7-amaliy mashg’ulot.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari (2 soat)
Reja:
Davlat talablarini mazmun-mohiyati
Davlat talablariga rioya qilingan holda muassasaning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish
Mazkur Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 356-modda) va 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilaydi.
Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
talab — biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan talablar majmui;
indikator — bolaning ko‘z bilan ko‘rishi va o‘lchashi mumkin bo‘ladigan ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi.
2. Davlat talablari maktabgacha ta’lim tizimida, shuningdek har bir oilada 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, rivojlantirish, maktabga samarali tayyorlash hamda unga ta’lim berishda qo‘llanilishi majburiydir.
3. Davlat talablari asosida:
bolaning bilim, ko‘nikma va malaka mezonlari hamda ularning o‘sish dinamikasi va rivojlanish holatlari aniqlanadi;
bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab boriladi;
bolaning individual rivojlanishi ta’minlanadi;
kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi hamda ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko‘nikma va malakalari belgilanadi.
4. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalari tomonidan qo‘llanilishi shart:
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari;
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi sho’balari;
kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.
5. Davlat talablarining maqsadi:
maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga asosan yo‘lga qo‘yish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish;
sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.
6. Davlat talablarining vazifalari:
bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim metodikasini tubdan yaxshilash;
ta’lim-tarbiya berishning o‘quv dasturlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish;
maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
bolalarning rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida ota-onalarga ko‘maklashish;
maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirish.
7. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirish talablari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda ishlab chiqiladi:
jinsi, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, dini, ijtimoiy ehtiyojlari va madaniy mansubligi, salomatligi va alohida ehtiyojlaridan qat’i nazar, barcha bolalarning ta’lim tizimida teng imkoniyatliligi;
ta’lim olish jarayonida turli xil o‘yinlardan foydalanish;
ota-onalar va tarbiyachilarning hamkorligi.
8. Davlat talablari quyidagi yosh guruhlari bo‘yicha bo‘linadi:
tug‘ilgandan boshlab 6 oygacha;
6 oydan 1 yoshgacha;
1 yoshdan 2 yoshgacha;
2 yoshdan 3 yoshgacha;
3 yoshdan 5 yoshgacha;
5 yoshdan 7 yoshgacha.
9. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish dasturi talablarini bajarish vositalari hisoblanadi:
mustaqillik;
ijodkorlik;
tashabbuskorlik;
o‘zi va atrofdagilarga nisbatan mas’uliyatni his qilish;
o‘zaro hurmat;
tolerant xatti-harakat;
vatanparvarlik;
do‘stlik va hamjihatlik;
jamiyat va davlatga nisbatan hurmat hissi.
8-Amaliy : maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
Reja:
1.maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi haqida
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda:
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |