7.1-mavzu: Fizika fanini o‘qitishda TIMSS xalqaro tadqiqotining baholash vositalaridan
foydalanish.
Bugungi kunda ilm-fan va texnikaning jadal taraqqiy etishi, raqamli iqtisodiyotning amaliyotga
joriy etilishi, o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivasiyani shakllantirish, zamonaviy
kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirishda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, ko‘nikmalar hosil
qilishi asosiy vazifalardan biridir.
(Trends in International Mathematics and Science Study) – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika
va tabiiy yo‘nalashdagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini baholaydigan xalqaro dastur
TIMSS tadqiqotida ishtirok etish:
-Ishtirokchi mamlakatlar o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish darajasini taqqoslash
-Har bir mamlakat natijalarining yillar davomida o‘zgarishi
-Maktab va uydagi sharoitlar matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirishga qanday ta’sir etishi haqida
ma’lumot to‘plash
TIMSS tadqiqoti 1995-2015 yillar
1.O‘quvchilar to‘plagan ball ko‘rsatkichlari oshgan
2. Maktab o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, yuqori sinfda o‘rganiladigan mavzular quyi
sinflarga ko‘chirildi.
3. Matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda AKTdan foydalanish ko‘lami oshdi.
4. Gender masalasi: avvallari ko‘pgina mamlakatlarda o‘gil bolalar tabiiy fanlardan ilg‘or
bo‘lishgan. Oradagi farq qisqargan (ayniqsa, 8-sinflar)
5. Ko‘pgina mamlakatlar TIMSS tadqiqotining tabiiy fanlar mazmun sohasiga oid mavzular hamda
maktab o‘quv dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning muvofiqligini ta’minlashga erishdi.
6. O‘quvchilarda nafaqat bilimlar, balki ko‘nikmalarni shakllantirishga ham e’tibor kuchaydi,
bular: muammolarni hal qilish, mulohaza yuritish, kommunikativlik, tabiiy fanlarni tadqiqotchilik
asosida o‘rganish
7. O‘qituvchilarning pedagogik salohiyati oshdi. 4-sinf o‘qituvchilarining bakalavr darajasi magistr
darajasiga o‘zgargan (78 % dan 85% gacha), ilmiy darajasi oshgan (25% dan 30% gacha)
Kognitiv sohalar
Bilish:
Yodga olish; tasvirlash; misollar keltirish
Qo‘llash:
Taqqoslash/ qarama-qarshi qo‘yish/ tasniflash; bog‘liqlikni aniqlash; modellardan foydalanish;
ma’lumotni talqin qilish; izohlash
Mulohaza yuritish:
Tahlil qilish; sintez qilish; savollar qo‘yish/ farazlarni ilgari surish/ prognoz qilish;
tadqiqotlarni loyihalash; baholash; xulosa chiqarish; umumlashtirish, asoslash
HAYOT HAQIDAGI FAN
Tirik organizmlarda kechadigan hayotiy jarayonlar va ularning o‘ziga xosligi
Hayotiy sikllar, ko‘payish va irsiylanish;
Organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari;
Ekosistemalar;
Odam salomatligi;
TIMSS savollaridan namunalarI
Qaynatilgan, juda issiq tuxum sovuq suvli idishga solindi.
Suv va tuxumning temperaturasi qanday o‘zgarishlarga uchraydi?
A Suv soviydi, tuxum iliydi.
B Suv iliydi, tuxum soviydi.
C Suvning temperaturasi o‘zgarishsiz qoladi, tuxum soviydi.
D Suv ham, tuxum ham iliydi.
Mazmun sohasi
– Fizika
Mavzu sohasi
– Moddalarning xossalari va klassifikatsiyasi
Kognitiv soha
– Bilish
Qutb ayiqlari va morjlar tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan farq qiladi, ammo har ikkisi ham juda sovuq
iqlim sharoitida yashaydi. Qutb ayig‘ining qalin mo‘ynasi tanada issiqlikni saqlab turishga yordam beradi.
Morj tanasida issiqlikni saqlashga nima yordam beradi?
A. yog‘ qatlami
B. qoziq tishlari
C. mo‘ylovlari
D. kurak oyoqlari
Mazmun sohasi
– Hayot haqidagi fan
Mavzu sohasi
– Organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari
Kognitiv soha
– Qo‘llash
Quyidagi rasmda Yer, Oy va Quyosh tasvirlangan. Har bir jism raqam bilan belgilangan. Yo‘nalishli
chiziqlar har bir jismning harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Har bir jismning yoniga mos keladigan
raqamni yozing (1, 2 yoki 3).
Yer, bu jismning raqami: ___
Oy, bu jismning raqami: ___
Quyosh, bu jismning raqami: ___
Mazmun sohasi
– Yer haqidagi fan
Mavzu sohasi
– Quyosh sistemasidagi Yer
Kognitiv soha
– Mulohaza yuritish
Ilmiy tadqiqot usullari
•
Kuzatishlarga asoslangan holda farazlarni ilgari surish.
•
Dalillar to‘plash
•
Farazlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun tadqiqotni loyihalash va amalga oshirish
•
Olingan natijalar ustida ishlash
•
Tadqiq etilayotgan savolga javob berish
•
Dalillarni asoslash
Do'stlaringiz bilan baham: |