1398-1399 yillarda – Amir Temur Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi
1371-1390- yillarda olib borilgan yetti harbiy yurishdan keyin Amir Temur mug’ulistonni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi
1402-yilning 20-iyulda – «Anqara jangi»da Sulton Boyazid ustidan g’alaba qozondi
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI
Angliya qiroli Genrix IV hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III tabrikladi
1404-yilning 27-noyabrida – Amir Temur 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi
1405–yil 18–fevralda O’tror shahrida Amir Temur vafot etdi
Amir Temur saltanatining chegaralari: Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar chuzulgan yerlar
Amir Temur saltanatiga kirgan hududlar: Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bolgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |