangli markalash. Ilgari kondensatorlar rangli markalanar edi, ya’ni hamma belgilar har xil rangli nuqtalar ko‘rinishida qo‘yilar edi.
Presslangan kondensatorlar uchun rangli nuqtalar strelkada qo‘yiladi (108-a rasm).

108-rasm. Rangli markalash nuqtalarini qo‘yish

Sopolli kondensatorlarda nuqtalar markazga nisbatan nosimmetrik joylashgan (108-b rasm).


Sig‘im miqdori uchta nuqta bilan belgilanadi: oldingi ikki nuqta 1, 2— raqamlar, uchinchisi 3— ko‘paytiruvchi, 4- nuqta aniqlikni foizida, nuqta 5—ishlash kuchlanishi miqdorini voltlarda ko‘rsatadi.
14-jadval



Rang

Nominal sig‘im, pf da

Aniqlik,
% da

Ishlash kuchlanishi, V da

Raqamlar

Ko‘paytiruvchi

Qora
Jigar rang
Qizil
To‘q sariq
Sariq
YAshil
Ko‘k
Binafsha rang
Kul rang
Oq
Oltin rang
Kumush rang
Rangsiz

0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
-
-
-

1
10
100
1000
10.000
100.000
1000.000
10.000.000
100.000.000
1000.000.000
0,1
0,01
-

-
-
-
-
-
-
-
-
-
2
5
10
20

-
250
500
1000
1500
2000
2500
3000
5000
7000
-
-
-

13-jadvalda har xil rangga to‘g‘ri keladigan kondensatorlarning miqdorlari keltirilgan.


M i s o l: Oldingi uchta rang—qora, jigar rang va to‘q sariq, to‘rtinchi — oltin rang, beshinchi — jigar rang. Bu shuni ko‘rsatadiki, kondensatorning sig‘im miqdori 1000 pf, aniqligi 5% va ish kuchlanishi 250 V. Ba’zan kondensatorga yana bir rangli chiziq yoki nuqta qo‘yiladi. Bu kondensator sig‘imining turg‘unlik guruxini ya’ni tashqi haroratda 10C ga o‘zgarganda, sig‘im qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Download 249,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish